-rasm. Bunkerli yuklovchi qurilmalarda zagotovkalarni orientatsiyalar




Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/41
Sana14.05.2024
Hajmi1,46 Mb.
#233383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Bog'liq
Kitob 5084 uzsmart.uz

4-rasm. Bunkerli yuklovchi qurilmalarda zagotovkalarni orientatsiyalar 
usullari 
Bunkerli yuklama qurilmalarining turli tumanligi yuklanayotgan detallarning 
muayyan formalariga bog‘liq. Ma’lumki, donali zagotovkalar zamonaviy ommaviy 
ishlab chiqarishda eng ko‘p tarqalgan hom ashyolarning ko‘rinishidan biridir. 
Odatda donali zagotovkalar faqat bir alomat ­ shakliga ko‘ra tasniflanadi. 
Lekin shakl har doim ham avtomatik ta’minot usuliga ta’sir etuvchi zagotovkaning 
o‘ziga xos xususiyatlarini to‘liq aks ettirib bera olmaydi. Bundan tashqari 
avtomatlashtirish usuliga quyidagilar ham ta’sir qiladi: 
-
gabarit o‘lchamlar; 
-
zagotovka og‘irligi; 
-
qo‘yimlar va uzaytmalar; 
-
yuza g‘adir­budurligi; 
-
ishlov berish davomiyligi; 
-
fizik holati; 
-
qattiqligi, yumshoqligi, qiziganligi. 
ORIENTATOR
. Orientator — zagotovkani stanokning ish zonasiga yoki 
tekshirish moslamasiga uzatish uchun uni ma’lum vaziyatga keltiradigan 
mexanizmdir. Orientatorlar har xil bo‘ladi. Stanokka gayka tipidagi zagotovkalarni 
berib turadigan orientatorlar gaykalarni ikkita oqimda uzatadi. Devorlar yuqorigi 
bo`shliqni xosil qiladi, uning markazida yo`naltiruvchi yon devorlari plastina 
qaytma-ilgarilanma xarakatlanadi. Yon devorlar bilan devor yo`naltiruvchi kanalni 
xosil qiladi, gaykalar shu kanal bo‘ylab ish pozitsiyasiga keladi. Devorning yuqori 
qismida gayka kirib turadigan shakldor o‘yiq bor. 
Zagotovkalar paz, bortcha, kallak teshik shakldor o‘yiq, tirqishga moslab 
orientirlanadi. Ko‘pincha zagotovkalarning og‘irlik markazini siljitishdan va ularni 
assimetrik joylashtirishdan foydalaniladi. Orientator ba’zi xollarda qamragich 
sifatida ham ishlaydi. Bunker ichida tartibsiz xolatda turgan zagotovkalarni olish 
uchun ta’minlash mexanizmlarida qamragichlar nazarda tutilgan.
Qamragichlar 
konstruksiyasi 
jihatidan 
ilmoqlar, 
shtirlar, 
trubkalar 
ko‘rinishida ishlanadi. Tirqishli qamragich bolt shaklidagi zagotovkalar (kallakli 
zagotovkalar) uchun ishlatiladi. Teshikli zagotovkalar uchun qamragichlar 
ilmoqlar ko‘rinishida, brusoklar tipidagi yassi zagotovkalar uchun — kesikli 
disklar ko‘rinishida ishlanadi. 
Uzatish jarayonida novlarda noto‘g‘ri orientirlangan yoki ortiqcha 
zagotovkalar uchrashi mumkin. Ular olib tashlanishi zarur. Bu ishni tushirib 
yuborgichlar bajaradi. Plunjerli, richagli, g‘ildirakli (yulduzchali), pnevmatik 
tushirib yuborgichlar bo‘ladi. 


