|
ISSIQLIK ALMAShINISh QURILMALARINING ASOSIY PARAMETRLARI VA KONSTRUKTSIYALARI
|
bet | 5/11 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 235,68 Kb. | | #117802 |
Bog'liq kurs loyiha yangi IMAJQ (1)2.3. ISSIQLIK ALMAShINISh QURILMALARINING ASOSIY PARAMETRLARI VA KONSTRUKTSIYALARI
G’ilof-quvurli issiqlik almashinish qurilmalari xalq xo’jaligining turli sohalarida keng tarqalgan qurilmalar bo’lib, issiqlik almashinish qurilmasi, sovitgich, kondensator va bug’latgich sifatida ishlatilishi mumkin.
Issiqlik almashinish qurilmalari suyuqlik va gazlarni isitish va sovitish uchun mo’ljallangan bo’lib, sovitgichlar esa - sovitish (suv yoki zaxarli bo’lmagan, yonmaydigan va portlamaydigan agent bilan) uchun qo’llaniladi (2-rasm) [1-5].
Quyida issiqlik almashinish qurilmasining qo’llanishi va konstrukstiyasi bo’yicha klassifikastiyasi berilgan.
Ko’llanishiga qarab
Isitkichlar ...... T
Sovitkichlar ...... X
Kondensatorlar .... K
Bug’latgich ........ I
Konstrukstiyasiga qarab
Qo’zg’almas to’r pardali. ................. N
G’ilof ida tempsratura kompensatori bilan . . . K
Harakatchan qalpoqchali ................. P
U-simon quvurli. ..................... U
P va U tipidagi issiqlik alamashinish qurilmasi quvur va g’ilof ining temperaturalar farqi juda katta, hamda quvur o’rami mexanik usulda tozalash zarur bo’lgan holda qo’llaniladi.
Quyidagi jadvalda sanoatda ko’p ishlatiladigan issiqlik almashinish qurilmalari xarakteristikalari berilgan.
4 jadval
Nomi
|
Belgi-
lanishi
|
Issiqlik tashuvchi agent belgisi
|
Qo’llanish sohasi
|
Isitkich
|
TN va TK TP
va TU
|
-30..350
-30... 450
|
Isitish va sovitish uchun
|
Sovitkich
|
X, XN va XK
XP va XU
|
0...+300
0...+400
|
Gazsimon va suyuq muhitlarni suv
yoki sovuq eltgich yordamida sovitish uchun
|
Konden
sator
|
KN va KK
KP va KU
|
Kondensa-
Цiyalanuv-
chi 0...+300 0...+400 Sovituvchi -20... +60
|
Bug’larni suv yoki sovuq eltgich yordamida
kondensastiyalash va sovitish uchun
|
Bug’latgich
|
IN va IK
IP va IU
|
-30... +350
-30... +450
|
Turli suyuq muxitlarni isitish va
bug’latish uchun
|
Sovutuvchi
kondensator
|
KT
|
0...+100
(sovuq
eltgich-
ning kon-densastiyasi); sovituvchi
-20... +50
|
Ammiakli va uglevodorodli
(propan, propilen) sovitish
mashinalarida sovuq eltgichni
suyultirish uchun
|
Sovutuvchi
buglatkich
|
IT
|
-40... +40
(to’yinish)
|
Ammiakli va uglevodorodli (propan,
propilen) sovitish mashinalarida
0,6 MPa bosimda suv va eritmalarni
sovitish uchun
|
|
|
+40... -60
|
1-2,5 MPa bosim ostida texnologik suyuq
muxitlarni sovitish uchun
|
2 - rasm. G’ilof-quvurli issiqlik almashinish qurilmalari.
a) bir yo’lli; b) linza kompensatorli;
v) xarakatchan qalpoqchali; g) U - simon quvurli.
1 - qobiq; 2 - quvurlar; 3 - linza kompensator; 4 – harakatchan qalpoqcha ; 5 - quvur to’rlari; 6 - qopqoq; 7,8 - kirish va chiqish shtusterlari; 9 - bolt; 10 – qistirma.
G’ilof-quvurli isitgichlar va sovitgichlarda qobiq va quvurlar orasidagi temperaturalarning farqiga qarab quvur qobig’ining uzayishi har xil bo’ladi. Shuning uchun bu qurilmalar konstrukstiyasiga qarab ikki xil bo’ladi:
N - qo’zg’almas to’r pardali;
K - linza kompensatorli.
Kompensastiyalovchi moslamalar qurilmalar quvurlarini etarli darajada uzayishiga imkon beradi. Bu turdagi qurilmalar quvurlararo bo’shlig’idagi bosim
6-105 Pa gacha bo’lganda ishlatiladi.
Qo’zg’almas to’r pardali isitgichlarda issiqlik ta’sirida quvurlar va qobiq har xil uzayadi, shu sababli bu turdagi isitgichlar quvurlar va qobiq o’rtasidagi temperaturalar farqi katta bo’lmaganda (20-60°C gacha) ishlatiladi. Muhitlarning temperaturalar farqi 60°C dan katta bo’lganda, quvurlar va qobiqning har xil uzayishini yo’qotish uchun, linzali kompensator (3b -rasm), harakatchan qatpoqchali (3v - rasm) va U -simon quvurli (3g -rasm) g’ilof -quvurli issiqlik almashinish qurilmalari ishlatiladi [2].
|
| |