;
1
Q
l
c
l
R
AMALIY MASHG‘ULOT №4
MAXSULOTNI NAZORAT QILISHNI VA SORTLARGA
AJRATISHNI AVTOMATLASHTIRISH.
NAZARIY QISM.
Ishlab chiqarish-texnika nazorati — sanoat korxonalarida mahsulot sifatini
nazorat qilish yuzasidan bajariladigan xizmatlar majmui. Texnik nazorat i.ch.ning
barcha qismlari (xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi, yarim fabrikatlar, butlovchi
qismlar, texnologik jarayonlar, asboblar, dastgoxlar, uskunalar, tayyor mahsulotlar
va b.) da amalga oshiriladi.
Nazorat qilinadigan obʼyekt xususiyatiga koʻra, nazoratning kuzatib nazorat
qilish, mexanik xususiyatlarni nazorat qilish, kimyoviy taxlil, metallografik
tadqiqotlar oʻtkazish, sinab koʻrib nazorat qilish va b. usullari bor.
Tashkiliy jihatdan uning texnologik jarayonlarni nazorat qilish; operatsion
nazorat (mahsulot i.ch. bilan bogʻliq operatsiya bajarib boʻlingach, oʻtkaziladi);
inspeksion (yoki tanlab) nazorat qilish; boshlangʻich nazorat (korxonaga
yetkazib berilgan materiallar, xom ashyo, yarim fabrikatlar, butlovchi detallar
nazorat qilinadi);
faol nazorat (mahsulotni i.ch. jarayonida oʻlchov asboblari yordamida
nazorat qilish): tayyor mahsulotni qabul qilish jarayonidagi nazorat va b. turlari
bor.
I.ch.t. ning asosiy vazifasi korxonalardagi nazorat operatsiyalarning
bajarilishini, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning komplektligini tekshirish, brakni
yoʻqotish hamda mahsulotni belgilangan standart va texnik shartlarga muvofiq
qilib i.ch.ni taʼminlashdan iborat. I.ch.t.ni korxona boʻlimlarida xodimlar, sexlarda
ishchilar, sozlovchilar, ustalar, brigadirlar va korxonalarning hamma muhim
uchastkalarida texnika nazorati boʻlimi xodimlari amalga oshiradi. Texnika
nazorati boʻlimining vazifasi nazorat usullarini ishlab chiqish, brakni hisobga olish
va taxlil qilishidir. Hoz. vaqtda detallarni i.ch. jarayonida nazorat qilishning eng
zamonaviy usullari (avtomatlashtirish, yoppasiga nazorat qilish)ni yaratishga keng
eʼtibor qaratilgan.
Avtomatik
saralash
mahsulotning
o‘lchami,
og‘irligi,
kattaligi,
cho‘ziluvchanligi va boshqa fizik ko‘rsatkichlariga qarab, avtomatik ravishda
ajratish va nazorat qilish vazifasini bajaradi.
Texnologik
jarayonlarda
odamlaming
ishtirok
etishiga
ko‘ra
avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik
rostlash va avtomatik boshqarish.
Avtomatik nazorat - texnologik jarayon haqida operativ ma’lumotlami
avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo‘lgan
sharoitlarni ta’minlaydi.
Avtomatik nazorat sistemasi (1.1-a rasm) o‘lchanadigan kattalikni berilgan
qiymati bilan taqqoslab, natijani o‘lchaydi. O‘lchanadigan kattalik X
1
nazorat
obyekti NO dan datchik D ga beriladi va qulay bo‘lgan X
2
qiymatga o‘zgartiriladi.
X
2
signal taqqoslash elementi TEda X
Q
etalon signal bilan taqqoslanadi. Etalon
signal X
0
topshiriq bergich TB dan beriladi. Taqqoslash natijasida hosil bo‘lgan X
3
signal o‘lchash asbobi O‘A da o‘lchanadi. Avtomatik nazorat ishlab chiqarish
jarayonini avtomatlashtirishning birinchi pog‘onasi hisoblanadi. Avtomatik nazorat
sistemasi quyidagi vazifalami bajarishi mumkin:
-
ishlab chiqariladigan mahsulotni va sarflanadigan energiyaning hisobini
olish;
-
issiqlik, bosim, elektr toki va boshqa ishlab chiqarish jarayonlarining
kattaliklarini tekshirib turish;
-
xizmat ko‘rsatuvchi shaxsni ishlab chiqarish jarayonini borishi to‘g‘risida
ogoh qilish (signallash).
Avtomatik rostlash-texnologik jarayonining rostlanadigan kattaliklarini
avtomatik rostlagichlar yordamida texnologik jarayon reglamentida belgilangan
qiymatda saqlab turadi yoki oldindan berilgan qonun bo‘yicha o‘zgartiradi. Bu
holda odam faqat rostlash sistemasining to‘g‘ri ishlashini nazorat qiladi.
Avtomatik rostlash sistemasi - yopiq dinamik sistema bo‘lib (1.1-b rasm) teskari
bog‘lanishga egadir. Bu yerda taqqoslash elementiga datchikda o‘zgartirilgan X
2
va
topshiriq bergichdan X
0
signallar taqqoslanadi, natijasi avtomatik rostlagichga
beriladi. Bu natija X
3
= X
0
- X
2
ga tengdir. Avtomatik rostlash jarayonida shunday
rostlovchi ta’sir ish- lab chiqarilishi kerakki, natijada X
3
nolga yoki eng kichik
songa intilsin (X
3
—>0).
Avtomatik boshqarish - texnologik operatsiyalami belgilangan ketma-ketlikda
avtomatik ravishda bajarilishini va boshqarish obyektiga nisbatan ta’sirlaming
muayyan muttasilligini topshiriq bergichdan keladigan signal bo‘yicha ishlab
chiqishdan iborat. Boshqaruvchi qurilma Bosh Q X
0
signalni qabul qilib uni
boshqarish signali X, ga aylantiradi va bajaruvchi qurilma BQ orqali boshqarish
obyekti BO ga ta’sir qiladi (1.1-d rasm).
|