|
Turbinalarning issiqlik elektr stansiyasidagi o’rni. Issiqlik elektr stansiyasida kondensatorlarning vazifalari
|
bet | 3/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,48 Mb. | | #233813 |
Bog'liq ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARI3.Turbinalarning issiqlik elektr stansiyasidagi o’rni. Issiqlik elektr stansiyasida kondensatorlarning vazifalari. Bug’ qozonidan 6000S haroratda va 30 MPa bosimda olingan bug’ bug’quvuri orqali soploga uzatiladi. Soplo bug’ ichki energiyasi molekulasini tartibli harakati kinetik energiyasiga qayta hosil qilib berish uchun mo’ljallangan.
Agarda bug’ soploga kirishdan avval ma’lum tezlik S ga va boshlang’ich bosim R ga ega bo’lsa, soploda bug’ kengayishi natijasida uning tezligi S1 qiymatgacha ortadi va bosimi R1 qiymatgacha kamayadi, hamda bug’ harorati pasayadi.
Bug’ soplodan chiqib turbinaning ishchi kurakchalariga uzatiladi. Agarda turbina aktiv bo’lsa, u holda ishchi kurakchalarda bug’ kengayishi sodir bo’lmaydi va o’z navbatida bug’ bosimi ham o’zgarmaydi. Bug’ning mutloq harakat tezligi S1 qiymatidan S2 qiymatiga turbinani aylantirish tezligi V hisobiga o’zgaradi.
Turbina odatda konstruktiv jihatdan bir necha pog’onali bo’ladi, ularning har biri soplo kurakchalari va ishchi kurakchalardan iborat bo’ladi. Soplo va ishchi kurakchalar bir xil radiusli aylanalarga mahkamlangan bo’ladi.
Reaktiv turbinada bug’ kengayishi ishchi kurakcha kanalida sodir bo’ladi. Ishchi kurakchalar kanalida bug’ kengayish ko’rsatkichlariga qarab reaktivlik darajasi ko’rsatiladi.
Hozirgi davrda turbinalar ko’p pog’onali qilib yasaladi, bir turbinaning o’zida ham reaktiv, ham aktiv turbina jam qilinishi mumkin.
. Aktiv turbinaning ishlash sxemasi
Turbinani reaktiv pog’onasidagi bug’ ko’rsatkichlarni kengayishi quyidagi rasmda ko’rsatilgan.
Reaktiv turbinaning ishlash sxemasi
Turbina soplolarida bug’ qisman R11 bosimgacha kengayadi. Bug’ bosimini R2 gacha kengayishi kurakchalar kanali oralig’ida sodir bo’ladi. Bug’ning absolyut tezligi soploda S11 qiymatgacha ortadi, kurakchalar kanali oralig’ida ularning aylanishi hisobiga S12 qiymatgacha kamayadi.
Reaktiv turbinalarda markazdan qochma kuchlardan tashqari kurakchalarga bug’ kengayishi hisobiga reaktiv kuchlar ham ta’sir etadi.
|
| |