|
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha yangi tizim
|
bet | 10/11 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 289,04 Kb. | | #119850 |
Bog'liq «iqtisodiyot» kafedrasi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha yangi tizim
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir. Ushbu soha vakillarini har taraflama qoʻllab-quvvatlash maqsadida oxirgi ikki yarim yilda Prezidentning ellikdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi.
Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, turli ruxsatnomalar olish va boshqa koʻplab xizmatlar tartib-qoidalari soddalashtirildi. Bu borada qulaylik yaratish uchun Davlat xizmatlari agentligi va uning joylardagi markazlari tashkil etildi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Biznes-ombudsman) lavozimi joriy qilindi.
Barcha hududlarda tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilib, hal etishga koʻmaklashadigan Bosh vazir qabulxonalari tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyati yoʻlga qoʻyilib, unga 200 milliard soʻm va 50 million dollar mablagʻ ajratildi.
Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga ajratilayotgan kreditlar hajmi oshdi.
Bunday amaliy choralar oʻz natijasini bermoqda. Kichik biznes mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 60 foizini, sanoat mahsulotlari hajmining uchdan birini, qishloq xoʻjaligi mahsulotining 98 foizini, investitsiyalarning yarmini taʼminlamoqda. Koʻpgina viloyatlarda eksportning 70-90 foizi aynan kichik biznesga toʻgʻri keladi.
Joriy yilning 6 oyida tadbirkorlik subyektlari soni 60 mingtaga ortgan.
Yigʻilishda ushbu koʻrsatkichlar islohotlarning dastlabki natijalari ekani taʼkidlanib, asosiy eʼtibor hanuzgacha uchrayotgan muammolarni hal etishga qaratildi.
Davlatimiz rahbari viloyat, tuman, shahar hokimlari va ularning birinchi oʻrinbosarlari mutlaqo yangicha ishlab, 70 foiz vaqtini hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga sarflashi kerakligini taʼkidladi.
Har bir viloyat, tuman va shahar hokimlari va ularning birinchi oʻrinbosarlari faoliyatiga yangi tashkil etilgan yoki faoliyati qayta tiklangan kichik korxonalar va ularda yaratilgan ish oʻrinlari sonidan kelib chiqqan holda baho berib, ragʻbatlantirish boʻyicha yangi tizim joriy etish vazifasi qoʻyildi.
Baho berishda korxonalarning yashovchanlik koʻrsatkichi asosiy mezonlardan biri boʻlishi kerakligi belgilandi. Yaʼni, tashkil etilayotgan korxonalarning kamida 50 foizi keyingi 3 yil davomida ishlasa, hokim va uning tadbirkorlik boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlimlari rahbarlarini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish nazarda tutilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga ushbu yangi tizimni joriy qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Yigʻilishda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga oʻtgan haftadagi tashrifi doirasida Xovos tumanini "Tadbirkorlik hududi"ga aylantirish boʻyicha taklif etilgan tashabbusni amalga oshirish masalasi ham koʻrib chiqildi.
Iqtisodiyot va sanoat vaziri boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi har bir tumanning salohiyatidan kelib chiqib, kichik biznesni rivojlantirish yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqishi zarurligi qayd etildi. Ushbu takliflar asosida tadbirkorlarga ularni amalga oshirish, kredit, yer va bino ajratish, infratuzilmaga ulash kabi barcha masalalarda koʻmaklashiladi.
Videoselektorda sanoat sohasidagi kichik biznes subyektlari va yirik korxonalar oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini keng yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi.
Masalan, avtomobilsozlik va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmoqlari oʻrganilganda tadbirkorlik subyektlari va yirik sanoat korxonalari oʻrtasida kooperatsiya deyarli yoʻqligi, oqibatda yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va butlovchi qismlar import qilinayotgani maʼlum boʻlgan. Achinarlisi, ayrim sanoat korxonalari kichik ishlab chiqaruvchilar u yoqda tursin, xaridorlar talabi bilan ishlashni ham bilmaydi.
Shu bois Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga oʻnta yirik sanoat tarmogʻi, jumladan, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, elektrotexnika, qurilish materiallari, kimyo, avtosanoat korxonalari bilan kichik biznes oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyish vazifasi yuklatildi.
Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda kooperatsiya yarmarkalari oʻtkazish, mahsulot va xizmatlar oʻz egasini topishi uchun "Yagona elektron kooperatsiya birja portali"ni tashkil etish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Yigʻilishda tadbirkorlik rivojiga toʻsiq boʻlayotgan yana bir muammo – loyihalarni joylashtirish uchun yer ajratish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Bu tizim hanuzgacha ochiq-oshkora ishlamayotgani koʻrsatib oʻtildi. Misol uchun, 3 ming 500 gektar maydon "Yer-elektron" axborot tizimiga taqdim etilgan boʻlsa-da, shundan 1 ming 300 gektari yoki 37 foizi savdoga qoʻyilgan, xolos.
Shu bois, mutasaddilarga yer ajratish masalasini idoralar bilan kelishish, binoni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlarini tubdan soddalashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Banklarning tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatishini yaxshilash va ajratilayotgan kreditlar samaradorligini oshirish masalasiga ham eʼtibor qaratildi.
Hozirda kredit olish istagidagi tadbirkorning murojaati 3 bosqichda, yaʼni tuman-viloyat-respublika darajasida koʻrib chiqiladi. Bankning markaziy idorasi rozilik bermasa, tadbirkor kredit ololmaydi. Oqibatda, bu jarayon ayrim hollarda oylab choʻzilib ketyapti.
