• Universallik darajasiga ko‘ra robotlar uch gruppa klassifikatsiyalanadi
  • -rasm. Zagotovkalarni avtomatik uzatish sistemasi




    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/41
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,46 Mb.
    #233383
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
    Bog'liq
    Kitob 5084 uzsmart.uz

    3.1-rasm. Zagotovkalarni avtomatik uzatish sistemasi 
    Robotlarning ikkinchi turi komondalarni operatordan (masalan, radioaktiv 
    moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni bajarishda) oladi. Robot 
    komandalarni insondan biotoklar yordamida oladi (bioximik robotlar). Lunoxod 
    bioximik robotga misol bo‘la oladi. 
    Robotlarning uchinchi turi sun’iy intellektli robotlar yoki integral 
    robotlardir, ular katta dasturlar majmuiga ega bo‘lgan EHM bilan jihozlanadi. Bu 
    qurilmalar atrof-muhit (tempuratura, masofa, relef shakl) haqidagi ma’lumotni 
    qabul qilib, uni qurilmadagi dasturlar majmuiga mavofiq qayta ishlaydi va tegishli 
    qarorga keladi.
    Ishlab chiqarish jarayonlarida robotlardan foydalanish insonni og‘ir, 
    zerikarli, hayot uchun xavfli bo‘lgan ishlardan ozod qilishga imkon beradi. 
    Robotlardan foydalanishining iqtisodiy samaradorligi qurilmaning unumdorligi va 
    ishlash muddat bilan baholanadi.
    Sanoat robotlariga quyidagi talablar qo‘yiladi: ular yuqori darajada 
    harakatchan, yangi programmaga tez qayta sozlanadigan, universal bo‘lishi, uzoq 
    vaqt xizmat qilishi va ishonchli ishlashi lozim. Manipulyatorlar soatiga 200dan 
    1000 ta gacha harakat qiladi. 
    Universallik darajasiga ko‘ra robotlar uch gruppa klassifikatsiyalanadi:
    qat’iy aniq operatsiyalarni bajaradigan, masalan, buyumni o‘rnatadigan va 
    oladigan maxsus robotlar: u yoki bu jarayonni, masalan yig‘ish ishlarini bajarishga 
    ixtisoslashtirilgan robotlar: tezda qayta sozlanadigan universal robotlar. Eng sodda 
    programma qurilmasi maxsus robotlarga o‘rnatilgan. 
    Robotlar manipulyatori boshliqda harakatlanadi va o‘zining eng chekka 
    nuqtasi bilan robotning ish zonasi deb ataladigan zonani chizadi. Agar “qo‘l” 


    koordinatalarning ikki o‘qi bo‘ylab harakatlanib geometrik figura – silindrni 
    chizsa, u holda robot koordinatalarning silindrik sistemasida ishlayapti deyiladi. 
    Agar bu figura shar shaklida bo‘lsa, u holda robot koordinatalarning sferik 
    sistemasida ishlayapti deyiladi. 
    Robotlar, odatda, bir nechta erkinlik darajasiga ega bo‘ladi. Harakatning 
    erkinlik darajasi deganda robotning o‘zining yoki funksional elementlarining 
    bo‘shliqda surila olish imkoniyatini tushunamiz.

    Download 1,46 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Zagotovkalarni avtomatik uzatish sistemasi

    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish