Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar




Download 3,04 Mb.
bet2/3
Sana05.12.2023
Hajmi3,04 Mb.
#111529
1   2   3
Bog'liq
Dastgohlar 9 mavzu

Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda (RDB) turli ko’rinishdagi detallar kichik partiyalar bilan ishlanadi. Ishlanadigan detallar murakkab va yuqori aniqlikda bo’ladi. SHuning uchun bu dastgohlar moslamalari sodda va ishonchli bo’lib, zagotovkani tez o’rnatib yechishga va guruxlab ishlov berishga qulay bo’lish kerak. Murakkab konstruktsiyali detallarga ko’p amalli ishlov berish imkoniyatini yaratish uchun ishchi asboblar zagotovkalariga xar tamonlardan yaqinlasha oladigan bo’lishi kerak. RDB dasgoxlarda zagotovka bilan asboblarning xarakatlari oldindan kiritilgan koordinatalar sistemasida aniqlanadi. SHuning uchun zagotovka moslamada to’liq bazalanishi kerak. Zagotovka bazalari dastgoh koordinatalarning boshlangich nuqtasiga nisbatan aniq xolatda joylashishi kerak. Xuddi shuningdek moslamani o’zi xam dastgoh stolida boshlangich koordinata nuqtasiga nisbatan aniq joylashishi kerak. 
Quyida ko’p amalli RDB dastgohlarida ishlatiladigan maxsus yig’ma moslamalar konstruktsiyalari keltirilgan .




Gidravlik universal mahkamlagich yordamida


tayyorlangan UYM.
Ushbu maxkamlagich sozlanadigan UYMlarda har xil qalinlikdagi zogotovkalarda maxkamlash uchun ishlatiladi. Maxkamlagich, 2-o’qqa o’rnatilgan, shpilka-3 ichidan o’tgan richag-1 va shuningdek 4-o’q yordamida sharnirli ulangan 5- baldoqdan iborat. Baldoq-5 gidrotsilindr shtokiga bog’langan. Gidrotsilindr 6 tayanch bilan sharnirli bog’langan. SHpilka 7 suxarg’ va 8-gayka yordamida moslamani bazaviy tanasidagi T-simon chuqurchasiga maxkamlanadi.
Maxkamlagichni muxim universalligini (maxkamlagichni) balandligini o’zgartirish shpilg’ka rezg’basi yordamida amalga oshiriladi. Maxkamlagich zogotovkalarni guruhlab ishlov berishda muxim o’rin tutadi. Zogotovkani bir necha joyidan maxkamlash uchun bir necha maxkamlagichlarni o’rnatish mumkin. Masalan, 9.2. rasmda Frezerlash –parmalash RDB dastgohlarida ishlatish muljallangan 2 ta gidrotsilindrli (mahkamlagichli) moslama keltirilgan.
Bu moslamani bazaviy tanasida yo’naltiruvchi baza sifatida 5-tayanchlar o’rnatilgan, shuningdek 6-mahkamlagich tayanch bazasi vazifasini bajaradi. Zogatovka-3 ikkita gidrotsilindrli mahkamlagich yordamida mahkamlanadi. Gidrotsilindrlarga moy 2 novlar yordamida uzatiladi.
Ko’p amalli (vazifali) RDB dastgohlari asosida tashkil qilingan moslanuvchan ishlab chiqarish modullari uchun universal va sozlanuvchan yo’ldosh moslamalar va ularni magazinlari ham ishlatiladi (9.3, 9.4-rasm) 
Yo’ldosh moslamani avtomatik almashtirish qurilmasi (9.3.-rasm) 3 ta pozitsiyali (xolatli) stoldan iborat bo’lib A pozitsiyadagi yo’ldosh moslama 4 –dastgoh stoliga va stoldagi yo’ldosh moslama 5 esa B pozitsiyaga o’tadi. Dastgoh ishlovni boshlaydi. Bu vaqtda B pozitsiyada ishlov berilgan detal olinadi va yangi zagotovka o’rnatiladi, hamda mahkamlanadi. Ishlov tugagandan so’ng yo’ldosh moslama-o’rinlari B pozitsiyadan dastgohga va dastgohdan A pozitsiyaga 6-gidrotsilindr yordamida almashtiriladi.
Moslanuvchan ishlab-chiqarish modullarida dastgoh yonida joylashgan yo’ldosh moslamalar magazinidan dastgohga birin –ketin uzatish uchun ikki pazitsiyali maxsus yo’ldosh moslamalarni avtomatik almashtirish qurilmasi ko’zda tutilidi(9.3v-rasm). Bu qurilmada yo’ldosh moslama –11, ikkita gidrotsilindr va T-simon ushlagich –14 yordamida bir pozitsiyadan ikkinchi pozitsiyaga uzatiladi.
Moslanuvchan ishlab –chiqarish modullarida yo’ldosh moslamalar magazini doiraviy shaklda tayyorlanishi mumkin (10.4-rasm). Yo’ldosh moslamalarga o’rnatilgan zogotovkalar doiraviy magazinda tayyor holda turadi. Ularni yo’ldosh moslamani almashtirish qurilmasi dastgohga uzatadi, ishlov berilgan detalli yo’ldosh moslama magazinga qaytariladi. Magazindagi paletalar soni bir smenada odamsiz to’liq ishlov berish vaqtiga ko’ra aniqlanadi. SHu sababli bunday moslanuvchan ishlab chiqarish moduli 3 –smenada to’liq odamsiz «avtomatik» ravishda ishlashi mumkin.



Yo’ldosh moslamalarni avtomatik almashtirish qurilmasi



Ko’p amalli dastgohlar uchun yo’ldosh


moslamalalar magazini.
Texnologik jarayonlarni moslamalar bilan ta’minlash masalasi yangi maxsulotlar ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashda muxim o’rin tutadi. Moslamalarni loyixalash va ishlab chiqarish jarayonlari keskin tezlashtirishning yullaridan biri bu moslamalarni avtomatik loyixalash tizimlaridan foydalanilgan holda loyixalashdir. 

Download 3,04 Mb.
1   2   3




Download 3,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar

Download 3,04 Mb.