• Instrumental tadqiqotlar.
  • Batafsil (instrumental) (diagnostika)




    Download 1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/9
    Sana17.05.2023
    Hajmi1 Mb.
    #60754
    TuriИсследование
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Zokirov Javlonbek Jumanazar o‘g‘li (2)
    asadbek, New DOCX Document, «Buxgalteriya hisobi» fanidan test savollari Buxgalteriya hisobi, 11-sinf-informatika-dars-ishlanma, Kompyuter grafikasi fanidan test savollari, 300 сум, 1111, 333, Doc2, Mavzu Ko’chish hodisalari. Diffuziya va issiqlik o’tkazuvchanli, Doc10
    Batafsil (instrumental) (diagnostika). Batafsil instrumental tekshiruv qo'yilgan 
    vazifalarga, loyiha va texnik hujjatlarning mavjudligi va to'liqligiga, nuqsonlar va 
    shikastlanishlarning xarakteri va darajasiga qarab doimiy (to'liq) yoki tanlab olingan bo'lishi 
    mumkin. 
    Laboratoriya sharoitida tadqiqot o'tkazish uchun ekspluatatsiya qilinayotgan 
    inshootlar konstruksiyalaridan materiallar namunalari tanlanganda vizual va instrumental 
    tekshiruv sindiruvchi bo'lishi mumkin. Bunday tadqiqot qiyin, mashaqqatli bo`lish bilan 
    birga har doim ham ekspluatatsiyada qo'llanilmaydi. Chunki bu konstruksiyaning 
    zaiflashishiga olib kelishi mumkin va shuning uchun faqat istisno hollarda joiz [1-3]. 
    Shu sababli, konstruksiyalar holatini nazorat qilishning shikastlamaydigan usullari 
    tobora keng tarqalmoqda. Ko’rsatkichlarni shikastlamaydigan usullar bilan o'lchash aniqligi 
    (10-15%) amaliy maqsadlar uchun juda yetarli. Bunday usullar qanchalik tez bo'lsa, ularning 
    samaradorligi va tejamkorligi shunchalik yuqori bo'ladi. 
    Instrumental tadqiqotlar. Instrumental tadqiqotlarning maqsadi konstruksiya 
    materiallarining holatini baholash, hamda konstruksiyalarning ko’rigida aniqlangan 
    nosozliklar hajmini ko’rsatish va aniqlik kiritish hisoblanadi *1-3]. 
    Instrumental tadqiqotlar ko'prik inshootlarining iste'moliy xossalarini tekshirish va 
    baholashda tobora muhim rol o'ynamoqda. Ularning ro'yxati kengayib bormoqda, ularning 
    ko'pchiligi yaqinda ixtiyoriy deb hisoblangan, bugungi kunda mutlaqo zarur hisoblanadi. Bu, 
    bir tomondan, eskirgan ko'prik xo’jaliklarini samarali saqlash uchun ularning holatini 
    chuqurroq bilish talablari bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan, texnik imkoniyatlarning 
    keskin ortishi, shu jumladan, zamonaviy electron o’lchov apparaturalarning paydo bo'lishi 
    va eng avvalo, tadqiqot natijalarini tizimli tahlil qilishdan keng foydalanish imkonini 
    beruvchi kompyuterlarni qo’llash sabab bo’ladi. 
    Ko'prik inshootlarining batafsil (instrumental) tekshiruvi (diagnostikasi) da to'liq yoki 
    qisman bajariladigan aniq o'lchovlar ro'yxati keltiriladi: 

    inshootlar, konstruksiyalar, ularning elementlari va tugunlarining zarur geometrik 
    ko’rsatkichlarini, shu jumladan, geodeziya priborlardan foydalangan holda o‘lchash 
    bo‘yicha ishlar; 

    nuqson va shikastlanishlar ko’rsatkichlarini instrumental aniqlash

    asosiy yuk ko’taruvchi konstruksiyalar va ular elementlari materiallarining haqiqiy 
    mustahkamlik tavsiflarini aniqlash; 

    bino va inshootdagi texnologik jarayonga xos bo‘lgan ekspluatatsion muhit 
    ko’rsatkichlarini o‘lchash; 

    gruntli zamin deformatsiyalarining ta'sirini hisobga olgan holda, tekshirilayotgan 
    konstruksiyalar tomonidan qabul qilinadigan real ekspluatatsion yuklarni va ta'sirlarni 
    aniqlash; 


    Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» декабрь, 2022 г 
    776 

    bino va uning alohida konstruksiyalarining haqiqiy hisobiy sxemasini aniqlash; 

    ekspluatatsion yuklarni qabul qiluvchi yuk ko'taruvchi konstruksiyalardagi hisobiy 
    kuchlarni aniqlash; 

    tekshiruv natijalari bo'yicha konstruksiyalarning yuk ko'tarish qobiliyatini hisoblash;

    tekshirish va hisob-kitoblar natijalarini kameral qayta ishlash va tahlil qilish; 

    inshootlardagi nuqsonlar va buzilishlar sabablarini tahlil qilish; 

    tekshiruv natijalari bo‘yicha xulosalari bilan yakuniy hujjat (akt, xulosa va texnik 
    hisobotni) tuzish; 

    tavsiya etilgan, agar kerak bo'lsa, ish ketma-ketligi bilan konstruksiyalarning 
    mustahkamligi va deformatsiyasining talab qilinadigan qiymatlarini ta'minlash bo'yicha 
    tavsiyalar ishlab chiqish. 
    Sanab o'tilgan ishlarning ayrimlari tekshiruv obyektining o'ziga xos xossalari, uning 
    holati va texnik topshiriqda belgilangan vazifalariga qarab, tadqiqot dasturiga kiritilmasligi 
    mumkin. 
    Inshootlarning texnik holatini diagnostika qilishda ularning ishlashini belgilovchi 
    konstruktiv (normativ) ko’rsatkichlarga amal qilish, shuningdek, pribor konstruksiyasini 
    bilish, ular bilan ishlay olish va ularga biriktirilgan ko’rsatkichlarni nazorat qilish usullarini 
    bilish kerak. KSK ning haqiqiy qiymatlarini loyihada ko'rsatilgan ko'rsatkichlar bilan 
    taqqoslab, ular u yoki bu konstruktiv elementning holati to'g'risida xulosa chiqariladi va 
    uning loyihaviy xossalarini tiklash bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqiladi. Inshootlar va 
    ularning elementlarining ekspluatatsiyasida diagnostikaning keng qo'llanilishi kuch va 
    mablag’ning kamroq xarajatida ularning texnik holatini oshiradi *1-3]. 

    Download 1 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1 Mb.
    Pdf ko'rish