Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/447
Sana15.07.2024
Hajmi9,47 Mb.
#267669
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   447
Bog'liq
Сборник готовый

S.N. Xashimova
TDTU “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi dotsenti  
YASHIL TAKSONOMIYA BARQAROR RIVOJLANISH STANDARTI SIFATIDA
Hozirgi vaqtda, jahondagi siyosiy sharoitlarga qaramay, barqaror rivojlanish mavzusi kun 
tartibi o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Jahondagi etakchi kompaniyalar barqaror rivojlanish 
tamoyillarini joriy etishda, strategiyalarini takomillashtirishda, yangi qonunlar ishlab chiqarishda 
davom etmoqdalar. 
Insoniyat kelajagi uchun muhim barqaror rivojlanishga o’tishda ijtimoyiy ehtiyojlar, 
iqtisodiyot va atrof- muhit imkoniyatlari o’rtasidagi muvozanatni ta’minlashda “yashil” iqtisodiyotni 
shakllantirish va rivojlantirish orqali erishish mumkin. 
Jahondagi yetakchi iqtisodchi olimlarning taʼkidlashicha, “yashil” iqtisodiyotni “uzoq 
muddatda kelajak avlodlarni jiddiy ekologik xavflar va inqirozga olib kelmasdan, inson farovonligini 
yaxshilashga yoʻnaltirilgan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va isteʼmol qilish 
bilan bogʻliq iqtisodiy faoliyat tizimi” deb taʼriflanganining oʻzi buning qanchalik ustuvor ekanligini 
anglatadi. 
“Yashil” iqtisodiyotga o'tishning maqsadi, tabiiy resurslarni asrash, zaharlanuvchi moddalar 
emissiyalarini kamaytirish va kelgusi avlodlarning xayotini ta'minlashga yordam beradigan barqaror va 
ekologik to'g'ri rivojlanish modelini yaratishda.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25 oktyabrdagi 561-son qarori bilan 2030-yilgacha 
Oʻzbekiston Respub­likasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni taʼminlash boʻyicha 
harakatlar (02.12.2022-yildagi PQ-436-son qaror bilan tasdiqlangan) rejasiga muvofiq “yashil” 
turdagi faoliyatni tasniflash uchun Milliy “yashil” taksonomiya tasdiqlandi.
“Yashil” loyihalar taksonomiyasi – barqaror rivojlanishga koʻmaklashadigan va tabiiy 
resurslardan samarali foydalanishni oshirishga, atrof- muhitga salbiy ta’sir darajasini pasaytirishga 


324 
va energiya tejamkorligini oshirishga yoʻnaltirilgan iqtisodiy faoliyat turlari, loyihalar va aktivlarni 
tasniflash tizimi. 
"Yashil taksonomiya" tushuncyasi nisbatan yangi tushuncha bo’lib, mamlakatlar va xalqaro
tashkilotlarda turlicha talqin qilinadi. 
Evropa Ittifoqi mamlakatlarida birinchi marta “ Yashil taksonomiya”ni barqapop 
rivojlanishning va sof ekologiyani ta’minlashni keng qampovli dasturi sigatida ta’piflangan. "Yashil 
taksonomiya" ekologik muhitga ta'siri bo'yicha iqtisodiy faoliyatlar turlarini tasniflovchi tizim 
sifatida ta’riflangan. 
“Yashil taksonomiya” yoki” yashil tasnif” zamonaviy dunyoda muhim rol o'ynaydi. U 
ekologik barqaror va ekologik toza investitsiyalar, loyihalar va amaliyotlarni aniqlashga qaratilgan. 
“Yashil taksonomiya” issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish 
va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish loyihalariga investitsiyalarni 
rag‘batlantirish orqali atrof-muhitni muhofaza qilishga yordam beradi.Shuningdek, “yashil 
taksonomiya” yangi texnologiyalar va innovatsiyalarning rivojlanishini rag'batlantirib, ekologik toza 
echimlarga talabni yaratadi. Moliyaviy va korporativ qarorlarni tartibga solib, kompaniyalar 
faoliyatiga ekologik jihatlarni integratsiya qilishga undaydi. 

Download 9,47 Mb.
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   447




Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «sanoat iqtisodiyoti va menejmenti: muammo va yechimlar»

Download 9,47 Mb.
Pdf ko'rish