sezgir
element
deyiladi. Masalan, termoelektrik termometrda termojuft,
manometrik termometrda tarmoballon ana shunday elementlardir. O‘lchov
asboblari va o‘zgartkichlari o‘lchanayotgan kattalikning
turiga qarab tegishli
nomlarga ega bo‘ladi, masalan, termometrlar, manometrlar, difmanometrlar, sarf
o‘lchagichlar, sath o‘lchagichlar,
gaz analizatorlari, konsentratometrlar, nam
o‘lchagichlar va xokazo.
O‘lchash xatoliklari va aniqlik sinfi.
O‘lchash natijasida, odatda,
o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan farq qiladigan qiymati topiladi.
Ko‘pincha, fizik kattalikning haqiqiy qiymati noma’lum bo‘ladi
va shu
kattalikning qiymati o‘rnida uning tajriba yordamida topilgan qiymatlaridan
foydalaniladi. Bu qiymat kattalikning haqiqiy qiymatiga shuncha yaqin bo‘ladiki,
ko‘zda tutilgan maqsad uchun undan foydalanish mumkin.
Kattalikning o‘lchash usuli bilan topilgan qiymati
o‘lchash natijasi
deyiladi.
O‘lchash natijasi bilan o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy
qiymati orasidagi farq
o‘lchash xatoligi
deyiladi. O`lchanayotgan kattalik birliklarida ifodalangan
o‘lchash xatoligi o‘lchashning
mutlaq xatoligi
deyiladi:
ΔX=X—X
h
bunda ΔX —
mutlaq xatolik;
X
—o‘lchash natijasi;
X
h
—o`lchanayotgan
kattalikning xaqiqiy qiymati.
O‘lchash absolyut xatoligining o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy
qiymatiga nisbati o‘lchashning
nisbiy xatoligi
deyiladi.
O‘lchash xatoliklari ularning kelib chiqishi sabablariga ko‘ra
muntazam, tasodifiy
va qo‘pol xatoliklarga bo‘linadi.