Issiqlik texnikasi




Download 0.68 Mb.
bet2/6
Sana16.05.2023
Hajmi0.68 Mb.
#60166
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu
2, 1 Masofaviy ta’lim tushunchasi Masofaviy o`qitish usullari Ma, S3O1 TextileFibers INGLIZ TILI, Ijtimoiy media tahdid va xavf-hatar Tayyorladi Xolboyeva Dilora-azkurs.org, Erkin mavzuda mozaika yasash, АЕЕТваГЖ 4-лабор, Tarmoq iqtisodiyoti fanidan joriy nazorat-fayllar.org, 2-Topshiriq (2), 3-task, CamScanner 2023-10-20 22.54 (2) compressed, 1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditat, 140- MT AMALIYOT-2024

Issiqlik texnikasi va uning qismi bo’lgan termodinamikaning rivojlanishida va fan sifatida shakllanishida XVIII-XIX asrlar olimlaridan. J.Joul, M.V.Lomonosov, S.Karno, R.Klauzius, V. Kelvin, D.Maksil, Ye.Boltsman, D.I.Mendeleev, Ye.X.Lents, A.G.Stoletov, K.E.TSiolkovskiy kabi olimlarning xizmatlari katta.

R.Mayer, J.Joul, Ye.X.Lents kabi olimlar energiyaning saqlanish qonunining mohiyatini nazariy jihatdan ochib berdilar. Termodinamikaning ikkinchi qonuni S.Karno, R.Klauzius, V.Tomson, V.Kelvinlar tomonidan fanga kiritildi.

Ma’lumki, energiya har bir davlatning kuch – qudratini oshirishda asosiy manbaa bo’lib xizmat qiladi. Yangi, ayniqsa o’rni qayta to’ldiriladigan energiya manbaini topa olgan mamlakatlar yangi pog’onaga ko’tariladi va rivojlanadi.

Jahon energetikasining 80 foizi o’rni to’ldirilmaydigan manbalardir va ular yildan yilga kamayib bormoqda. Planetamiz aholisi 20 asrda 6 marta va energiya iste’moli 10 barobar oshib, hozirgi kunda aholi soni 6 mlrd., energiya iste’moli odam boshiga 4 kvt bo’lib, 2100 yillarga borib aholi soni taxminan 12 mlrd va energiya iste’moli 10 kVt ga yetishi kutilmoqda.

Tabiiy boyliklarning tobora kamayib borayotgani dunyo miqyosida muqobil energiya manbalariga bo’lgan ehtiyojning ortishiga olib kelmoqda. SHu sababli ko’pchilik davlatlar ilmiy tadqiqot ishlarining bu yo’nalishini jadal rivojlantirish va kelajak uchun munosib poydevor yaratishga intilmoqda, samarali muqobil manbalarni hayotga tadbiq etish uchun katta miqdorda mablag’lar yo’naltirilmoqda. 2009 yilda alternativ energiya olish uchun 100 mlrd. dollardan ko’proq mablag’ kiritildi, hozirda bu manbalarning jaxon energiya balansidagi ulushi 5 % ni tashkil etmoqda va jadal ravishda ortib bormoqda.

Masalan, shamol stantsiyalari quvvati yiliga 30 %, quyosh energiyasidan foydalanish 50 %, biogaz ishlab chiqarish 20 % ga ortmoqda. Yevropa Ittifoqi davlatlari alьternativ energetikani 2020 yilgacha 20 % ga va 2040 yilgacha 40 % ga yetkazishni rejalashtirmoqda.


Download 0.68 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0.68 Mb.