|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universititeti olmaliq filiali “
|
Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 21,59 Kb. | | #103679 |
Bog'liq Chiqindilar
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INNAVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITITETI OLMALIQ FILIALI
“_____________________________
____________________” fanidan
MUSTAQIL ISH
MAVZU: _______________________________________
BAJARDI:_______________________
TEKSHIRDI:_____________________
OLMALIQ-2023
Mavzu: Chiqindilar va ularning xavflilik darajasiga ko’ra sinflanishi.
Reja:
1. Chiqindi turlari.
2. Chiqindilarni yig'ib olish va olib chiqib tashlash.
3. Chiqindilarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish.
Hozirgi kunda atrof-muhit turli manbalardan tashlanayotgan chiqindilar ta’sirida doimo ifloslanadi. Atrof-muhitga tashlanadigan chiqindilar material va energetik chiqindilarga bo‘linadi. Material chiqindilarga gazsimon, suyuq va qattiq chiqindilar kiradi. Energetik chiqindilarga esa elektromagnit toMqinlar, qattiq shovqin, issiq oqim va radioaktiv nurlanishlar kiradi. Gazsimon chiqindilarning manbalari tabiiy va sun’iy manbalarga bo‘linadi. Tabiiy manbalarga quyidagilar kiradi: chang-to‘zon bo‘ronlari, vulqon changlari, o ‘rmon yong‘inlari, shamol ta’sirida yemirilishlar va tirik organizmlarni biologik yemirilishi. Sun’iy (antropogen) manbalarga quyidagilar kiradi: sanoat korxonalari, transport vositalari, issiqlik energetika qurilmalari, uy isitgich vositalari, qishloq xo‘jaligi. 20 Atmosfera havosini tabiiy m anbalar ta ’sirida ifloslanishi yerning barcha hududlarida sodir bo‘lib turishi mumkin. Bular kuchli shamol natijasida o‘rama bo‘ronlarni, dovullami hosil bo‘lishi, uning ta’sirida tuproqlarning yemirilishi va natijada chang-to‘zonlar ko‘tarilib, atm osfera havosining ifloslanishidir. Bunday ifloslanish ko‘pincha tropik, sahro-cho‘l mintaqalariga xos bo‘lib, kuchli siklonlar oqibatida ro‘y berib turadi. Vulqon changlari esa yerning harakatdagi vulqonlar joylashgan nuqtalarida hosil boMadi. Vulqonlarni otilishi natijasida kul changlari, oltingugurt angidridi va uning birikmalari ko‘rinishidagi tashlamalar hosil bo‘ladi. 0 ‘rmon yong‘inlari va tirik organizmlarning chirishi oqibatida esa yuzaga keladigan tashlamalar yerning barcha nuqtalarida sodir bo‘lib turadi. Bunda asosan tutun gazlari, karbonat angidridi, m etan kabi gazlar hosil bo‘lib, atrofm uhitga tashlanadi va atm osfera havosini ifloslanishiga sababchi bo‘ladi. Oxirgi o ‘n yillar ichida sun’iy m anbalar ta ’sirida atm osfera havosining ifloslanishi global xarakterga ega bo‘ldi va o‘zining ko‘lami bo‘yicha shu kunlarda tabiiy ifloslanishdan oshib borayapti. Aholi sonining oshib borishi o‘z yo‘lida sanoat korxonalarini, transport vositalarini ham oshishiga olib keladi. Bundan tashqari sanoat korxonalarini energiya bilan ta ’minlash uchun issiqlik energetika qurilmalarining soni ham oshib boradi. Bu o ‘z y o iid a atmosfera havosiga oltingugurt angidridi, azot oksidlari, uglerod oksidlari, vodorod sulfid, uglevodorod gazlari, xlororganik gazlar, ko‘plab mayda qattiq zarralar ko‘rinishidagi turli chang chiqindilari kabi tashlam alarni ko‘plab hosil b o ‘lishiga va ularni atrof-m uhitga tashlanishiga sababchi bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi tarrnog‘idan esa o‘ziga xos chiqindi gazlar atmosfera havosiga tashlanadi. Bularga turli chang tashlamalari (paxta, kanop, donli ekinlar va shu kabi), chirindi gazlari, ammiak, azotli birikmalarning bug‘lari kiradi. Suyuq chiqindilarga asosan ifloslangan oqova suv ko‘rinishidagi chiqindilar kirib, ularning manbalariga deyarli barcha sanoat ishlab chiqarish korxonalari, parranda va chorva komplekslari, dam olish va davolanish maskanlari, maishiy xo‘jalik maskanlari, qishloq xo‘jaligi va transport vositalari kiradi. Ushbu manbalardan suvlarga neft va neft mahsulotlari, yog‘lar, moylar, og‘ir metall ionlari, rangli metall 21 ionlari, yuvuvchi vositalar, pestitsidlar, turli mineral tuz eritmalari, biokimyoviy birikmalar va shu kabi ko‘plab moddalar aralashadi. Qattiq chiqindilarga esa xomashyo qoldiqlari, mahsulot ishlab chiqarishga yaroqsiz bo‘lgan moddalar va asosiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan qattiq chiqindilar kirib, ularning asosiy manbalariga tog‘-kon sanoati korxonalari, sanoat ishlab chiqarish korxonalari, avtomobil-transport sanoati korxonalari, maishiy xo'jalik, davolanish maskanlari va shu kabi tarm oqlar kiradi. Qattiq chiqindilar o ‘z yo‘lida sanoat va maishiy chiqindilar turkumiga bo‘linadi. Sanoat qattiq chiqindilari — bu asosiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan xomashyo, material va yarim fabrikatlarning qoldiqlaridir. Ushbu chiqindilar turiga o‘zini ishlatish muddatini o ‘tab bo‘lgan mahsulotlar ham kiradi, ya’ni fizik va m a’naviy eskirishi oqibatida yaroqsiz holga kelgan mahsulotlar va mashinalar. Maishiy (kom m unal) chiqindilarga uy sharoitida utilizatsiya qilinishiga imkoni yo‘q bo‘lgan qattiq chiqindilar — qog‘oz-karton materiallari, polimer-plastmassa buyumlari, shishakeramika buyumlari, singan, ishdan chiqqan yog'och buyumlari, keraksiz alumin-metall buyumlari, yaroqsiz paxta-sintetik material buyumlari, oziq-ovqat chiqindilari va shu kabilar kiradi.
Tashlanayotgan gazlarning harorati bo‘yicha qizdirilgan (tashqi havo haroratidan ortiq) va sovuq turlariga, tozalanish darajasi bo'yicha tozalangan va tozalanmagan turlariga bo‘linadi. Tashkillashtirilgan tashlamalarga korxonalarning statsionar o‘rnatilgan m o‘rilaridan, v c n tila tsiy a q u rilm a la rid a n , n eft m a h su lo tla rin i saq la sh rezervuarlarining nafas olish klapanlaridan va shu kabi manbalardan, tashkillashtirilmagan tashlamalarga esa — texnologik rejimlami izdan chiqishi, avariya, quvurlardagi germetizatsiyani buzilishi, suyuq moddalarni to'kilishi va ularni bug'lanishi natijasida hosil bo‘luvchi chiqindi gazlar kiradi.
Atmosferaga tashlanuvchi chiqindi gazlarning tashlanishini oldini o lish uchun tex n o lo g iy alar m u k a m a lla sh tirila d i, q u rilm a g erm etizatsiy asi yax sh ilan ad i, to z alash in sh o o ti q u rila d i, chiqindilarning tashlanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Chiqindi gazlarning hosil bo‘lishini oldini olishning asosiy va samarali yo‘llaridan biri — bu yopiq chiqindisiz texnologiyalarni, kam chiqindili ekologik bezarar texnologiyalarni joriy etishdan iborat, lekin ko‘p korxonalar ilgari qurilgan va ularda yopiq sistemalarni joriy qilishni hozirgi kunda imkoniyati yo‘qdir. Shuning uchun hozirgi kunda atrof-muhitni muhofaza qilishning asosiy yo‘li — bu ishlab turgan korxonalardan ajralayotgan chiqindi gazlarni tozalash, zararsizlantirish, qayta ishlash va rekuperatsiyalash qurilmalarini ishlab chiqish, hamda uni tezda amalda joriy qilishdan iboratdir. Chiqindi gazlarni tozalash, qayta ishlash, rekuperatsiyalash va zararsizlantirish usullari turlicha bo‘lib, ular asosan gazlarni ajralayotgan manba turiga, uning kimyoviy tarkibiga, miqdoriga, konsentratsiyasiga, haroratiga va shu kabi ko‘rsatkichlariga bog‘liqdir. Chiqindi gazlarning tozalash usullarini taxminan quyidagicha sinflash mumkin (4.1-rasm). Yuqorida keltirilgan sinflash albatta barcha usullami va apparatlami o‘z i chiga ololmaydi va bunday sinflash taxminiy hisoblanadi. Aerozollarni (changlar va tumanlarni) zararsizlantirishda quruq, ho‘l va elektrik usullar qo‘llaniladi. Bunda qo‘llaniladigan apparatlar bir-biridan konstruksiyasi va chang zarralarini cho‘ktirish uslubi bilan farql-anadi. Quruq usuldagi apparatlarning ishlashida chang zarralari 25 gravitatsion, inersion, markazdan qochma kuch mexanizmlari asosida tindiriladi yoki filtratsion mexanizmlarda ushlanadi. Ho‘l usulda chang zarralari suyuqlik bilan namlanadi va cho‘ktiriladi. Elektr filtrlarda chang zarralari elektrodga berilgan elektr kuchlanish yordamida ushlanadi. Chiqindi gazlarni gazsimon va bug‘simon toksik birikmalardan tozalash uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi: absorbsiya (Fizik va xemosorbsiya), katalitik, termik va kondensatsiya. Chiqindi gazlarni absorbsion tozalash usullari quyidagi belgilar bo‘yicha bo‘linadi: 1) absorbsiyalanayotgan komponent b o ‘yicha; 2) qo‘llanayotgan absorbent xili bo‘yicha; 3) jarayonni xaraTcteri — gazni sirkulatsiya qilish yoki sirkulatsiyasiz ishlatish b o ‘yicha; 4) absorbentni — regeneratsiya qilib siklga qaytarish (siklik) va regeneratsiyasiz (siklik bo‘lmagan) ishlatish bo'yicha; 5) ushlab qolinadigan komponentni — rekuperatsiyalab va rekuperatsiyasiz ishlatish bo‘yicha; 6) rekuperatsiya
Fizik absorbsiyada odatda ushlanadigan moddalar bilan reaksiyaga kirishmaydigan absorbentlar — suv, organik erituvchilar va «laming suvli eritmalari ishlatiladi. Xemosorbsiyada esa gaz tarldbidagi ushlanadigan m oddalar bilan reaksiyaga kirishadigan suyuq moddalar — absorbentlar ishlatilib, bunda xemosorbent sifatida tuz va ishqorlarning suvli eritmalari, organik moddalar va turli birikmalarning suvli suspenziyalari qoMlaniladi. Adsorbsion tozalash usuli chiqindi gaz tarkibidagi gazsimon va bug‘simon zararli aralashmalami ajratish uchun ishlatiladi. В unda gaz tarkibidagi zararli aralashmalar g‘ovaksimon qattiq moddalar — adsorbentlarga yuttirilib, atmosferaga tashlanayotgan gaz oqimidan ajratib olinadi. Ushbu usulning afzalligi — yuqori tozalash samarasiga egaligi, kamchiligi esa gaz tozalash jarayonida changli gazlam i tozalash imkoni yo‘qligidir, chunki changli zarralar adsorbentlarning g‘ovaklariga tiqilib, uni tez ishdan chiqaradi. Gazlarni katalitik tozalash jarayonida chiqindi gaz tarkibidagi zararli moddalar katalizator ishtirokida oksidlanish, qaytarish yoki parchalanish jarayonlari asosida zararsiz holatga keltiriladi. Bunda 26 zararsizlantiriluvchi chiqindi gazning tarkibida changli va katalizator uchun zaharli bo‘lgan m oddalar bo‘lmasligi lozim. Ushbu usul tashlam a gazlarni azot, oltingugurt va uglerod oksidlaridan hamda organik erituvchi bugMaridan tozalash uchun qo‘llaniladi. Jarayon turli konstruksiyadagi katalitik reaktorlarda amalga oshiriladi. Gazlarni kondensatsiya usulida ham tozalash mumkin. Bunda chiqindi gaz tarkibidagi uchuvchan organik erituvchilaming bug‘lari sovitish orqali qayta suyuqlik holiga keltiriladi. Ushbu usulni amalga os.hirish uchun maxsus sovitish qurilmalari qo‘llaniladi. Jarayonni chiqindi gaz tarkibidagi organik erituvchi bug‘larining konsentratsiyasi 100 g/m 3 dan yuqori boigandagina qo‘llash maqsadga muvofiq. Sbuning uchun ushbu usulni ishlatish chegaralangan. Usulning kamchiligi — kondensatsiya jarayonida sovitish agentining va elektr energiyasining sarfi yuqoridir. Termik usulda chiqindi gaz tarkibidagi zararli, yomon va yoqimsiz hidli moddalarni zararsizlantirish jarayoni ularni yondirish orqali amalga oshiriladi. Jarayon maxsus pechlarda va fakel gorelkalarida amalga o sh irila d i.
Jaray o n n in g afzalligi — usulda q o ‘llan ilad ig an apparatlarning sodda konstruksiyaga egaligi, kamchiligi — jarayonni am alga oshirish uchun qo‘shimcha yoqilg‘ining (odatda tabiiy gaz) sarfi va yondirish jarayonida hosil bo‘lgan gazlarni absorbsion yoki adsorbsion usullar yordamida ushlab qolish lozimligidir. A lohida ta ’kidlab o‘tish lozimki, chiqindi gaz tashlamalarining murakkab kimyoviy tarkibga ega ekanligi ularni bir xil usul yordamida zararsizlantirish imkoni yo‘qligini ko‘rsatadi. Shuning uchun chiqindi gazlar ko‘pincha bir necha usullar (bosqichlar) yordamida to ‘liq zararsizlantiriladi.
Sanoatda eng ko‘p tarqalgan tashlamalardan biri — bu changli gaz tashlamalaridir. Changli gaz tashlamalari deyarli barcha sanoat tarmoqlarida ajraladi va atmosfera havosiga tashlanadi. Buning natijasida esa atmosfera havosining tarkibi keskin ifloslanadi. Changli tashlamalar k o ‘pincha biror-bir mahsulotni olish jarayonida hosil b o ‘ladi, masalan, un tortish korxonalarida un changlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayonida shu materiallar changi — gips, alebastr, sem ent va shu kabi m ahsulotlar changi, mineral o ‘g‘it ishlab chiqarishda shu mineral o‘g‘it changlari, tog‘-kon kombinatlarida ru d a lar changi va hokazo. D em ak, chang z arralari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning bir bo‘lagi bo‘lib, ularni ushlab qolish va ishlab chiqarish sikliga qaytarish katta ahamiyatga ega. Shuning uchun changli gaz chiqindilarini zararsizlantirish uchun ular tarkibidagi chang zarralarining xususiyatini aniqlash ham alohida ahamiyatga ega. Chunki chang zarrasining xossasiga qarab tozalash usuli va uning apparati ham bir-biridan farqlanadi. Chang zarralarining quyidagi xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Chang zarralarining asosiy xossalari Zarraning zichligi. Zichlik haqiqiy, «to‘kma» va tuyuluvchi bo‘ladi. To‘kma zichlik (haqiqiy zichlikka qaraganda) zarralar orasidagi havo qatlamini (bo‘sh hajmni) ham hisobga oladi. Tuyuluvchi zichlik — bu zarra massasini uning hajmiga nisbati olinib, bunda zarra ichidagi g‘ovakliklar, qing‘ir-qiyshiqlar ham e’tiborga olinadi. Zarraning dispersligi. Zarraning razmeri uning asosiy parametridir. Chunki chang yutgichni tanlashda gaz tarkibidagi ushlanadigan chang zarrasining dispers tarkibi ahamiyatga ega. Sanoat changi zarralari turli shaklda bo‘lishi mumkin (sharik, tayoqcha, plastinka, ninacha, tolali ko‘rinishda va boshqalar). Chang zarralari ko'pincha birlashib aglomeratlar hosil qilishi mumkin, shuning uchun chang zarrasining razmeri tushunchasi nisbiydir. Bunda changdan tozalashda zarraning ch o ‘kish tezligi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi.
Chang zarrasining cho‘kish tezligi massasi bir xil bo‘lganda ham shaklini ko'rinishiga qarab farqlanishi mumkin. Zarraning shakli sharsimonga yaqin bo‘lsa, uning cho‘kishi shuncha tez bo‘ladi. 29 Chang zarrasini tozalash, ushlab qolish usuli uning dispers tarkibiga bog‘liqdir. Zarrani razmeriga qarab tanlanishi maqsadga muvofiq bo‘lgan apparatlar: Zarra razmcri, mkm Apparatlar 40 - 1000 Chang tindirgich kamcralari 20 - 1000 Siklonlar, diametri 1 - 2 m atrofida 5- 1000 Siklonlar, diametri 1 m 20 - 100 Skrubberlar 0,9 - 100 Matoli filtrlar 0,05 - 100 Tolali filtrlar 0.01 - 10 El. filtrlar Zarraning adgezion xossasi. Zarraning bu xususiyati ularning o‘zaro bir-biriga yopishish (ilashish) qobiliyatini ko‘rsatadi. Chang zarrasi yuqori ilashish xususiyatiga ega bo‘lsa, ular apparatlarda tiqilib qolishi mumkin. Zarrani o‘lchami qancha kichik bo‘lsa, apparatning yuzasiga ilashishi shuncha osonroq boMadi. Changlar ilashishi bo‘yicha 4 guruhga bo‘linadi: 1. Ilashmaydigan — bunga quruq shlak, kvars, quruq tuproq changlari kiradi. 2. Kuchsiz ilashadigan — bunga koks, quruq magnezit, apatit changlari, tarkibida to ‘liq yonmagan ko‘mir kullari, slanes kuli kiradi. 3. 