Avtomatik rostlashda
texnologik jarayonning
berilgan parametrlari
avtomatik rostlagichlar yordamida saqlanadi. Bunda odam faqat avtomatik rostlash
sistemasini ( ARS ) ning to‘g‘ri ishlashini kuzatib turadi xolos.
Avtomatik boshqarish
– texnologik operatsiyalarni
berilgan ketma-ketlikda
avtomatik ravishda amalga oshirish hamda boshqarish ob’ektiga ma’lum ketma-
ketlikda ta’sir ko‘rsatish demakdir.
Aktiv va passiv nazorat qilish tizimlari.
Ishlab chiqarish jarayonlarini
avtomatlashtirishda faqat texnologik jarayonnigina
avtomatlashtirish bilan
cheklanmay tayyorlangan detallarni aniq o‘lchash hamda nazorat qilish
jarayonlarini avtomatlashtirish muxim axamiyatga ega. Chunki texnologik jarayon
bilan texnik o‘lchash chambarchas bog‘liqdir.
O‘lchash
deganda fizik kattalikni texnik vositalardan
foydalanib aniqlashga
aytiladi. Bunda o‘lchangan o‘lchamning son qiymati aniqlanadi.
Tekshirish (nazorat qilish) deganda – buyumning tekshiriladigan o‘lchamiga
qarab yaroqliligini aniqlash tushuniladi. Nazorat qilish natijasida buyumga sifat
jixatdan
baho beriladi, ya’ni «yaroqli» yoki «yaroqsiz», «tuzatsa bo‘ladigan
yaroqsiz».
Texnik o‘lchash vositalari quyidagi elementlardan tashkil topgan. Jumladan
ma’lumot
qabul qiluvchi qurilma, ularni tuzatuvchi qurilma,
ularni hisoblovchi
qurilmalardan tashkil topgan.
Avtomatik nazorat qilishning ikki turi mavjud: