3821 modelli bir shpindelli vertikal xoninglash yarim avtomati (8.17-rasm)
diametri 012-50 mm va uzunligi 130 mmgacha bo'lgan silindrik teshiklarga ishlov
berish uchun mo'ljallangan. Ishlov o'tadigan detallarning
materiallari toblangan va
toblanmagan po'lat, cho'yan va boshqalar bo'lishi mumkin.
Stanokda ishlov berish asosan olmosli brusoklar bilan olib bo-riladi.
Stanokning mexanizmlari bir vaqtning o'zida xonning ilgaiils maqaytar va aylanma
harakatlarini va brusoklarning radial surilishini ta'minlaydi. Shpindel babkasining
gidroyuritmadan olingan ilgarilanma-qaytma harakati tezligi chegarasi 0...16
mg’min, brusoklarning shpindelning har ikki yurishiga mos keladigan radial
surilishi chegarasi 0...0,065 mmg’i.m.y. Shpindel elektr dvigateldan
tezliklar qutisi
orqali harakat olib, rt
shp
= 400; 560; 800 aylg’min ga ega.
Xonni belgilangan o'lchamga sozlash buriluvchan stol (2)ga mos -lamada
o'rnatilgan etalon detal bo'yicha bajariladi.
Moylash-sovitish suyuqligi sifatida emulsiya yoki kerosin ishlatila-di.
Xoninglash stanoklarining boshqa modellari: 383, ОФ-38.
Pritirka (dovodka) qilish stanoklari yassi va silindrik yuzalarga mayda donali
abrazivlar bilan nafis ishlov berish maqsadida qo'llaniladi. Dovodka qilishda pritir
deb ataluvchi cho'yandan, mis, jez, bronza, oyna va boshqa shunga o'xshash
materiallardan
tayyorlangan asbob olinib, unga dovodka pastalari surtiladi.
Dovodka pastasi pasta yoki suspenziya (mayda donali abraziv yoki olmos
kukunining moydagi aralashmasi) ko'rinishida bo'ladi.
Pritirlarning shakli, joylashuvi va harakati ishlov beriladigan detalining shakli
va konstruksiyasiga hamda stanokning tuzilishiga bog’liq.
8.17-rasm. Xoninglash stanogi.
1-stanina; 2-stol; 3-xon; 4-shpmdel; 5-qo'zg’aluvchan karetka; 6-kolonna; 7-
ishlanayotgan detal.
Pritirlar (8.18-rasm)
0
t
o'qi atrolida qarama qarshi har xil v, va v
2
tezliklari
bilan aylanadi. Separatoi ayrim o'qi atrofida aylantiriladi.
Bu detallarning pritirlarga
sentrik tarzda harakatlanishini ta'minlaydi. Yuqori diskli yaqinlashuvchi va
uzoqlashuvi gidroyuritmadan bajariladi.
Pritirkalash stanoklari
universal va maxsus turlarga bo’linadi. Stanoklar
yuzalarning tozaligini 0,32 mkm va ishlov berish 6-kvalitetgacha
yetishini
ta'minlaydi.
3816 modelli universal pritirkalash stanogi (8.18-rasm) yassi silindrik
yuzalarni pritirka qilish uchun xizmat qiladi. Silindrik yuzalarni pritirka qilish
paytida separator harakatsiz bo'ladi. Stanokda jilvir qilish vaqti belgilanib,
uning
tugashi bilan stanok avtomatik tarzda to'xtatiladi.