Vertikal va radial-parmalash stanoklari. Vertikal va radial-parmalash
stanoklari sanoatda eng ko'p uchraydigan paramalash stanoklari hisoblanadi.
Vertikal-parmalash stanoklari o'lchamlari nisbatan katta bo'lmagan
zagotovkalarda teshiklarga ishlov berish uchun mo'ljallangandir. Ishlov o'tadigan
zagotovka moslama bilan birga stolning ustiga o'rnatiladi. Za-monaviy 2H135-1
modelli vertikal-parmalash stanogi
(8.1-rasm) 2H135 modelli, bundan ilgari
chiqarilgan stanokka nisbatan keskin takomillashgan. Bunda «suzuvchi»
buriluvchi-suriluvchi stol mavjud bo'lib, u zagotovkadagi bir necha teshiklarga
zagotovkani qayta bo'shatib rnahkamlamasdan turib ishlov berish imkonini beradi.
8.l-rasm. Vertikal-parmalash stanogi:
l-fundament plitasi; 2-«suzuvchi» stol; 3-buriluvchi stol; 4- kolonna; 5- shpindel; 6-parmalash babkasi. Stolning
bo'ylama
surilishi
va
salazkalaming
ko'ndalang
siljitilishi
tebranuvchan yo'naltiruvchilar bo'yicha bajariladi. Bo'ylama stolning ustiga
buriluvchan stol o'rnatilgan. Bunday «suzuvchi» stoli yo'q bo'lgan avvalgi
stanoklarda asbobning markazi bilan zagotovka teshigi markazini bir-biriga
moslash qo'lda bajarilar edi va so'ngra zagotovka mahkamlanar edi.
2H135-1 modelli stanokda «suzuvchi» stolning mavjudligi zagotovkaga
konduktor, oldindan rejalangan yoki oldindan sozlangan kulachoklar bo'yicha ko'p
koordinatli ishlov berishni zagotovkani qayta rnahkamlamasdan turib amalga
oshirish imkonini yaratdi.
2H135-1 modelli vertikal-parmalash stanogining texnik xarakteristikasi
quyidagicha:
1)
parmalashning maksimal diametri
d max =35 mm;
2)
shpindel o'qidan kolonnagacha bo'lgan masofa A=300 mm;
3)
stolning burilish burchagi 360°;
4)
shpindel aylanish chastotalari soni 12 (31,.5... 1400 min
-1
);
5)
surish qutisi 9 xil (5=0,1... 1,6 mmg’ayl) surish qiymatiga ega ;
6)
bosh harakat elektr dvigateli N
d
q4 kW; N
ed
q1440 mhr
1
.