0 ‘rta ilashuvchi — torf, nam magnezit, metall, qo‘rg‘oshin oksidlari, quruq sement, uchuvchan kullar, quruq sut, un, qipiqlar, torf kuli kiradi. 4. Qattiq ilashuvchi — sement, gips, alebastr, superfosfat, natriy tuzlari, tola (asbest, paxta, jun) changlari. Chang zarrasining ilashish xarakteristikasi (sochilish) to ‘qilish xarakteristikasi bilan bog‘liq. Zarraning abrazivligi: bu ko'rsatkich chang zarralari apparat m ateriallarini (m etall qotishm alarini) qanchalik yem irishi m um kinligini ko‘rsatadi. Bunda chang zarrasining qattiqligi, shakli, razmeri va zichligi inobatga olinadi. Ushbu ko‘rsatkich apparatning qalinligini, uning ichki qoplamalarini hisoblashda qo‘llanadi. 30 Zarraning ho‘llanishi. Chang zarrasining suv bilan ho‘llanish xususiyati ho‘l chang yutgichlarni samaradorligiga ta ’sir ko‘rsatadi. Zarralarning shakli silliq ko‘rinishga ega bo‘lsa ularning ho‘llanilishi yuqori bo‘ladi. Zarraning yuzasi qing‘ir-qiyshiq bo‘lsa, uning h o‘llanilishi qiyin kechadi, chunki g‘ovak yuzalar gaz qobig‘i bilan o‘ralgan bo‘ladi va suvni zarra ichiga kirishiga to‘sqinlik qiladi. Qattiq zarralar hoMlanishiga qarab ular 3 asosiy guruhga bo‘linadi: 1. Gidrofil materia liar (yaxshi ho‘llanadigan) — ularga kalsiy, kvars, ho‘llanadigan silikatlar, oksidlangan minerallar kiradi. 2. Gidrofob materiallar (yomon ho‘llanadigan) — unga grafit ko‘mir, oltingugurt changlari kiradi. 3. Absolut gidrofob materiallar (umuman hoMlanmaydigan) — unga parafin, teflon, bitum chang zarralari kiradi.
Xulosa: Hatto bizning ko‘zimizga ko‘rinmaydigan mikrob, bakteriyalar ham aniq bir vazifani bajarish uchun yaratilgan va ular ham yerda hayot davom etishi uchun o‘z ulushlarini qo‘shadilar. Hammamiz uchun ko‘pincha «keraksiz» deb tuyiladigan pashshalar ham aniq bir vazifani bajaradilar. U lar ushbu m itti m avjudotlarni — bakteriyalarning millionlab armiyasini o‘z oyoqlarida olib yurib axlatlarga, chiqindilarga va shu kabi boshqa yerlarga qo‘nadilar va u yerga bakteriyalar «armiya»sini tashlab, shu chiqindilarni chirishiga, 14 parchalanishiga, ya’ni yer yuzini tozalanishiga sababchi boMadilar. Lekin inson shu qonunga zid ravishda umuman parchalanmaydigan, chirimaydigan, ya’ni hech qanday bakteriyalar o‘zlashtira olmaydigan moddalarni, mahsulotlarni (polimer, plastmassa, shishasimon va shu kabi moddalarni), zaharli ximikatlarni, pestitsidlarni ishlab chiqardiki, oqibatda ularni eskirishi, to ‘kilishi natijasida tabiat, yer yuzi turli ko'rinishdagi chiqindilar bilan to ‘lib toshdi, atrof-m uhit keskin ifloslandi. Shuning uchun hozirgi kunda tezlik bilan ilmiy asoslangan va tabiat qonunlari bilan kelishilgan holdagi ishlab chiqarishlami qayta yo‘lga q o ‘yish darkor. Shu bilan bir qatorda sanoat tarm og‘ining turidan q a t’i nazar barcha ishlab chiqarishlarda chiqindilarni tarqalishiga yo‘l q o ‘ymaslik, tozalash inshootlarining samarali ishlashiga erishish, chiqindisiz, каш chiqindili ekologik bezarar texnologiyalarni joriy etish ishlarini amalga oshirmoq lozim
Foydalanilgan adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonuni Toshkent, 1993 y.
V.S.Alekseev, E.O.Murodova, I.S.Davыdova. Bezopasnost jiznedeyatelnosti «Prospekt» Moskva-2006 g.
O. Qudratov, T. G’aniev. Hayotiy faoliyat xavfsizligi. Toshkent. «Mehnat»-2004.
H.E.G’oipov. Mehnat muhofazasi. Toshkent. «Mehnat»-2000.
O’.R.Boynazarov. Hayot faoliyat xavfsizligi. Ma’ruza matnlari to’plami. Qarshi-2000.
|
| |