• 2-chizma. Tadbirkorlik faoliyati turlari
  • Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari




    Download 289,04 Kb.
    bet6/11
    Sana15.12.2023
    Hajmi289,04 Kb.
    #119850
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    «iqtisodiyot» kafedrasi

    Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari


    Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va yo`nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin.


    Qayd etilgan ushbu tadbirkorlik faoliyatining har bir turi kichik turlarga bo`linadi. Mavjud tadbirkorlik faoliyati turlarini chizma shaklida quyidagicha ifoda etish mumkin (2-chizma).















    2-chizma. Tadbirkorlik faoliyati turlari




    Ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi desak xato bo`lmaydi. Zero, bunday tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmat ko`rsatiladi, ma`lum ma`naviy qadriyatlar yuzaga keladi.
    O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning dastlabki yilla-rida tijorat tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va xizmatlarni sotib olish va sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan ta`riflanadi, chunki bu sohada qisqa vaqat orasida daromad olish mumkin. Agar ishlab chiqarish korxona samaradorligining 10-12% ini tashkil qilsa, tijorat faoliyati esa bu ko`rsatkichni yana 20-30%ga oshiradi.
    Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarni alma-shinishi va almashtirilishidan iborat. Moliyaviy faoliyat ish-lab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi mumkin. Shu-ningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sug`urta muas- sasalari shaklida ham faoliyat ko`rsatadi.
    Keyingi vaqtda O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi ko`p yo`nalishlardan iborat bo`lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi.
    Tadbirkorlik faoliyati turlari nisbatan mustaqil bo`lib, bir-birini to`ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgi-lab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak.
    Innovastion, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug`ullanmoqchi bo`lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug`ullanishini, qanaqa mahsulot ishlab chiqarishini, qanday xizmat ko`rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. Shu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug`ullanadi. Tovarga bo`lgan talabni bilish maqsadida u tovarning potenstial iste`molchilari, xari-dorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug`ullanuvchi tashki-lotlar bilan aloqa qiladi. Muzokaralar ishbilarmon va bo`lajak xaridorlar o`rtasida shartnoma tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning oldini olishga imkon beradi. Shu ishlar amalga oshmasa, tadbirkor faqat og`zaki va`dalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi. Shakllangan barqaror bozor sharoitida rivojlangan mamlakat-larda og`zaki kelishuvlar ishonchli kafolat bo`lib, kerak bo`lgan hollarda shartnoma, bitim shaklida rasmiylashtiriladi. Biroq, bizning mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davrda og`zaki bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik kuchlidir.
    Venchur biznesi, ya`ni innovastion tadbirkorlik keyingi vaqtda ancha rivojlandi va u tavakkal biznesi turiga kiradi. Biznesning bu turi yangi texnologiyalarning joriy etilishi bilan bog`liq. Venchur biznesi yuqori tex- nologiya sohasida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar natija-larini tijoratlashtirish bilan bog`langan. Bu sohalarda samara olinishi kafolatlanmagan. Ya`ni ma`lum tavakkalchilik mavjud. Yangi va eng yangi texnologiyalarni joriy qilish bilan shug`ul-lanuvchi ilmiy-texnika firmalarga venchur firmalar deyiladi. Ularning daromadi kafolatlanmagan bo`lib, faoliyati tavakkal kapital bilan bog`liq.
    Shuni ta`kidlash kerakki, kichik korxonalar innovastion tadbirkorlikni rivojlantirishda katta rol o`ynaydi. Venchur biznesi o`zining egiluvchanligi
    bilan innovastion ishbilarmon-likning boshqa shakllariga qaraganda qator ustuvorlikka egadir.
    O`zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to`g`risida» gi qonuninng 5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:

    • yakka tartibdagi tadbirkorlik;

    • xususiy tadbirkorlik;

    • jamoa tadbirkorligi;

    • aralash tadbirkorlik.

    Yakka tartibdagi tadbirkorlik – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli bo`lib, uni tashkil qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respubli- kasida xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizom» bilan belgila-nadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o`z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab chiqarish bilan shug`ullanadilar.
    Yakka tartibdagi tadbirkorlik o`z navbatida ikki turga bo`linadi:

    • shaxsiy tadbirkorlik;

    • birgalikdagi tadbirkorlik.

    Shaxsiy tadbirkorlik tushunchasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to`g`risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha bayon etiladi: «Shaxsiy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlarning o`zi tomonidan mulk huquqida, shuningdek, mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo`l qo`yadigan o`zga mulkiy huquq tufayli o`ziga tegishli bo`lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi».
    Ushbu qonunning 16-moddasiga binoan birgalikdagi tadbirkorlikka quyidagilar kiradi:

    • er-xotinning umumiy mol-mulki negizida amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;

    • dehqon xo`jaligining umumiy birgalikdagi mulki negizida amalga oshiriladigan dehqon xo`jaligi;

    • o`zlariga umumiy ulushi mulk huquqida tegishli bo`lgan umumiy mulk negizida yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshiradigan shirkat xo`jaligi.

    Yuridik shaxs tashkil qilmay, o`z faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkor sifatida ro`yxatdan o`tkazilgan jismoniy shaxsga davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi haqidagi guvoxnoma beriladi va u jismoniy shaxslarni ro`yxatdan o`tkazish reestrida qayd qilinadi. Ushbu guvohnoma bankda hisob-kitob varag`i ochish, soliq organlaridan ro`yxatdan o`tish, muhr va boshqa rekvizitlarni tayyorlash uchun asos bo`lib hisoblanadi.
    O`zbekistan Respublikasida «Xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizom»da xususiy tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta`rif berilgan:
    Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqaro) tomo-nidan o`zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo`jalik faoliyatidir.
    Xususiy tadbirkorlikning yakka tartibda faoliyat ko`rsata-yotgan tadbirkorlikdan farqi shundaki, bu erda faoliyat ko`rsa-tuvchilar o`z faoliyatini yollanma ishchi kuchi yordamida olib boradilar. Ular yuridik shaxs sifatida ish ko`radilar va o`z korxo-nalarini davlat ro`yxatidan o`tkazishga majburdirlar.
    Jamoa tadbirkorligi – bu bir guruh fuqarolarning o`zlariga ma`qul bo`lgan mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil qilishlari va shu asosda tadbir-korlik faoliyatini amalga oshirishlaridir.
    Jamoa tadbirkorligi faoliyati firmalar faoliyatida o`z ifodasini topadi. Firma
    – muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko`rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir.
    Xususiy firma deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli bo`lgan, yakka xususiy mulkka asoslanib faoliyat ko`rsatadigan korxona tushuniladi.
    Firmalarning turlari juda ko`p, ularni chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin (3-chizma).




    Download 289,04 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 289,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari

    Download 289,04 Kb.