Lim xizmatlarini takomillashtirishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi




Download 477.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana07.03.2024
Hajmi477.39 Kb.
#168771
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xudayberdiyeva Dilafruz Abidovna
sinf majlis, Barhayot qadriyatlar, Mamatkulova Sevara, Mo\'minova Sayyora, Referat mavzu iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ta`lim tizimi (3), Referat mavzu iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ta`lim tizimi (4), Islamov Bexruz Amondjonovich (3)


TA’LIM XIZMATLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA 
RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASI 
Xudayberdiyeva Dilafruz Abidovna
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti katta o’qituvchisi 
Xamroyev Jamshid Abduqodir o’g’li, talaba 
 
Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarida ta’lim-tarbiya 
ishlarining yo‘lga qo‘yilishi, maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlarni 
o‘rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangitdan 
tashkil qilishda, ta’lim tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o‘z 
dolzarbligini yuqotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos 
bo‘lish, uni munosib tarzda yangilashda qo‘shimcha boy manbalarga ham ega 
bo‘lamiz. Zotan, hozirgi zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi va 
manfaatlari aks etib turishi kerak. Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik 
revolyusiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat 
a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yo’naltirish hamda 
o‘rta ta’limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim-tarbiya 
berishda eng ilg‘or pedagogik vositalarni qo‘llash, ta’limda tashabbuskorlik va 
ijodkorlikka keng yo‘l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi chet 
el tajribalarini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng 
ko‘lamdagi islohotlarni o‘z boshidan kechirayotgan bizning ta’limimiz uchun 
bu katta ahamiyatga ega. 
Keyingi yillarda chet el ta’limi bo‘yicha ko‘pgina maqolalar, 
broshyuralar, qo‘llanmalar chop etildi, unga bag‘ishlab seminarlar, anjumanlar, 
o‘quvlar, uchrashuvlar o‘tkazildi. 
Bu bizning ta’lim tizimimizda, chet elda o‘quv tarbiya ishlarining 
qo‘yilishiga etibor va qiziqishning tez sur’atlar bilan o‘sib borayotganligidan 
dalolatdir. Xalq ta’limi vazirligidan tashqari bu masala bilan Respublika
o‘quv-metodika markazida, pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti 
tarkibida maxsus bo‘limlar faoliyat ko‘rsatmoqda, malaka oshirish markaziy 
instiutida bir qator kafedralar bu ish bilan shug‘ullanmoqdalar. 
Darhaqiqat, rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning, mamlakat ichki 
siyosatiga faol tasir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof qilingan 
xaqiqatdir. Shu tufayli xam xorijiy mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy 
ta’minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. 


Yaponlarda, masalan, “maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli”gina 
bo‘lib qolmay, “u insonlarni yaxshilaydi”, degan fikr ishonch va e’tiqodga 
aylangan. 
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan 
ko‘p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 
mingdan ortiq. Fransiya, AQSh, Yaponiya ta’lim-tarbiya nazariyasi 
muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar
pedagogik tadqiqot markazlari shug‘ullanmoqdalar. Ular faoliyatini esa 
xalqaro ta’lim markazlari, masalan, AQShda xalqaro ta’lim instituti 
muvofiqlashtirib bormoqda. Ko‘pchiligining faoliyati o‘quv dasturini 
takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan. 1980 - yillardan boshlab Buyuk 
Britaniyada xam AQShdagi singari o‘rganilishi majburiy bo‘lgan fanlar doirasi 
kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o‘quv 
dasturining asosini tashkil etadigan bo‘ldi. Qolgan fanlarni tanlab olish 
o‘quvchilar va ota - onalar ixtiyoridadir. 
“Yangi dunyo”ning pedagogik g‘oyalari Fransiya va Germaniya ta’limiga 
xam sezilarli ta’sir etayotir. 
Germaniya to‘liqsiz o‘rta maktablarida asosiy fanlar bilan bir qatorda 
tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o‘quv dasturlari xam 
amalga oshirilmoqda. Bu o‘quv dasturi tobora to‘liqsiz o‘rta maktab doirasidan 
chiqib, o‘rta maktablar va gimnaziyalarni xam qamrab olmoqda. Yaponiya 
maktablari Ikkinchi jaxon urushidan keyinoq Amerika ta’limi yo‘lidan bordi. 
Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o‘quv dasturida bir qator farklar 
ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada o‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, 
asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va fakultativ kurslar 
kiritilgan. Masalan, umumiy ta’lim maktablarining yangi musiqa ta’limi o‘quv 
dasturiga milliy va jaxon mumtoz musiqasini o‘rganish xam kiritilgan. 
Shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda 1960-1980-
yillarda tabiiy ilmiy ta’lim dasturi tarkibiga fizika, ximiya, biologiya, bazi 
hollarda astranomiya, geologiya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya 
elementlari kiritilib, u AQSh va Fransiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, 
Germaniyada 2 yil o‘qitiladi. O’quv fanlarini integratsiyalash jarayonida yangi-
yangi kurslar paydo bo‘la boshladi. Fransiyada 1970-1980-yillarda to‘liqsiz 
o‘rta maktablar o‘quv dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga 
eksperimental, iqtisodiy gumanitar kurslar kiritiladi. Hozirgi paytlarda 
rivojlangan mamlakatlar o‘quv dasturiga integratsiyalashtirilgan kurslarni 
kiritish to‘la amalga oshirildi. Fransiya maktablarida ularga 6%-10% gacha, 
Buyuk Britaniya maktablarida 15% o‘quv soatlari ajratildi. 


Maktablarda 
amalga 
oshirilayotgan 
isloxotlar 
ta’lim 
ishini 
tabaqalashtirish muammolarini keltirib chiqardi. Iqtisodiy rivojlangan xorijiy 
mamlakatlarda ta’limni tabaqalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan. 
O’quvchilarni tabaqalashtirib o‘qitish xorijiy mamlakatlarda asosan 
boshlang‘ich ta’lim kursidan keyin amalga oshiriladi. Masalan, fransuz 
pedagoglari ta’lim jarayonida sinf o‘quvchilarini uch tabaqaga ajratib o‘qitishni 
afzal ko‘radilar. 
Tabaqalashtirish jarayonining yangi muhim yo‘nalishi qo’shimcha 
ta’limni rivojlantirish bo‘lib qolmoqda. Qo’shimcha maktablar paydo 
bo‘lishining sababi, AQSh va G’arbiy Yevropada o’zlashtirishi past hamda 
ulgurmaydigan 
o‘quvchilarning ko‘payib borayotganligi, funksional 
savodsizlik avj olayotganligidir. Ushbu jarayon maktabgacha tarbiya 
muassasalarida, maktab va litseylarda amalga oshirilmoqda. 

Download 477.39 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 477.39 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Lim xizmatlarini takomillashtirishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi

Download 477.39 Kb.
Pdf ko'rish