Mavzu: Texnik hujjatlarni yuritish. Reja




Download 184.67 Kb.
bet1/6
Sana07.03.2024
Hajmi184.67 Kb.
#168506
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xav 2 tax
4-amaliy mashg‘ulot. ELEKTROMAGNIT KATTALIKLARINI O‘LCHASH USULLARI, шаблон, Документ Microsoft Word, portal.guldu.uz-Kimyo tarixi, Лекция №1. Вычисление определителей второго и третьего порядков., Документ Microsoft Word, sifat bosh stasitik Kalendar reja 7 semestr - MA\'RUZA, 4-амалий машғулот, HISOBOT YUZI (UNIVERSITET), Mavzu, 111, нейрон, 7777777666666, Suxrobbek Fayzullayev Muminov, Ulugbek99

Mavzu: Texnik hujjatlarni yuritish.

Reja:

  • Reja:
  • 1. Naryad - ijozat to‘ldirish haqida ko‘rsatma
  • 2. Farmoyish bilan ishlash.

Naryad - ijozat to‘ldirish haqida ko‘rsatma

  • Naryad - ijozat to‘ldirish haqida ko‘rsatma
  • Naryaddagi yozuvlar aniq bo‘lishi kerak. Naryadni qalam bilan to‘ldirish va tekstlarga tuzatishlar kiritish man qilinadi.
  • Naryadlarni tartib raqami bilan belgilashni korxona rahbariyati o‘rnatadi.
  • Sana yozilayotganda avval kun, keyin oy va so‘ngida yilning oxirgi ikki soni ko‘rsatiladi, masalan, 02.11.94.
  • . Naryadda ko‘rsatilayotgan shaxsning familiyasidan tashqari uning ism sharifi va elektr xavfsizligi bo‘yicha gruppasi yoziladi.
  • . Naryadda elektr uskunalarning, ulamalarning, jihozlarning dispetcherlik nomi (belgisi) ko‘rsatiladi.
  • Agar naryadni to‘ldirishda jadvaldagi bo‘sh qatorlarga va tekstga yozish uchun joy yetishmasa, yozuvni davom ettirish uchun naryad beruvchining imzosi bilan, naryadning asosiy nusxasidagi tartib raqami bilan unga qo‘shimcha naryad blanki biriktiriladi. Bunda naryadning asosiy blankidagi jadvallarning oxirgi qatoriga yoki yozuvni davom ettirish kerak bo‘lgan tekst oxiriga «Qo‘shimcha naryadga qaralsin» degan yozuv yozilishi kerak.
  • «Bo‘linma» deb ko‘rsatilgan qatorga elektr uskunada ish olib borish lozim bo‘lgan korxonaning bo‘limi (sex, xizmat, tuman, uchastka) ko‘rsatiladi.
  • Ish rahbari tayinlanmay bajariladigan ishlarda «Ish rahbari» degan qatorga «Tayinlanmaydi» deb yozib qo‘yiladi.
  • «Ijozat etuvchi» degan qatorda tezkor-ta’mirlash xodimlaridan yoki ishboshchi tarafidan ijozat etuvchi huquqini o‘rindoshlik yo‘li bilan bajarishga ta’mirlash xodimlaridan tayinlangan shaxsning familiyasi ko‘rsatiladi.
  • Elektr uskunalarida ijozat etuvchi vazifasini navbatchi bajaradigan bo‘lsa, «Ijozat etuvchi» degan qatorga familiyasini ko‘rsatmasdan «Navbatchi» deb yozib qo‘yish zarur.
  • .«Brigada a’zolari» degan qatorlarda brigada a’zolarining hammasi qayd qilinishi zarur.
  • Agar ish avtomobillar, mexanizmlar, o‘zi yurar kranlarni qo‘llab bajariladigan bo‘lsa, unda brigada a’zolaridan kim haydovchi, kranchi, yuk iluvchi ekani ko‘rsatilishi, hamda ishlatilayotgan mexanizmning yoki o‘zi yurar kranning turi ko‘rsatilishi zarur (masalan, Akbarov N.T., II gruppa, TV-26 teleminora haydovchisi, Karimov M.R., II gruppa, Ak-51 kran kranchisi, Saidov R.A., I gruppa, yuk iluvchi). Brigada a’zolarining familiyasi bosh kelishikda yozilishi mumkin.

Download 184.67 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 184.67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Texnik hujjatlarni yuritish. Reja

Download 184.67 Kb.