Shu bois, banklarda kredit ajratish masalalarini bir va ikki pogʻonaga oʻtkazish, 70-100 nafar xodim ishlaydigan filiallar oʻrniga 10-15 nafar shtatdan iborat ixcham bank xizmatlari markazlarini koʻpaytirish lozimligi taʼkidlandi.
Tadbirkorlarning kredit foiz stavkalariga oid fikrlari muhokama qilinar ekan, kreditlar boʻyicha kafolat berish va foizlarni qisman qoplash maqsadida tashkil qilingan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini kuchaytirish muhimligi aytildi.
Tadbirkorlarning bino-inshootlarini buzish va buning uchun kompensatsiya toʻlash borasida tizimli yondashuv yoʻqligi tanqid qilindi.
Albatta, joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari davomida ayrim binolarning buzilishi tabiiy hol. Biroq, aholi punktlarini istiqbolda rivojlantirish rejalarini hisobga olmasdan, katta hududlarda joylashgan inshootlar buzib yuborilayotgani oqibatida juda koʻp miqdorda kompensatsiya toʻlovlari kelib chiqmoqda.
Hokimliklar buziladigan binolarning oʻrnida yangi korxonalarni qurish boʻyicha investorlarni topib, kompensatsiya toʻlovini ularning hisobidan toʻlanishini taʼminlamayotgani sababli ushbu xarajatlar davlat byudjeti zimmasiga tushmoqda.
– Barcha hokimlarni qatʼiy ogohlantiraman – asosli zarurat boʻlmagan holda tadbirkorlarga tegishli mol-mulkni buzishga umuman yoʻl qoʻyilmasligi zarur va shart, – dedi davlatimiz rahbari.
Adliya va moliya vazirliklari, Savdo-sanoat palatasiga Biznes-ombudsman ishtirokida mol-mulkni buzish va kompensatsiya toʻlash tartiblarini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif kiritish vazifasi qoʻyildi.
Yigʻilishda sud tizimining kichik biznes subyektlari murojaatlariga yondashuvi xususida ham soʻz bordi.
Maʼlumki, xorijiy tajribada 70 foiz nizolar sudgacha hal etiladi. Chunki ishlarni sudda koʻrib chiqish katta xarajat va koʻp vaqt talab etuvchi jarayon hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan, tadbirkorlar bilan bevosita ishlaydigan davlat idoralarida nizolarni sudgacha hal etish tuzilmalarini tashkil etish zarurligi taʼkidlandi. Adliya vazirligi, Oliy sud va Savdo-sanoat palatasiga muqobil hakamlik sudlari faoliyatini va mediatsiya institutini kengaytirish masalalarini nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tizimida Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish agentligi tashkil etish taklifi bildirildi. Mazkur agentlik koʻrsatilgan sohani yuksaltirish boʻyicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun masʼul boʻladi. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini ham muvofiqlashtirib boradi.
– Faqat katta korxonalar qurib, aholi bandligini va daromadini oshirish, byudjet tushumlarini koʻpaytirish masalalarini toʻliq hal eta olmaymiz. Turmush darajasini oshirishning eng muhim yoʻli tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishdir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
XULOSA
Tadbirkorlik deganda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar ko`rsatish) yo`li bilan tavakkal qilib, o`z mulkiy javobgarligi asosida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati tushuniladi.
Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi uchun iqtiso-diy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilgan bo`lishi lozim.
Tadbirkorlik ijtimoiy munosabatlar namoyon bo`lishining shakllaridan biri sifatida faqat jamiyatning salohiyatini oshi-rishga ko`maklashib qolmay, balki har qanday insonning qobi-liyati va mahoratini namoyon qilish uchun qulay zamin yaratadi, milliy boyliklarning ko`paytirishga va jahon integrastiyalashuvi jarayonida milliy ruhni saqlab qolishga yordam beradi. Shuning uchun tadbirkorlikni rivojlantirishga va uning huquqiy bazasi-ni mustahkamlashga davlat tomonidan katta e`tibor berilmoqda.
O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliya va maslahat tadbirkorligi kabi turlari keng rivoj topmoqda. Mamlakatimizda tadbirkorlikning yakka tar-tibdagi, xususiy, jamoa va aralash shakllari faoliyat ko`rsatadi. Jamoa tadbirkorligi firmalar faoliyatida o`z ifodasini topa-di. Firma
muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko`rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir. Firmalarning turlari ko`p. Ularni
xususiy firmalarga;
shirkat firmalariga;
davlat korxonalariga;
aralash firmalarga ajratish mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar kichik biznes sub`ektlari bo`lib hisoblanadilar. Ulardagi xodimlarning o`rtacha soni qonun tomonidan belgilangan chegaraviy darajadan oshib ketmasligi kerak.
Kichik korxonalar fuqarolar, oila a`zolari va boshqa shaxslar tomonidan, davlat, ijara, jamoa, qo`shma korxonalar, hissadorlik jamiyatlari, xo`jalik uyushmalari, jamoat tashkilotlari tomonidan yoki mulk egasining roziligi bilan jamoa tashabbusi asosida amaldagi korxonalar tarkibidan ajralib chiqish natijasida tashkil etiladi.
Xorijiy mamlakatlarda kichik korxonalarni belgilovchi mezon-lar bo`lib, xodimlar soni, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori, sotish hajmi va asosiy kapitalning balans qiymati hisoblanadi.
O`zbekistonda esa kichik biznesni belgilovchi mezon bo`lib, unda ishlovchi xodimlarning o`rtacha soni hisoblanadi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan, hozirgi kunda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda.
|
| |