Titkich
—bunkerga kirish teshigi oldida zagotovkalarning turib qolishini 
bartaraf etish uchun ularni titib turadigan qurilma. Titkich ba’zan orientator va 
qamragich bo‘lib ham xizmat qiladi. 
Surgichlar, burish qurilmalari, kantovatellar ham ta’minlash mexanizmlari 
jumlasiga kiradi. Ular ko‘p pozitsiyada ishlov beriladigan murakkab shaklli korpus 
detallar uchun zarurdir. Zagotovkalar yuk ortiladigan bunkerli yuklash qurilmalari 
bunkerdan va detalni kerakli vaziyatda qo‘yish (orientirlash) va olish 
mexanizmlaridan tuzilgan. Detallarni bir necha o‘qda nisbatan orientirlash zarurligi 
bunkerli yuklash qurilmasini murakkablashtiradi hamda qo‘shimcha oriyentirlash 
mexanizmi kiritishga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, ba’zan bunkerning to`lib-
toshib ketishini, detallarning tiqilib qolishini tekshiruvchi mexanizmlar ham 
kiritiladi. 
Bunkerli yuklash mexanizmida detallar bunkerga solinadi va ular makonda 
dastlabki orientirlangandan so`ng yig‘gichga tushadi. Yig‘gich oriyentirlangan 
zagotovkalarning uzluksiz uzatib turilishini ta’minlaydi. Zagotovkalar nov bo‘ylab 
ta’minlagichga keladi. Ta’minlagich detalni stanokning qisish qurilmasiga yoki 
boshqa funksional mexanizmga uzatadi. Boshqarish sistemasi qurilmalar 
yordamida zagotovkalarning bir xil vaqt oralig‘ida uzatib turilishini ta’minlaydi. 
Bunkerli yuklash qurilmalarida zagotovkalar faqat majburiy uzatiladi. 
Bunkerli yuklash qurilmalarida zagotovkalar zagotovkalar qaytma-ilgarilanma sikl 
bo‘yicha bunkerga joylanadi.
Oriyentator-tutqich bunker ichida pastga va yuqoriga xarakatlanib, 
buyumlarni qamrab ushlaydi, orientirlaydi va ta’minlagich noviga uzatadi. Yassi 
zagotovkalarni 
yuklashda 
magnitli 
qamragichlari 
bor 
majburiy 
aylanma 
xarakatlantiriladigan diskli moslamadan foydalaniladi. Disk aylanganida pastki 
magnit yassi zagotovkani tortib olib, uni aylantiradi va ta’minlagich noviga 
uzatadi. Magnitli diskka zagotovkalar bunkerdan nov orqali keladi. 
Dastgohlarning ta’minoti avtomatlashtirilganlik darajasiga ko‘ra barcha 
donali zagotovkalarni quyidagi uch turga bo‘lish mumkin. 
Birinchi guruhga ommaviy ishlab chiqarishdagi kichik gabarit o‘lchamli 
donali zagotovkalar (oz muddatli ishlov berish, kichik forma va qattiqlik).
Ikkinchi guruhga seriyali ishlab chiqariladigan katta gabaritli o‘lchamli 
donali zagotovkalar mansub. Bunday zagotovkalar uzoq muddatli texnologik 
jarayonlarni talab qilishi, murakkab formadan iborat bo‘lishi, avtomatik 
mo‘ljallashtirishni imkonini bermasligi, va katta tashqi (gabarit) o‘lchamlarga ega 
bo‘lishi mumkin. Oxirgi xususiyat dastgohni talab etilgan uzluksiz ishlashini 
ta’minlash uchun bunkyerda etarli zagotovkalar zahirasini yaratishda muammolar 
tug‘diradi. Dastgohning uzluksiz ishlashining minimal davri davomiyligi 8­10 
dakiqadan iborat bo‘ladi. 


Uchinchi guruhga katta o‘lchamlar va og‘irlikka ega bo‘lgan, masalan, blok 
dvigatellari, donali zagotovkalar kiradi. Bunday zagotovkalarni yuklash va 
tushirish odatda qo‘l yordamida yoki maxsus mexanizatsiya vositasi yordamida 
amalga oshiriladi. 
Zagotovka diametri va o‘lchamlarining uzaytmasi uni novlardan o‘tishiga 
ta’sir qiladi. Katta uzaytmali holatlar iskanjalarda mo‘ljallash va to‘plash 
jaranlarini murakkablashtirib yuboradi. Novlar va yuklamalarning xajmi nafaqat 
zagotovkaning o‘lchamlariga, shuningdek ularni ishlov berish muddatiga ham 
bog‘liq. 
Yuqoridagilarni inobatga olib, topshiriqda berilgan detalni tarqatuvchi 
yuklovchi qurilmalarning eng maqbuli titrama yuklovchi qurilma hisoblanadi. Kurs 
ishida titrama yuklovchi qurilmani loyihalaymiz. 
Bunkerli yuklash mexanizmining ishlashi quyidagicha bo‘ladi:
Detallar bunkerga solinadi va ular idishda dastlabki orientirlangandan so‘ng 
yig‘gichga tushadi. Yig‘gich orientirlangan zagotovkalarning uzluksiz uzatib 
turilishini 
ta’minlaydi. Zagotovkalar nov bo‘ylab, ta’minlagichga keladi. 
Ta’minlagich detalni dastgohning qisish qurilmasiga yoki boshqa funksional 
mexanizmga uzatadi. 
Zagotovkalar tebranma bunkerga solingandan so‘ng bunker bilan birga 
tebranib, ta’minlanichga tushadi. Zagotovkalar yuklangan bunkerni elektromagnitli 
yuritma prujinali orqali tebratadi. Tebranma bunker sferik segment, kesik konus 
yoki silindr shaklida bo‘lishi mumkin. Spirallarga o‘rnatilgan orientirlovchi 
plastinalar tartibsiz yuklangan zagotovkalarni ish zonasiga aniq bir vaziyatda 
yo‘naltirib turadi. 



Download 1,46 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Bunkerli yuklovchi qurilmalarda zagotovkalarni orientatsiyalar

Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish