• Qoryogdiyev Zufar Ohunjonovich Annotatsiya;
  • Kalit so‘zlar
  • Исследование в XXI веке Июня, 2023 1025 iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ta’lim tizimi va maktablarda




    Download 0.67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana08.03.2024
    Hajmi0.67 Mb.
    #168918
    TuriИсследование
      1   2   3
    Bog'liq
    Islamov Bexruz Amondjonovich (3)
    sinf majlis, Barhayot qadriyatlar, Mamatkulova Sevara, Mo\'minova Sayyora, Xudayberdiyeva Dilafruz Abidovna, Referat mavzu iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ta`lim tizimi (3), Referat mavzu iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ta`lim tizimi (4)


    Международный научный журнал № 11(100), часть 2 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» Июня , 2023 
    1025 
    IQTISODIY RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA TA’LIM TIZIMI VA MAKTABLARDA 
    TA’LIM-TARBIYA AMALIYOTI 
    Islamov Bexruz Amondjonovich 
    Osiyo xalqaro Universiteti pedagogika-psixologiya 
     mutaxasisligi magistranti 
    Ilmiy rahbar: Phd Qoryog'diyev Zufar Ohunjonovich 
    Annotatsiya; ushbu maqolada rivojlangan davlatlarda ta’lim jarayoni tadqiq etilgan. 
    Ushbu maqolada Aqsh, Germaniya hamda Yaponiyadagi ta'lim tizimi kundan kunga 
    o'zgarib borayotgan ta'lim jarayoni haqida ma'lumot beradi. 
    Kalit so‘zlar: ta’lim, innovatsiya, tarbiya, pedagogika, modernizatsiya
    KIRISH 
    Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini tarbiyalash 
    muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo‘lib turibdi. Chunki, jamiyatda yuz berayotgan 
    inqilobiy o‘zgarishlarni insonning o‘zini o‘zgartirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Ammo, 
    yangi kishini tarbiyalash o‘z-o‘zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi 
    jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb 
    etadi.Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan 
    mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha 
    o‘qitish usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarga 
    asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, 
    hozirgi davr rivojlangan mamlakatlarida insonni tabiatning oliy mahsuli sifatida, olamning 
    bir parchasi deb qarashda biryoqlamalikka berilib ketish kuzga tashlanadi.Jahonning yuksak 
    darajada taraqqiy etgan davlatlarida ta`lim-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishi, maktablarda 
    amalga oshirilganini o’rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta`lim tizimlarini 
    yangitdan tashkil qilishda, ta`lim-tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o’z 
    dolzarbligini yuqotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq halos bo’lish, uni 
    munosib tarzda yangilashda qo’shimcha boy manbalarga xam ega bo’lamiz. Zotan, xozirgi 
    zamon ta`limida davlat va jamiyat talabi hamda manfaatlari aks etib turishi kerak. Ilmiy-
    texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqqiyatli faoliyat 
    ko’rsata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga 
    yo’naltirish hamda o’rta ta`limning ko’p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta`lim-
    tarbiya berishda eng ilg’or pedagogik vositalarni qo’llash, ta`limda tashabbuskorlik va 
    ijodkorlikka keng yo’l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi jahon tajribalarini 
    o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko’lamdagi isloxotlarni uz boshidan 
    kechirayotgan bizning ta`limimiz uchun bu katta ahamiyatga ega. Keyingi yillarda jahon 
    ta`limi bo’yicha ko’pgina maqolalar, broshyuralar, qo’llanmalar chop etildi, unga bag’ishlab 
    seminarlar, anjumanlar, o’qishlar, uchrashuvlar o’tkazildi. Bu bizning ta`lim tizimimizda, 


    Международный научный журнал № 11(100), часть 2 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» Июня , 2023 
    1026 
    chet ellarda o’quv-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishiga e`tibor va qiziqishning tez sur`atlar 
    bilan o’sib borayotganligidan dalolatdir. Xalq ta`limi tizimlarida jahon ta`lim tizimini 
    o’rganish bilan shug’illanuvchi muassasalar xam tashkil topmoqda. Jahon ta`limi 
    tizimlaridan bizning mutaxassislarni voqif qilishda BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi, 
    elchixonalar, AQSHning Tinchlik Korpusi mutaxassislari, Germaniya xalqaro rivojlanish 
    fondi, AKSELS markazi, Adenauer jamg’armasi, Fransiya madaniyat markazi, Britaniya 
    Kengashi, Gyote instituti, YuNESKO va YuNISEFning vakolatxonalari va boshqa ko’plab 
    tashkilotlar yaqindan yordam bermoqdalar. Darhaqiqat, rivojlangan xorijiy davlatlarda 
    ta`limning, mamlakat ichki siyosatiga faol ta`sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e`tirof 
    qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarida maktab ehtiyojini iqtisodiy 
    ta`minlashga ajratilayotgan mablag` miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. Rivojlangan 
    mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko’p sonli ilmiy muassasalar 
    ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. Fransiya, AQSh, Yaponiya ta`lim-
    tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, 
    pedagogik tadqiqot markazlari shug’ullanmoqdalar. Ular faoliyatini esa xalqaro ta`lim 
    markazlari, masalan, AQSHda xalqaro ta`lim instituti muvofiqlashtirib bormoqda. 
    Ko’pchiligining faoliyati o’quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan. 

    Download 0.67 Mb.
      1   2   3




    Download 0.67 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Исследование в XXI веке Июня, 2023 1025 iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ta’lim tizimi va maktablarda

    Download 0.67 Mb.
    Pdf ko'rish