• Generatorli o‘zgartkichlar
  • Parametrik o‘zgartkichlar
  • Nazorat-o`lchash vositalari




    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/41
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,46 Mb.
    #233383
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
    Bog'liq
    Kitob 5084 uzsmart.uz

    Nazorat-o`lchash vositalari. 
    Funksional vazifasiga ko‘ra o‘lchash o‘zgartkichlarini quyidagi turlarga 
    ajratish qabul qilingan: 
    birlamchi, oraliq, masshtabli, uzatuvchi
    va boshqalar.
     
    Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi
    —o‘lchash o‘zgartkichi bo‘lib, unga 
    o‘lchanayotgan fizik kattalik keltirilgan, ya’ni o‘lchov zanjirida birinchi, masalan, 
    deformatsion manometrning trubasimon prujinasi. Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi 
    yordamida o‘lchanadigan kattalik boshqa o‘zgartkichga yoki o‘lchash asbobiga 
    uzatilishi mumkin. 
    Generatorli o‘zgartkichlar 
    — shunday o‘zgartkichki, ularda axborot 
    oqimini shakllantirish uchun qo‘shimcha manbadan energiya olib kelish talab 
    qilinmaydi. Masalan, termojuft temperaturani tormoEYUK ga aylantirib
    energiyani faqat o‘lchash ob’ektidangina oladi. Shunday qilib, generatorli 
    o‘zgartkichlarda energiya va axborot oqimlarining yo‘nalishlari bir xil bo‘ladi. 
    Parametrik o‘zgartkichlar 
    — shunday o‘zgartkichlarki, ularda energiya va 
    axborot oqimlarining yo‘nalishlari bir xil bo‘lmaydi. Jumladan, agar ob’ektda 
    qarshiligi temperaturaga bog‘liq bo‘lgan termorezistor o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda 
    axborot olish uchun asbobdan yoki o‘zgartkichdan termorezistorga tok o‘tkazish 
    zarur. Tokning o‘zgarishi o‘lchanayotgan temperaturaning o‘zgarishi haqidagi 
    axborot bo‘ladi. Axborot signalining intensivligi manba signali intensivligiga 
    bog‘liq bo‘lib, bu parametrik o‘zgartkichlarning o‘ziga xos xususiyatidir. 
    O‘lchashga doir axborotni uzatish, o‘zgartirish, ishlov berish va saqlash uchun 
    qulay bo‘lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo‘lmaydigan 
    shakldagi signalni ishlab chiquvchi o‘lchash vositasi 
    o‘lchash o‘zgartkichi
    deb 
    ataladi. Inson o‘zining sezgi organlari bilan o‘lchash o‘zgartkichi signallarini qabul 
    qila olmaydi. O`zgartiriladigan fizik kattalik — 

    Download 1,46 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish