|
Gaz turbinali qurilmaning prinsipial sxemasi
|
bet | 5/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,48 Mb. | | #233813 |
Bog'liq ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARIGaz turbinali qurilmaning prinsipial sxemasi
Ko’mirni er ostida yoqib undan foydalanish amaliy ahamiyatga ega. Bu erda kompressor yordamida kerakli miqdorda er ostiga havo beriladi, ko’mir er ostida yonuvchi gazlar hosil qilish uchun maxsus yoqiladi va gaz turbinalarga quvurlar yordamida uzatiladi. Birinchi shunday tajriba qurilmasi Tula viloyatida qurilgan.
Gaz turbina qurilmasi quyidagicha ishlaydi. YOnish kamerasiga 1 suyuq yoki gazsimon yoqilg’i va havo beriladi. YOnish kamerasda hosil bo’lgan yuqori haroratli va yuqori bosimli gazlar 2, turbinaning ishchi kurakchalariga 3 yuboriladi. Turbina elektr generatorini 4 va kompressorni 5 aylantiradi. Kompressor o’z navbatida katta bosimli havoni 6 yonish kamerasiga beradi. YOnish kamerasiga kompressorda siqilgan havoni berishdan avval, turbinada ishlatilgan gazlar 8 yordamida regeneratorda 7 qizdiriladi. Havoni qizdirish, yoqilg’ini yonish unumdorligini oshiradi.
Bug’-gaz qurilmalari
G TQ da ishlatilgan gazlar yuqori haroratga ega bo’ladi, bu esa termodinamik siklning FIK ga salbiy ta’sir etadi. Gaz va bug’ turbina qurilmalarini birlashtirish, yoqilg’ini yonishdan hosil bo’lgan issiqlikdan umumiy foydalanish hisobiga ishchi qurilmaning samaradorligini 8-10% ga oshiradi va tannarxini 25% ga kamaytiradi.
Rasm 17. Bug’-gaz qurilmasinig prinsipial sxemasi:
1-bug’ qozoni; 2-kompressor; 3-gaz turbina; 4-generator; 5-bug’ turbina; 6kondensator; 7-nasos; 8-ekonomayzer; a) bug’; b) suv va kondensat; v) yoqilg’i; g) havo; d) yonish mahsulotlari; e) sovituvchi suv.
Xulosa
Issiqlik kondensatsion elektr stansiyalar organik yoqilg’i energiyasini avval mexanik, so’ngra elektr energiyasiga aylantirib beradi.
Zamonaviy qudratli IES da bug’ turbinalari o’rnatilgan. Birinchi bug’ turbinasi uch fazali elektr generatorni aylantirish uchun Elberfeld stansiyasida 1899 yilda o’rnatilgan. Shu davrdan boshlab elektr stansiyalarida ishlatiladigan qudratli bug’ turbinalari rivojlandi.
Z amonaviy bug’ qurilmalarda, harorati 600°S va bosim 30 MPa bo’lgan bug’dan foydalaniladi. Ishchi jismni, 30 -40°S gacha sovutish uchun sovuq suv qo’llaniladi. Bu erda bosim ham keskin kamayadi.
|
| |