• Koordinat-teshik kengaytirish stanoklari
  • Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari




    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/41
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,46 Mb.
    #233383
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
    Bog'liq
    Kitob 5084 uzsmart.uz

    Stanokdagi harakatlar: 
    -
    bosh harakat—shpindel va planshaybaning aylanma harakati
    -
    surish harakatlari: shpindelning bo'ylama surilishi 
    s
    b
     
    sh

    -
    supportning radial surilishi 
    s
    rid
    ;
    -
    shpindel babkasining vertikal surilishi 
    s
    y
    ;
    -
    stolning bo'ylama surilishi 
    s
    bst
    ;
    -
    stolning ko'ndalang surilishi s
    kst

    -
    stolning doiraviy surilishi 
    s
    d
     .
    Shpindel babkasida tezliklar qutisi va surishlar qutisi, teshik kengaytirish va 
    frezalash shpindellari (bu ikki shpindel shlitsli birikma bilan birlashtirilgan) hamda 
    plansupport (ko'ndalang yoki radial supportli planshayba) joylashtirilgan. 
    Stanokning umumiy ko'rinishi 8.5-rasmda keltirilgan. 
    Bu stanok asosida 2A620F1-2, 2A620F4-1 modelli raqamli das-tur bo'yicha 
    boshqariladigan stanoklar yaratilgan. 
    Koordinat-teshik kengaytirish stanoklari 
    teshiklarning o'lchamlari, ularning 
    o'zaro joylashuvi va shakli yuqori aniqlik darajasida bo'lishini ta’minlaydi. 


    Koordinatalar aniq masshtabli ko'zgu valiklari va optik priborlar yordamida 
    o'lchanadi. 
    8.5-rasm. 
    Koordinat-teshik kengaytirish stanogi. 
    Koordinatalar qiymati aniq shkalalar bo'yicha maxsus mikroskoplar yordamida 
    aniqlanadi. 
    Ba'zi stanoklarda koordinatalarni hisoblashning induktiv usulidan foydalaniladi. 
    Olmosli teshik kengaytirish stanoklari zagotovka teshiklariga diametr va shakli 
    bo'yicha katta aniqlik va yuqori tozalik talab etilganda qo'llaniladi. Bu stanoklar maxsus 
    qurilmalarga ega bo'lib, ular stanok ishchi organlarining harakatlanishini bir necha 
    mikrometrlar aniqligida bo'lishini ta'minlaydi. Bu stanoklarda ishlov berish jarayoni 
    temperaturasi 20QGS li termokonstant sharoitida maxsus xonalarda olib boriladi. 
    Koordinat-teshik kengaytirish stanoklari bir stoykali (modellari 2411, 2B440A, 
    2A450, 2D450) va ikki stoykali (modellari 2455, 2457, 2458, 2459, 2B460, 2A470) 
    bo'ladi. Ulardan detallarni aniq rejalash uchun va o'lchov mashinalari sifatida 
    foydalanish ham mumkin. Zamonaviy koordinat-teshik kengaytirish stanoklari yuqori 
    (B), juda yuqori (A) va eng yuqori (C) aniqlik darajalarida chiqariladi. Ularning 
    ba'zilari dastur bilan boshqarish sistemasi asosida ishlaydi.
    Masalan, 2E450F1-1 modelli raqamli indikatsiya va koordinatlarni oldindan 
    terish; 2E450AF30, 2E450AMF4 modelli, asboblar magaziniga ega bo'lgan stanoklar 
    mavjud. 
    2A450 modelli teshik kengaytirish stanogi (6.6-rasm) optik qurilmaga ega bo'lib, 
    o'lchamlarning butun va kasr ulushlarini aniq o'qish imkonini beradi. Stanok to'g’ri 
    burchakli o'qlar sistemasida o'qlar orasidagi masofalarning aniqligi 0,001 mm 
    atrofida bo'lishi natijasida (7L
    a
    q0,5-0,16 mkm dan L
    a
    q0,063... 0,04 mkm gacha) 
    ishlov berish uchun mo'ljallangan. Bu stanoklar pardozlab ishlov berishni ta'minlab, 
    kesish jarayoni yuqori tezliklarda (v>1000 mg’min), juda kichik surishlar (0,01... 


    0,15 mm/ayl) va kesish chuqurliklari (g’q0,05...0,03 mm) da olib boriladi. 
    Texnologik sistema vibratsiyaga chidamlilikning yuqori darajalariga ega. Pardozlab 
    teshik kengaytirish operatsiyalarida diametr bo'yicha 100 mm ga 5-15 mkm oralig’ida 
    farq (dopusk) bo'lishiga erishiladi. O'lchamlarning aniqligi 8-9 (ba'zan esa 5-7) 
    kvalitetlarga to'g’ri keladi. Dumaloqlik va konussimonlik bo'yicha farqlanish 3..10 
    mkm oralig’ida bo'Iadi. Olmosli-teshik kengaytirish stanoklari vertikal, gorizontal, bir 
    va ko'p shpindelli turlarga bo'linadi. Kesuvchi asbob sifatida olmosli va qattiq 
    qotishmali keskichlardan foydalaniladi. 
    Bu stanoklarda bosh harakat shpindelning kesuvchi asbob bilan birga aylanma 
    harakatidir. Surish harakati vertikal bir shpindelli stanoklarda shpindelga, gorizontal 
    bir va ikki tomonlama stanoklarda zagotovka va moslama o'rnatilgan stolga uzatiladi 
    (8.6-rasm). 
    Surish harakati ko'pincha pog’onasiz boshqariladigan gidroyuritma yordamida 
    amalga oshiriladi. 
    Vertikal olmosli-teshik kengaytirish stanoklari avtomobil va traktor dvigatellari 
    silindrlar blokidagi teshiklarni nafis yo'nib kengaytirishda qo'llaniladi. Bunda 
    ishlangan yuzada jilvirlash va xoninglashdan so'ng qoladigan abraziv modda 
    qoldiqlari bo'lmaydi, ishlov aniqligi 0100-200 mmli teshiklar uchun ovallik va 
    konuslik bo'yicha ikkinchi va hatto birinchi sinflargacha yetadi (0.01-0,005 mm). 

    Download 1,46 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari

    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish