“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet454/539
Sana27.06.2024
Hajmi6,55 Mb.
#265996
1   ...   450   451   452   453   454   455   456   457   ...   539
Bog'liq
Maqola 3 (207-211-bet)

“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning 
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr

 
 
492 
ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tadbiq etish yo‘li bilan ta'lim
tizimida kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlanishi(Lifelong learning) siyosatini 
shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish bo‘yicha belgilangan 
ustuvor vazifalar, pedagog kadrlarining kasb mahorati hamda innovatsion 
kompetentligini uzluksiz rivojlantirish, sohaga oid ilg‘or xorijiy tajribalar, yangi 
bilim va malakalarni o‘zlashtirish, shuningdek amaliyotga joriy etish 
ko‘nikmalarini takomillashtirishni maqsad qiladi. 
Aytish joizki, zamonaviy axborot texnologiyalarning rivojlanishi, global 
netning respublikamizga intensiv kirib kelishi natijasida dunyo olimlarining ilmiy 
izlanishlaridan xabardor bo‘lish imkoniyati tobora kuchayib bormoqda. Ta'lim 
tizimida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash dunyo miqyosida raqobatbardosh 
kadrlarni tayyorlashga zamin yaratishni o‘z vaqtida anglagan pedagog, psixolog 
olimlarimiz psixologiyaning yangi yutuqlarini tadbiq etishga jiddiy ehtiyoj 
sezmoqdalar. Kelajakda muvaffaqiyatli ta'limni ta'minlash uchun o‘quvchining 
individual xususiyatlariga adekvat ravishda ta'limiy shart-sharoitlarni tashkil 
etish, ta'lim strategiyalarini oqilona amalga oshirish, o‘qituvchining pedagogik 
mahoratini muntazam takomillashtirishni talab etadi. 
Masalan, keyingi yillarda amaliy psixologiya fanida yuz bergan o‘zgarish bu 
– neyrolingvistik dasturlashning va neyrografikaning paydo bo‘lishidir.
Ta'limda neyrolingvistik dasturlash strategiyalarini samarali qo‘llash orqali 
yuqorida ta'kidlangan talablarni amalga oshirish imkoni oshadi. 
Neyrolingvistik dasturlash(NLD)- bu shunday bilim sohasiki, u 
sub'ektiv tajriba tarkibi, uning tuzilmasini tadqiq etish orqali, uni tavsiflash tili va 
ro‘yobga chiqish mexanizmlarini o‘rganadi. NLDning birinchi nomi 
“Metabilimlar”-bo‘lib u sub'ektiv (omadli, muvafaiyatli)tajribani modellashtirish 
asosida uni boshqalar faoliyatiga ko‘chirish bilan singdirishni nazarda tutadi. 
NLD nomining “Neyro” qismida sub'ektiv tajribani tavsiflashda miya 
neyrologik jarayonlarining axborotlarni qabul qilish, saqlash qayta ishlash va 
uzatish uchun javobgar jarayonlari o‘z ifodasini topadi. “Lingvistik” qismi esa 
tilning muhim belgisi sifatida tafakkur qilish va xulqning ro‘yobga chiqish 
xususiyatlari mexanizmlari va kommunikatsiyani tashkil qilish jarayonlarini 
tavsiflashni o‘z ichiga oladi. “Dasturlash” esa fikrlash va xulqni namoyon 
qilishning tizimliligiga ishora qilib, ularni ma'lum tartibda namoyon bo‘lishini 
bildiradi. Chunki “programma-dastur” grek tilida ma'lum bir aniq maqsad 
natijalariga erishishda aniq ketma-ketlik harakat qadamlari degan ma'noni 
bildiradi. Neyro-lingvistik dasturlash zamonaviy amaliy psixologiyaning yo‘nalishi 
bo‘lib, hozirda juda mashhurdir. Neyrolingvistik dasturlash - bu odamlarning 



Download 6,55 Mb.
1   ...   450   451   452   453   454   455   456   457   ...   539




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish