|
Dastlabki vaqtlarda dastgoh moslamalarni loyixalashni avtomatlashtirish
|
bet | 3/3 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 3,04 Mb. | | #111529 |
Bog'liq Dastgohlar 9 mavzuDastlabki vaqtlarda dastgoh moslamalarni loyixalashni avtomatlashtirish masalasi quyidagicha xal etilgan. Har bir sonli kodlar sistemasi bilan ifodalanuvchi ishlov beriladigan detallar sinflari uchun zarur bo’lgan moslamalar konstruktsiyalari to’plami kutubxonasi tashkil qilinadi.
SHunday avtomatik loyixalash sistemasida, loyixalash jarayoni quyidagi tartibda o’tadi. Berilgan amalda moslamani ishlatish sistemasi va detalning o’zi xaqidagi informatsiya EHMga kiritiladi. EHMda loyixalash jarayoni konstruktsiyalarini sintez qilish pragrammalari asosida. Moslamani informatsion ifodasi sonlar massivlari ko’rinishida ishlab chiqiladi.
Undan keyin uni natijalarini chizma chizish qurilmasiga chiqariladi. Bunda moslamani umumiy boshqarish spetsifikatsiyasi tuzish blokiga berilib yig’ma va detallari chizmalari avtomatik tarzda ishlab chiqiladi.
Xozirda kompyuterda berilgan detal chizmasi va amalini bajarish ma’lumotlari asosida moslama nafaqat tanlanib chizmasi chiziladi, balki uni asosiy parametirlari ham birin – ketin xisoblanib asoslangan holda loyixalash to’liq kompyuterga yuklanmoqda.
Xulosa: . Murakkab konstruktsiyali detallarga ko’p amalli ishlov berish imkoniyatini yaratish uchun ishchi asboblar zagotovkalariga xar tamonlardan yaqinlasha oladigan bo’lishi kerak. RDB dasgoxlarda zagotovka bilan asboblarning xarakatlari oldindan kiritilgan koordinatalar sistemasida aniqlanadi. SHuning uchun zagotovka moslamada to’liq bazalanishi kerak. Zagotovka bazalari dastgoh koordinatalarning boshlangich nuqtasiga nisbatan aniq xolatda joylashishi kerak. Xuddi shuningdek moslamani o’zi xam dastgoh stolida boshlangich koordinata nuqtasiga nisbatan aniq joylashishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. JT. В. Перегудов, A X- Хошимов вабошк,. Автоматлаштирилган корхона станоклари.—Т.: Узбекистон, 1999.
2. Грановский Г.И. и др. Резание металлов: Учебник для машиностр. и приборостр. спец. вузов.-М.: Высш. шк., 1985.
3. Технология обработки конструкционных материалов: Учебникдля машиностр. спец. вузов. Под ред. П.Г. Петрухи.—М.: Высш. шк., 1991.
4. Бобров В.Ф. Основы теории резания, Машиностроение, 1975.
5. Армарего И. Дж. Обработка металлов резанием. Перевод с англ. —М.,1977.
6. Зорев. H. H. Вопросы механики процессарезания металлов. —M, Машгиз,1956.
7. Резников A.H. Теплофизика процессов механической обработки материалов.—М,.1981
|
| |