Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti




Download 21,64 Kb.
Sana08.06.2024
Hajmi21,64 Kb.
#261639
Bog'liq
taqdimnoma


5.4a-shakl
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
MA'LUMOTNOMA
Meliqo‘ziyev Mirkomil Voxidjon o‘g‘liga 05.05.02 - «Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar» ixtisosligi bo‘yicha Toshkent davlat texnika universiteti Kengashining 2023 yil 10 fevraldagi 3-son bayonnomasiga binoan dosent ilmiy unvonini berish haqida.
Attestatsiya ishi tartib raqami___________________
I. TAQDIMNOMA
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Elektr energetikasi fakulteti “Elektr ta'minoti” kafedrasiga 24 yanvar 2022 yildan e'tiboran dosent vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga (rektorning 2022 yil 27 yanvardagi 03/9-28 son buyrug‘i) tasdiqlandi.
Taqdimnoma 2023 yil 10 fevralda ko‘rib chiqilganda, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining 94 kishidan iborat Kengashining 76 nafar a'zosi quyidagicha ovoz berishdi: 73 kishi tarafdor, 1 kishi qarshi ovoz bergan va 2 ta yaroqsiz byulleten bor (2023 yil 10 fevraldagi 3-son bayonnoma).
II. TAQDIM ETILAYOTGAN SHAXS HAQIDA ASOSIY MA'LUMOTLAR
1. Meliqo‘ziyev Mirkomil Voxidjon o‘g‘li, 1992 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek.
2. 2016 yilda Toshkent davlat texnika universitetining «Elektr ta’minoti (sanoat korxonalari va shaharlar» mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan.
3. 2020 yildan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) bo‘yicha dissertatsiya ishini 2020 yilda Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/10.12.2019.T.03.03 raqamli Ilmiy kengashda «Shaharlar elektr ta'minoti tizimi parametrlarini tanlash usullari va algoritmlarini takomillashtirish» mavzusida 05.05.02 - «Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar» ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan.
4. Umumiy ish staji - 7 yil. Ilmiy va pcdagogik ish staji - 7 yil.
Oliy o‘quv yurtidagi pedagogik staji - 7 yil. Shu jumladan, Toshkent davlat texnika universitetidagi pedagogik ish staji - 7 yil.
2016-2019 уу. - Toshkent davlat texnika universiteti “Elektr ta'minoti” kafedrasi assistenti.
2019-2022 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti “Elektr ta'minoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi.
2022 y. - h.v. - Toshkent davlat texnika universiteti “Elektr ta'minoti” kafedrasi dotsenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi.
5. M.V.Meliqo‘ziyev bakalavr ta’lim yo’nalishida “Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti”, “Shahar elektr ta’minoti”, “Rele himoyasi va avtomatikasi” hamda magistr
mutaxassisligi bo‘yicha “Elektr ta’minoti tizimining releli himoyasi va avtomatika” lcabi fanlardan ma'ruza, amaliy mashg‘ulot va tajriba ishlarini olib boradi.
2021-2022 o‘quv yilida “Rele himoyasi va avtomatikasi” fani bo‘yicha (3-kurs) ma'ruza - 64 soat, “Elektr tarmoqlari va tizimlari” fani bo‘yicha (sirtqi, 2-mutaxassislik) jami - 28 soat, “Elektr ta’minoti tizimini optimallash va boshqarish” fani bo‘yicha (sirtqi, 2-mutaxassislik) jami - 64 soat, “Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti” fani bo‘yicha amaliy mashg’ulot - 36 soat, “Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti” fani bo‘yicha laboratoriya mashg’ulot - 36 soat, “Shahar elektr ta’minoti” fani bo‘yicha amaliy mashg ulot — 24 soat, “Shahar elektr ta’minoti” fani bo‘yicha laboratoriya mashg’ulot — 72 soat, “Rele himoya va avtomatika” fani bo‘yicha kurs ishiga rahbarlik - 43 soat, “Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti” fani bo‘yicha kurs loyihasiga rahbarlik - 79 soat, “Shahar elektr ta’minoti” fani bo‘yicha kurs ishiga rahbarlik - 24 soat talabalarga maslahatlar berish va bilimlarini nazorat qilish - 174 soat, magistrlik dissertatsiyasi va ilmiy-tadqiqot ishiga rahbarlik - 100 soat, malakaviy amaliyotga rahbarlik qilish – 216 soat, jami 960 soat yuklamani bajardi.
M.V.Meliqo‘ziyev darslarni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, masofali ta'lim texnologiyalarini tadbiq etgan holda qiziqarli, muammoli tarzda va yuqori uslubiy darajada o‘tadi, shuningdek fanlarni talabalarga tushun-tirish jarayonida va ularning mustaqil ishlarini tashkil etishda «Sehrli uchburchak», «Muammoli vaziyat», «Labirint», «Bumerang», «Tushunchalar tahlili», «Zinama-zina», «SWOT tahlili» va boshqa pedagogik texnologiyalardan foydalanadi.
Fanlami o‘qitish jarayonida elektron qoMlanmalarni, kompyuterli testlarni hamda multimediali ma'ruzalarni samarali qo‘llab kelmoqda. Talabalarning o‘quv-tarbiya faoliyatini, pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotlarini samarali tashkil etadi.
M.V.Meliqo‘ziyev “Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti”, “Shahar elektr ta’minoti”, “Rele himoyasi va avtomatikasi” hamda magistr mutaxassisligi bo‘yicha “Elektr ta’minoti tizimining releli himoyasi va avtomatika” fanlarining namunaviy va ishchi dasturlari, sillabus, o‘quv-uslubiy majmualarini ishlab chiqishda ishtirok etdi.
Fanlarni o‘qitish jarayonida elektron qoMIanmalarni, kompyuterli testlarni hamda mul'timediali ma'ruzalami samarali qo‘llab kelmoqda. Talabalarning o‘quv-tarbiya faoliyatini, pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotlarini samarali tashkil etadi.
M.V.Meliqo‘ziyev kafedraning 5310200 (60710600) - «Elektr energetikasi (elektr ta'minoti)» ta'lim yo‘nalishi hamda 5A310201 (70710601) - «Elektr ta'minoti (sanoat korxonalari va shaharlar)» magistratura mutaxassisligining fan dasturlarini ishlab chiqishda doimiy ravishda faol ishtirok etib kelgan. So‘nggi yillarda uning hammuallifligida “Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti” fanidan darslik (2019), “Elektr energiyasini nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimlari” fanidan darslik (2020), “Elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari” fanidan o‘quv qoMlanma (2019), “Shahar elektr ta’minoti” fanidan o‘quv qo‘llanma (2021), “Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti” fanidan o‘quv qo’llanma (2021), “Elektr tarmoqlari va tizimlari” fanidan (rus tilida) o‘quv qo’llanma (2021) va “Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti” fanidan (ms tilida) o‘quv qo’llanma (2022) tayyorlanib, 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus ta'lim Vazirligining o‘quv-adabiyotlarining nashr etish guvohnomasini oldi.
Shuningdek, “Elektr energiyasining sifat koTsatkichlari” fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy koTsatmalar (2017), “Elektr tarmoqlari va tizimlari” fanidan kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy koTsatmalar (2018), “Shahar elektr ta’minoti” fanidan amaliy mashg‘ulot ishlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatmalar (2021) va “Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti” fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy ko‘rsatmalar (2022) tayyorlanib, TDTU bosmaxonasida chop etildi.
M.V.Meliqo‘ziyev universitet va fakultet miqyosida o‘tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarida ham faol qatnashib kelmoqda. Jumladan, kafedrada tahsil oladigan va talabalar turar-joyida istiqomat qiladigan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha bir qator tadbirlarda ishtirok etgan. Jumladan, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarda qatnashib, ular yuqori saviyada tashkil etishda doimiy ravishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda, masalan: “El desa Navoiyni””, “Iqtidor”, “Xotira-abadiy, qadr muqaddas”, “Zakovat”, “Kitob ulash”, “Futbol bo‘yicha kafedra kubogi” kabi tadbirlar shular jumlasidandir. 2021-2022 o’quv yilida Universitet professor-o’qituvchilari o’rtsida о tkazilgan futbol bo’yicha “Rektor kubogi” musobaqasida Elektr energetikasi fakulteti jamoasi bilan birgalikda I o’rinni egallagan. Bundan tashqari, ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishish, “Elektr ta’minoti” kafedrasiga biriktirilgan maktab va mahalla o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Bugungi kunda u talabalar turar-joylaridagi iqtidorli talabalar bilan muntazam ravishda ilmiy-amaliy munozaralar olib boradi, o‘quv-tarbiyaviy ishlar yuzasidan muloqot o‘tkazadi.
