• Buyumni issiqlik bilan qotirish
  • Bug‘latish qurilmalarining klassifikatsiyasi




    Download 16,09 Kb.
    bet4/4
    Sana17.11.2023
    Hajmi16,09 Kb.
    #100321
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti, (Vt m grad)-fayllar.org

    Bug‘latish qurilmalarining klassifikatsiyasi

    Ko‘p korpusli bug‘latish qurilmalarining quyidagi sxemalari mavjud:

    - oxirgi korpusdagi ikkilamchi bug‘ning bosimiga ko‘ra vakuum (siyraklanish) sharoitida va yuqori bosim ostida ishlaydigan bug‘latish qurilmalari;
    - isituvchi bug‘ va bug‘lanayotgan eritma oqimlarining o‘zaro harakatiga ko‘ra:
    1) Parallel yo‘nalishli ko‘p korpusli bug‘latish qurilmalari;
    2) qarama-qarshi yo‘nalishli ko‘p korpusli bug‘latish qurilmalari;
    3) eritma bilan uzluksiz parallel ta’minlanadigan bug‘latish qurilmalari;
    4) murakkab sxemalar;
    5) ekstra bug‘ ajratib olinadigan ko‘p korpusli bug‘ qurilmalari.


    Buyumni issiqlik bilan qotirish
    Beton va temirbeton buyumlarni issiqlik bilan qotirish uchun uzlukli ishlaydigan chuqurli bug‘lash kameralari keng qo‘llaniladi. Shuningdek ushbu loyihada agregat-potok liniyasida chuqurli bug‘ kamerasi bilan issiq ishlov berish usulini qabul qilamiz. Chuqurli bug‘ kamerasining asosiy qurilmalariga devorlari, pol, ochiladigan qapqoq va isitish sistemalari kiradi chuqurli bug‘ kameralari bir xil bo‘lmaydi, uning o‘lchamlari va soni korxonaning berilgan unumdorligi asosida buyumning turiga qarab aniqlanadi. Kameraning o‘lchamlarini aniqlashda uning chuqurligi 3,0m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak, aks holda uning balandligi bo‘yicha issiqlik miqdorining tarqalishida farq bo‘lishi mumkin. SHuni nazarda tutish kerakki, chuqurli bug‘ kamerasida buyumlar ustma-ust 4…6 qavat qilib o‘rnatiladi. Bug‘ tekis tarqalishi uchun qoliplar orasiga 5…7 sm qalinlikda yog‘och tayanch qo‘yiladi. Shunday qilib kameraning umumiy balandligi qoliplar balandligi eng ustki qolip bilan qopqoq orasidagi 10 sm va eng pastki qolip bilan pol orasidagi 10 sm hamda qoliplar orasidagi tirgaklar balandligi yig‘indisidan iborat bo‘ladi.

    Kameraning uzunligi va eni buyumning qolip bilan birgalikdagi uzunligi va eni hamda qolip chetlaridan kamera devorlarigacha bo‘lgan 35-50 sm masofalar yig‘indisi orqali aniqlanadi. Odatda kameraning o‘lchamlari buyumlarning hajmi 18-20 m3 sig‘imli bo‘lishiga mo‘ljallab hisoblanadi. Katta o‘lchamli buyumlar uchun kamera hajmidan foydalanish koeffitsienti o‘rtacha 0,3-0,4 ga teng bo‘ladi.


    Kamera o‘lchamlarini va hajmini bilgan holda uning yillik unumdorligini aniqlash mumkin. Unumdorlik asosida sex uchun kerakli kameralar soni topiladi. Hisob bo‘yicha aniqlangan kameralar sonini 1-2 taga oshirish mumkin, chunki sexning unumdorligi o‘zgarishi yoki kameralarni ta’mirlash uchun to‘xtatilishi mumkin kameraning ish sikli davomiyligi alohida jarayonlarga sarf qilingan vaqtlar yig‘indisi orqali aniqlanadi (kamera qopqog‘ini ochish, buyumlarni chiqarish, kameraga kiritish, qopqoqni yopish, issiqlik bilan qotirish).
    Kameraning o‘rtacha aylanish vaqti Tk (soat), 3 smena va 6 kunlik ish xaftasi uchun quyidagicha hisoblanadi (ikkita quyish postidan yuklanganda):
    Tk=tu+1,143·ts·m/60;
    Bu erda, tu-issiqlik bilan qotirish vaqti, soat; ts-quyish sikli davomiyligi, min; m-kameraga ustma-ust joylashtiriladigan qoliplar soni, m=5 ta.

    Tk=14+1,143·12·5/60=15,3soat


    Agregat-potok usuli uchun talab qilinadigan chuqurlik bug‘lash kameralari soni quyidagicha hisoblanadi:
    Kameraning asosiy o‘lchamlari quyidagicha aniqlanadi:

    Uzunligi 


    Bu erda, n-kamera uzunligi bo‘yicha joylashadigan qoliplar soni;  qolip uzunligi, m;  qolip bilan kamera devorlari orasidagi masofa,
    
    Eni 
    Bu erda,  kamera eni buyicha joylashadigan buyumlar soni; v-kolip eni, m;
    b=0,35÷0,4 m
     qolip bilan kamera orasidagi masofa, 

    Balandligi


    Bu erda, 
    Liniya uchun talab qilinadigan qoliplar soni:

    Bu erda, qolipning o‘rtacha aylanish vaqti, soat.

     xamma jarayonlarni bajarishga ketgan vaqt); V-sutka davomida ish soatlari; -qolipning urtacha aylanish vaqti, 38 min. Kameraning 1m3 foydali xajmidan yil davomida chiqariladigan maxsulotlar miqdori,

    Cr=Kayl·Kyu·S=1,5·0,32·247=118,58m3


    Bu erda, Kayl =23/Tk =23/15,3=1,5- kameraning sutka davomidagi aylanishlar soni yillik ish vakti; Kyu-kameraning yuklash koeffitsienti; S=247-yil davomida ish kunlari.
    http://fayllar.org
    Download 16,09 Kb.
    1   2   3   4




    Download 16,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bug‘latish qurilmalarining klassifikatsiyasi

    Download 16,09 Kb.