|
Исследование в XXI веке февраль, 2023 г 481 kompyuter grafikasidan foydalanib amaliy mashg’ulotlarni tashkilBog'liq Toshtemirov Aziz Yusupovich (4) часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
февраль
, 2023
г
482
kasbiy tayyorgarligini orttirish, pedagogik tafakkurini kengaytirish kabi zarur nazariy va
amaliy bilim, malaka va ko’nikmalarini talabalarda shakllantirish lozim bo’ladi.
Kompyuter grafikasi – bu AKTning alohida bo‘limi bo‘lib, algoritmik fikrlashdan ochiq
sharoitlarda, badiiy-ijodiy xarakterdagi muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb
etadi. Bunda ta’limning maqsadi – ta’limni axborotlashtirishning zamonaviy darajasi
bo‘lgan kompyuterdan ta’lim vositasi sifatida foydalanish, turli fanlar bo‘yicha elektron
ta’lim resurslarini keng ishlab chiqish, kompyuterni sinovdan o‘tkazish va nazorat qilishga
qaratilganligini e’tirof etish joiz. Bu esa ta’limning mazmuni, shakl va usullarining
kengayishiga olib keladi. SHu bilan birga, izchil va didaktik jihatdan mos ta’lim muhitini
shakllantirish uchun an’anaviy o‘qitishning eng maqbul usullari va yangi ta’lim
texnologiyalari o‘rtasida ma’lum muvozanatni saqlash zarurligini ta’kidlash kerak.
Hozirgi davrda kompyuter grafikasi qo`llanilmaydigan sohaning o`zi yo`q. Jamiyatning
barcha jabhalarida kompyuter grafikasidan foydalaniladi. Ayniqsa, keyingi paytlarda
matbaa sohasida rang-barang suratli adabiyotlar, o`quv qo`llanmalar, badiiy asarlarning
paydo bo`lishida yuksak bezash texnikasidan foydalanish rivojlandi. Dars jarayonida ham
o`quvchi yoshlarni oddiy rang tasvir bilan e`tiborini jalb qilish dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi. Sababi hozirgi kunda o`quvchi qo`lidagi telefon, kompyuter, planshet kabi
texnikalarning dasturiy ta’minoti, dizayni, ilovalari yuksak darajada ishlab chiqilgan. Shu
sababli o`quvchilar kompyuter grafikasi tushunchasini yaxshi o`zlashtirishi, kelajakda sifatli
tasvirlar yaratilishiga olib keladi.
Ta’lim tizimida amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda kompyuter grafikasining
quyidagi turlaridan foydalaniladi:
Ilmiy grafika. Ilmiy izlanishlar va ularning natijalarini tasvirlash uchun ishlatiladi.
Tijorat grafikasi. Iqtisodiy ko`rsatkichlar va jarayonlarni yaqqol ko`rsata bilish uchun
xizmat qiladi.
Konstruktorlik grafikasi. Iqtisodiyot, texnika, qurilish va boshqa sohalarda loyihalash
ishlarini osonlashtirish, yaxshilash, jadallashtirish va avtomatlashti-rishni ta`minlaydi.
Illyustrativ grafika. Xizmat ko`rsatishning turli sohalarida bezatish ishlarida
foydalaniladi.
Badiiy grafika. San`at asarlarini yaratishda keng qo`llaniladi. Ilmiy sohada izlanish
natijalarini, ko`rsatkichlarini oson va qulay ko`rinishda tasvirlashda grafika foydalaniladi.
Ayniqsa, informatika, axborot texnologiyalari, matematika, geometriya, kimyo, biologiya
kabi fanlarni o`qitishda turli shakllarni ikki, uch o`lchovli ko`rinishda tasvirlashda, tasvirni
o`quvchi ko`z oldida gavdalantirishda, tasavvur hosil qilishda kompyuter grafikasining o`rni
beqiyosdir.
Ta’lim tizimida amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishda kompyuter grafikasining
qo’llanilishi natijasida:
talabalarning fazoviy tasavvurlarini kengaytiradi;
talabalarni ijodiy faollikka undaydi;
talabalarni o’z sohalari bo’yicha biron-bir yangilik yaratishga undaydi;
Международный
научный
журнал
№
7
(100),
|
| |