6. M.V.Meliqo‘ziyev 2018/2019 o‘quv yilidan buyon 5310200 - «Elektr energetikasi (elektr ta'minoti)» bakalavriatura ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha 5 nafar talabalarning bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilgan.
Tayyorlagan shogirdlari - bakalavrlar:
1) Chorshanbiyev Kamoliddin Maxmatmurodovich (Mavzu: “Farg‘ona azot AO” korxonasining elektr ta’minoti tizimida reaktiv quvvatni yuklama toki bo‘yicha rostlash masalasi. Rektorning 2019 yil 14 martdagi 04/9-178 son buyrug‘i bilan tasdiqlangan);
2) Primov Sherxonbek Faxriddinovich (Mavzu: “Quvasoysement AJ” korxonasining elektr ta’minoti tizimini takomillashtirish. Rektorning 2019 yil 14 martdagi 04/9-178 son buyrug‘i bilan tasdiqlangan);
3) Daminov Asrorjon Mirzatolib o‘g‘li (Mavzu: “QuvaTekstil” to‘quv fabrikasining elektr ta’minoti va tizimda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qo’llash masalalari. Rektorning 2019 yil 14 martdagi 04/9-178 son buyrug‘i bilan tasdiqlangan);
4) Nasriddinov Alixon Abbosxon o‘g‘li (Mavzu: “ASAKA AVTOMABILSOZLIK” korxonasining elektr ta’minoti va tizimida bosh korpus yoritish tarmog’i hisobi. Rektorning 2020 yil 18 martdagi 04/9-212 son buyrug‘i bilan tasdiqlangan);
5) Sadritdinov Shaxzodjon Erkinjon o‘g‘li (Mavzu: “NAVOIY TOG‘-KON METALLURGIYA” korxonasining elektr ta’minoti tizimida energiyani tejash. Rektorning 2020 yil 18 martdagi 04/9-212 son buyrug‘i bilan tasdiqlangan).
Shu bilan birga, 2020/2021 o‘quv yilidan buyon hozirgi kunga qadar 5A310201 (70710601) - “Elektr ta’minoti” (sanoat korxonalari va shaharlar) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 3 nafar magistrantlarga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda:
1) Inamxodjaev Dilmurod Utkirovich (Mavzu: Shahar elektr ta’minoti tizimida raqamli nazorat va himoya tizimlarini ishlab chiqish. Rektorning 2020 yil 05 noyabrdagi 04/9-840 son buyrug‘i bilan tasdiqlangan).
2) Djovliyev Azizbek Xaitmurodovich (Mavzu: Shahar elektr iste’molchilarining elektr energiya iste’molini yuklama o‘sishini hisobga olgan holda tadqiq qilish. Rektorning 2020 yil 05 noyabrdagi 04/9-840 son buyrugM bilan tasdiqlangan).
3) Chorshanbiyev Kamoliddin Maxmatmurodovich (Mavzu: Elektr ta’minoti tizimida raqamli podstansiyalarni joriy etilishini tadqiq qilish. Rektorning 2021 yil 15 noyayabrdagi 04/9-1219 son buyrug‘i bilan tasdiqlangan).
M.V.Meliqo‘ziyev falcultetda ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha uzoqqa moMjallangan tizimli yondashuv asosida talabalarni uzluksiz ilmiy tadqiqotlarga oTgatib borish ishlarida qatnashib kelmoqda. Kafedra talabalari uchun darsdan tashqari vaqtda ilmiy-seminarlar, debat-klublar tashkil etilib, ularga ilmiy tadqiqot olib borishning usul va vositalarini oTgatmoqda.

Download 21,64 Kb.




Download 21,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Download 21,64 Kb.