|
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslariBog'liq Kitob 5084 uzsmart.uzAMALIY MASHG‘ULOT №2
JIHOZLARNI YUKLASHNI AVTOMATLASHTIRISH. MAXSULOTNI
ORIENTATSIYALASH VOSITALARI VA USULLARI. YUKLASH
QURILMALARINI O‘RGANISH
Nazariy qism
Zamonaviy bunker yuqori darajada avtomatlashtirilgan agregat bo‘lib, unda
yukning ortilishi va bo‘shatilishini boshqarib hamda bunkerning to‘lish darajasini
kontrol qilib turadigan qurilmalar va boshqa zarur elementlar bor. Bunker
texnologik jarayonni avtomatlagtirish vositasi sifatida keng qo‘llaniladi. Bunker
sferik, silindrik va konsusimon shaklda bo‘lib, po‘lat, alyuminiy qotishmalari va
polimer materiallaridan ishlanadi. Bunkerning ichki yuzasi silliq bo‘lishi lozim.
Bunkerning sig‘imini oshirish maqsadida qo‘pincha qo‘shimcha bunker
o‘rnatiladi. Zagotovkalar avval qo‘shimcha bunkerga yig‘ib olinadi, keyin
zaslonka (qopqoq-klapan)ni ochib, asosiy bunkerga o‘tkaziladi.
Orientirlash va detallarni qamrab ushlash mexanizmlari bor bunkerli yuklash
qurilmalari quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
1.
Diskli (1-rasm);
2.
Ilmoqli (2-rasm);
3.
Titrama (3-rasm);
4.
Sektorli.
1-rasm. Diskli yuklovchi qurilmaning konstruktiv sxemasi
2-rasm. Ilmoqli bunker yuklash qurilmasi.
1-qo‘shimcha bunker; 2-zaslonka (klapan); 3-bunker; 4-disk; 5-ilmoq;
6-tarmoqlovchi nov.
Bunkerli yuklash mexanizmining ishlashi quyidagicha bo‘ladi: detallar
bunkerga solinadi va ular makonda dastlabki orientirlangandan so‘ng yig‘gichga
tushadi. Yig‘gich orientirlangan zagotovkalarning uzluksiz uzatib turilishini
ta’minlaydi. Zagotovkalar nov bo‘ylab, ta’minlagichga keladi. Ta’minlagich
detalni dastgohning qisish qurilmasiga yoki boshqa funksional mexanizmga
uzatadi. 4-rasmda bunkerli yuklovchi qurilmalarda zagotovkalarni orientatsiyalash-
mo‘ljallash usullarining konstruktiv sxemalari keltirilgan.
Bunkerli yuklash qurilmalarida zagotovkalar faqat majburiy uzatiladi. Disksimon
yuklash qurilmalari yordamida yuklanadigan zagotovkalar quyidagi halqasimon
ko‘rinishlarda bo‘ladi.
|
| |