Исследование в XXI веке декабрь, 2022 г 770 ko'prik va tonnel inshootlari texnik holatini diagnostika qilishning




Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana17.05.2023
Hajmi1 Mb.
#60754
TuriИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Zokirov Javlonbek Jumanazar o‘g‘li (2)
asadbek, New DOCX Document, «Buxgalteriya hisobi» fanidan test savollari Buxgalteriya hisobi, 11-sinf-informatika-dars-ishlanma, Kompyuter grafikasi fanidan test savollari, 300 сум, 1111, 333, Doc2, Mavzu Ko’chish hodisalari. Diffuziya va issiqlik o’tkazuvchanli, Doc10
ASOSIY QISM 
Qo'yilgan vazifalarni hal qilish konstruksiya va inshootlarni tekshirish bilan bog'liq 
bo'lib, ularning natijalari tegishli tavsiyalar tayyorlash imkonini beradi. Ularning asosida 
muhandis-konstruktorlar zarur loyihaviy yechimlarni ishlab chiqadilar. 
Kerakli pribor va instrumental bazasi bilan jihozlangan va ularning tarkibida malakali 
mutaxassislarga ega bo'lgan tashkilotlarga transport inshootlarining yuk ko'taruvchi 
konstruksiyalarini tekshiruvdan o'tkazish bo'yicha ishlarni bajarishga ruxsat beriladi. 
Tashkilotning transport inshootlarining yuk ko'taruvchi konstruksiyalarining texnik holatini 
tekshirish va baholash huquqiga ega bo'lgan malakasi tegishli davlat litsenziyasi bilan 
tasdiqlanishi kerak. 
Tekshiruv ishlariga bo'lgan ehtiyoj, ularning hajmi, tarkibi va xarakteri belgilangan 


Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» декабрь, 2022 г 
771 
aniq vazifalarga bog'liq. 
Tekshirishning vazifasi konstruksiyalarning haqiqiy sifat holatini aniqlash hisoblanadi 
[4]. 
Quyidagilar tekshiruv sabablari bo'lishi mumkin: 

konstruksiyalarning mustahkamligi, deformativ xossalarini pasaytiradigan va 
umuman binoning ekspluatatsion holatini yomonlashtirishi mumkin bo'lgan nuqson va 
shikastlanish lari (masalan, kuch, korroziya, harorat yoki boshqa ta'sirlar, shu jumladan 
poydevorlarning notekis cho'kish) mavjudligi tufayli; 

qayta rejalashtirish, modernizatsiya qilish va bino qavatlar sonining oshishida 
konstruksiyalarga ekspluatatsion yuk va ta'sirlarning oshishi; 

binolarni rekonstruksiya qilish, hatto yuklarning ortishi bilan birga bo'lmagan 
hollarda ham; 

konstruksiyalarning yuk ko‘tarish qobiliyati va ekspluatatsion sifatini kamaytiradigan 
loyihadan chetlanishlarni aniqlash; 

loyihaviy, texnik va ijro hujjatlarining yo‘qligi; 

binolar va inshootlarning funksional vazifalarining o'zgartirish; 

bino va inshootlarni konservatsiya qilinmagan taqdirda yoki konservatsiya amalga 
oshirilganida qurilish tugatilganidan keyin uch yil muddatda to‘xtatilgan qurilishni qayta 
tiklash; 

gruntli poydevorning deformatsiyalari; 

yangi qurilgan inshootlar yaqinida joylashgan bino konstruksiyalari holatini nazorat 
qilish va baholash zarurati; 

yong'in, tabiiy ofatlar yoki texnogen avariyalarga uchragan qurilish konstruksiyari 
holatini baholash zarurati; 

ishlab chiqarish va jamoat binolarining, hamda ularda yashash uchun turar-joy 
binolarining normal ekspluatatsiyaga yaroqliligini aniqlash zarurati. 
Inshootlarni tekshirishda quyidagi asosiy yuk ko'taruvchi konstruksiyalar e'tiborga 
olinadi:

poydevor, panjara va poydevor to'sinlari; 

tayanch, kolonnalar, ustunlar; 

oraliq qurilmalar (shu jumladan: to'sin, arka, ferma, plita, obdelkalar); 

tayanch qismlari

bog'lovchi konstruksiyalar, bikrlik elementlari; 

