8.19-rasm.
Superfinishlash stanogi:
1-stanina; 2-old babka; 3-orqa babka;
4-ishlanayotgan detal; 5-ushlagichlar; 6-gidroyuritma.
AMALIY MASHG`ULOT №9
SERIYALI ISHLAB CHIQARISHNI KOMPLEKS
AVTOMATLASHTIRISH. ROBOTLASHTIRILGAN DASTGOX
TIZIMLARI VA ULARNING TARKIBI.
Nazariy qism.
Ishlab chiqarishning avtomatlashtirishni asosiy shartlaridan biri, oldindan
aytib
o‘tilganday,
mahsulotning
tayyorlash
seriyasini
oshirish,
ya’ni
avtomatlashtirish darajasi qancha oshirilsa, sarflanadigan xarajatlar shuncha ortib
boradi, lekin bu sarflarni qoplash uchun mumkin qadar tayyorlanadigan
mahsulotlarning sonini oshirish maqsadga loyiqdir. Bu ko‘p seriyalab va massalab
ishlab chiqarishda, bitta mahsulotni ishlab chiqarish uchun o‘zgarmas
avtomatlashtirish sistemasidan foydalanilganda qulay bo‘ladi.
Bu mazmunda, seriyalab ishlab chiqarishni avtomalashtirish iqtisodiy
tomondan qulay kelmaydi, yakkalab (individual) va mayda seriyalab ishlab
chiqarishda, umuman, mumkin emas, chunki rivojlangan hamma davlatlarda ishlab
chiqarishning 70-80% dan ortig‘i seriyalab va mayda seriyalab ishlab chiqarish
xarakteriga ega.