Issiqlik yuritgichlari va bosim bilan haydash mashinalari laboratoriya ishlari




Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/19
Sana08.02.2024
Hajmi1,09 Mb.
#153548
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
issiqlik yu lab

 
3. Bugʻ turbinalarining tuzilishi 
Bugʻ oqimining yoʻnalishiga qarab, aksial (bugʻ oqimi, turbina 
oʻqi boʻylab harakatlanadi) va radial (bugʻ oqimi yoʻnalishi, turbina 
oʻqiga perpendikular, ishchi kurakchalar esa, aylanish oʻqiga 
nisbatan parallel) bugʻ turbinalari mavjud. MDH davlatlarida faqat 
aksial bugʻ turbinalari quriladi. Silindrlar soniga qarab, bugʻ 
turbinalari 1, 2 va 3, kam holatlarda 4 korpusli turlariga ajratiladi. 
Koʻp korpusli konstruksiya (1-rasm), bosim bosqichlarining koʻp 
qismini joylashtirib, entalpiyaning katta farqlarini ishlatishga, yuqori 
bosim qismi va past bosimli oqimning ikkiga ajralgan qismida, 
yuqori sifatli metallardan foydalanishga sharoit yaratadi; biroq, 
bundan bugʻ turbinalari qimmat, ogʻir va murakkabdir. Vallar 
soniga qarab, bir valli (ularda hamma korpuslarning vallari bitta 
oʻqda joylashgan boʻladi), va ikki, kam holatlarda uch valli (ular ikki 
yoki uchta parallel joylashgan bir valli bir biri bilan umumiy issiqlik 
jarayoni bilan bogʻlangan bugʻ turbinalardan iborat. Bugʻ 


31 
turbinalarining qoʻzgʻalmas qismi-korpusni- gorizontal tekislikka, 
rotorni montaj qilish uchun qulay qilib yasaladi. Korpusda diafragma 
oʻrnatish uchun maxsus oʻyiqlar mavjud. Bu oʻyiqlar korpus 
tekisligiga mos tushadi. Diafragmalarning periferiyasi boʻylab, egri 
chiziqli kurakchalarni hosil qilgan, soplo kanallari oʻrnatilgan, ular 
diafragmaga quyilgan yoki payvandlangan boʻladi. Valning korpus 
devorlari orasidan oʻtish joylari, bugʻning tashqariga chiqib 
ketmasligi (yuqori bosim tomonidan) va korpusga havoni soʻrib olish 
uchun (past bosim tomonidan) labirint koʻrinishida yopilgan. 
Labirintli yopishlar, rotorning diafragmadan oʻtadigan joylarda
bugʻning bir bosqichdan boshqa bosqichga oʻtib ketmasligi uchun 
oʻrnatiladi. Valning bosh uchida chegaraviy nazorat (xavfsizlik 
nazorati) uskunasi oʻrnatilgan. Bu uskuna val aylanish chastotasi 
normadan 10-12% koʻtarilganda, turbinani avtomatik tarzda 
toʻxtatadi. Rotorning ohirgi uchini, bugʻ turbinasi toʻxtatilganidan 
soʻng, rotorni sekin aylantirish (4-6 ayl/min) uchun elektr yuritmaga 
ulaydilar. Bu narsa qurilmaning bir tekisda sovishini ta’minlaydi.

Download 1,09 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Issiqlik yuritgichlari va bosim bilan haydash mashinalari laboratoriya ishlari

Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish