|
Issiqlik almashinish qurilmalarini hisoblash
|
bet | 6/11 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 235,68 Kb. | | #117802 |
Bog'liq kurs loyiha yangi IMAJQ (1)X,arakatchan qalpoqchali isitgichlar temperaturalar farqi katta bo’lganda ishlatiladi. Bu turdagi isitgichda pastdagi quvur to’ri harakatchan bo’lib, bunda quvurlar o’rami (to’plami) qurilmaning qobig’ida temperatura ta’sirida uzayganda xam bemalol harakat qiladi. Quvurlarning uzayishini yo’qotuvchi kompensastiyali isitgichlarning konstrukstiyasi murakkabdir.
U - simon g’ilof-quvurli isiggichlarda issiqlik ta’sirida quvurlarning uzayishidagi kompensastiyani quvur o’ramining o’zi bajaradi. Shuning uchun ularning konstrukstiyasi sodda bo’lib, quvurlar to’plami bitta qo’zg’almas to’rga o’rnatiladi. Bu isitgichlarda quvurlarning ichki yuzasini tozalash qiyin va quvurlarni to’rga joylashtirish ancha murakkabdir.
Neftni qayta ishlash sanoatining barcha tarmoqlarida 2-6 yo’lli isitgichlar qo’llaniladi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, yo’llarning soni ortishi bilan qurilmaning gidravlik qarshiligi ortadi va konstrukstiyasi murakkablashadi (4 -rasm).
Issiqlik almashinish qurilmalarining quvurlari, qobig’i, g’ilof va boshqa elementlari uglerodli yoki zanglamaydigan po’lat, titandan, sovitgichlarning quvurlari esa latun, mis kabi materiallardan tayyorlanishi mumkin.
Gidravlik qarshilik va zarur issiqlik almashinish yuzasini aniqlovchi hisobi uchun normallashgan issiqlik almashinish qurilmalar va sovitgichlarning issiqlik
o’tkazish yuzasi, konstrukstion parametrlari va massalari 3, 4 jadvallarda keltirilgan.
2.4. G’ILOF-QUVURLI ISSIQLIK ALMASHINISH QURILMASINING GIDRAVLIK QARSHILIGINI HISOBLASH
Uzunligi Lz bo’lgan quvurlarda ichki ishqalanish va mahalliy qarshiliklar uchun yo’qotilgan bosim (1) tenglama orqali topish mumkin. Quvurdagi suyuqlikning tezligi esa
(30)
Ishqalanish koeffistienti (3.4)-(3.7) formulalar yordamida aniqlanadi. Agarda Retr > 2300 bo’lsa, ushbu formuladan hisoblab topiladi:
(31)
bu erda e = /d - quvurning nisbiy g’adir-budurligi; - g’adir-budurliklarning balandligi (hisoblar uchun = 0,2 mm deb qabul qilsa bo’ladi).
Quvur ichida harakat qilayotgan oqimga ko’rsatilayotgan mahalliy qarshilik koeffistientlari:
tr1 = 1,5 - kameraga kirish va chiqish;
tr2 = 2,5 - yo’llar orasidagi burilish;
tr3 = 1,0 - quvurga kirish va chiqish.
Taqsimlovchi kameraga kirish va undan chiqish paytidagi mahalliy qarshiliklarni shtusterdagi suyuqlikning tezligi bo’yicha hisoblash kerak. G’ilof -quvurli issiqlik almashinish qurilmasining normallashgan shtusterlarining diametrlari 3-10 jadvalda berilgan.
Quvurlararo bo’shliqdagi gidravlik qarshilikni ushbu formula orqali hisoblanadi:
(32)
Suyuqlikning quvurlararo bo’shliqdagi tezligi esa quyidagi formuladan aniqlanadi:
= 1,5 suyuqlikning kirishi va chiqishi;
= 1,5 segment to’siq orqali burilish;
= - quvurlar paketi (dastasi)ning qarshiligi.
Bu erda
Strab - quvurlararo bo’shliqning eng tor ko’ndalang kesimi; m - quvur qatorlarining soni.
|
| |