tayanish maydonlarining tutashish joylari, tugunlari, ulanishlari va o'lchamlari. 
Tekshiruv o'tkazishda konstruksiyalar va ular alohida elementlarining texnik holati va 
mavjud mustahkamlik zaxirasini aniqlashga, hamda ularni saqlash va undan keyingi 
foydalanish imkoniyatlarini belgilashga alohida e'tibor beriladi. Bundan tashqari, 
konstruksiyalar tayyorlahgan materiallarning o'ziga xos xossalarini hisobga olish kerak. 
Yuk ko'taruvchi konstruksiyalarning texnik holati toifalarini baholash ekspertiza va 


Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» декабрь, 2022 г 
772 
tekshirish hisob-kitoblari natijalari asosida amalga oshiriladi. Ushbu baholashga ko'ra, 
konstruksiyalarning quyidagilarga bo'linadi: 

sozlangan yaxshi holatda; 

ishga yaroqli holatda

cheklangan ishga yaroqli holatda; 

yo'l quyib bo'lmaydigan holatda;

avariyali holatda. 
Konstruksiyalarning cheklangan ish holatida ularning holatini nazorat qilish, himoya 
choralarini ko'rish, ekspluatatsiya jarayonining ko'rsatkichlarini nazorat qilish (masalan, 
yuklarni cheklash, konstruksiyalarni korroziyadan himoya qilish, konstruksiyalarni tiklash 
yoki kuchaytirish) kerak. Agar ishga yaroqliligi cheklangan konstruksiya kuchaytirilmagan 
bo'lsa, unda majburiy takroriy tekshirishlarlar talab qilinib, ularning muddatlari o'tkazilgan 
tekshiruvlar asosida belgilanadi. 
Konstruksiyalarning yo'l quyib bo'lmaydigan holatida ularni tiklash va kuchaytirish 
choralari ko'rilishi, avariya holatidagilarining ekspluatatsiyasi esa taqiqlanishi kerak. 
Agar tekshiruv avariyadan keyin o'tkazilsa, uning sabablari, maqsadga muvofiqligi va 
transport inshootini yoki uning alohida qismlarini tiklash imkoniyati tahlil qilinadi. 
Seysmik xavfli hududlarda joylashgan transport inshootlarining tekshirishda 
konstruksiyalarning texnik holatini baholash seysmik ta'sir omillarini hisobga olgan holda 
amalga oshirilishi kerak [4]: 

OSR-97 xaritalari bo'yicha qurilish maydonchasining hisobiy seysmikligi; 

seysmik ta'sirning takrorlanishi; 

seysmik ta'sirning spektral tarkibi;

seysmik xossalari bo'yicha gruntlarning toifalari. 
Tekshiruv to'liq yoki tanlangan bo'lishi mumkin – noqulay sharoitlarda bo'lgan yoki 
allaqachon shikastlangan konstruksiyalarning ishonchliligi va odamlarning xavfsizligiga 
shubha tug'diradigan eng muhim konstruksiyalar. 
Konstruksiyalarning tekshiruvi buyurtmachi korxona tomonidan tuzilgan texnik 
topshiriq asosida amalga oshiriladi. Odatda, u quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi: 

ishlarning bajarilishini asoslash;

ishning maqsad va vazifalari; 

masalaning holati; 

ishning tarkibi; 

hisobot materiallarining qisqacha mazmuni

mijozning majburiyatlari. 
Transport inshootlarining qurilish konstruksiyalarini tekshirish, qoidaga ko'ra, bir-
biriga bog'langan uchta bosqichda amalga oshiriladi:

tekshiruvga tayyorgarlik ko'rish; 

dastlabki vizual (umumiy) tekshirish; 


Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
«Новости образования: исследование в XXI веке» декабрь, 2022 г 
773 

batafsil instrumental tekshirish (diagnostika). 
Ish hajmi va konstruksiyalarni tekshirish bo'yicha harakatlar ketma-ketligi, ular qaysi 
materialdan tayyorlanganidan qat'i nazar, har bir bosqichda quyidagilarni o'z ichiga oladi: 

Download 1 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Исследование в XXI веке декабрь, 2022 г 770 ko'prik va tonnel inshootlari texnik holatini diagnostika qilishning

Download 1 Mb.
Pdf ko'rish