|
Исследование в XXI веке май, 2023 690 televediniya -ko'ngilochar sanoat sifatidaBog'liq Achilova Shabnam Ilhombek qizi часть
2
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
май
, 2023
691
bilan bog'liq sohasi bo'lib, axborotlarni tarqatish vositalaridan biridir. Televediniya
murakkab texnikaviy jarayon bo'lib , uning manbalarini uzoq o'tmishdan izlaymiz. Ishonch
bilan ayta olamizki televidiniya taraqqiyoti uchun son-sanoqsiz insonlar o'z hissalarini
qo'shishgan.19-asr o'rtalari va butun boshli 20-asr mobaynida ko'plab olim va muhandislar
bu vosita ustida bosh qotirdilar va insoniyat hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan
televediniyani ixtiro qilishdi.Tasvirni bir manzildan boshqa manzilga uzatish ishlari 19-asr
o'rtalaridan boshlangan bo'lsada , lekin televidiniya ustidagi muhim kashfiyotlardan biri
o'tgan asrning 20-yillari oxiriga kelib bizning o'lkamizda yuz berdi.
1928-yilga kelib Toshkentdagi Eski shaharda yashovchi rus olimlari Boris Grabovskiy
va Ivan Belyanskiylar tarafidan Toshkent tramvay trestida tivush va tasvirni uzoq masofaga
uzatishga asoslangan qurilmani ixtiro qilishga muaffaq bo'lishdi.Va yana shuni aytib
o'tishim joizki,televidiniya bilan uzviy bog'liq bo'lgan yana biri vosita bu "televizor",bu
qurilma telestudiyalardan uzatilgan teleeshittirlarning signallarini qabul qilishni
kuchaytirish hamda tasvir va tovushga aylantirishga mo'jallangan qurilmadir. Birinchi
televizorlar 1938-yildan boshlab ishlab chiqarila boshlagan , dastlab ular oq-qora tasvirda
lampali bo'lgan , keyinchalik esa rangli statsionar va ko'chma xillari yaratilgan.
Hozirgi kunga kelib ,O'zbekistonda televizion dasturlar efirga uzatila boshlaganiga
ham 60 yildan oshdi.Televediniya shu davr mobaynida labarator tekshiruvdan tortib
telekommunikatsion indusyriyagacha bo'lgan uzoq va mashaqqatli yo'lni bosib
o'tdi.O'zbekistonda birinchi telestudiya 1956-yilda "Toshkent telestudiyasi " tashkil etildi.
Bu telestudiya o'z ko'rsatuvlarini 180m balandlikdagi Toshkent televizion minorasidan
uzata boshladi.1957-yildan boshlab esa o'z teledasturlarini muntazam ravishda 2-2,5 soat
mobaynida efirga uzata boshladi.O'zbek televidiniyasida telekanallar quyidagi uch guruhga
bo'linadi.Bular:
1.Milliy teleradio kanallar(MTRK) televizion kanallar
2.Hududiy televizion kanallar
3.Nodavlat televizion kanallarga bo'linadi. Dastlab telekanallar davlat tassarufida
tashkil etilgan , bular "O'zbekiston" , "Yoshlar" , "Sport", "Bolajon", "Dunyo
bo'ylab","Navo", "Madaniyat va ma'rifat", "O'zbekiston 24", "O'zbekiston tarixi
","Kinoteatr" kabi telekanallar shular jumlasidandir. Televidiniya sanoati rivojlangach
ko'plab nodavlat, xususiy telekanallar vajudga kela boshladi , masalan "Zo'r TV", "Milliy TV"
, ""MY5", "Sevimli TV", "Caravan TV", "FTV", "TTV", "8TV", "S-Iqbol TV", "Futbol TV"
kabilardir. Bunday telekanallarning ayrimlari ba'zi bir sabablarga ko'ra o'z faoliyatini
to'xtatgan. Telekanallardagi dasturlarning ko'pchiligi dastlab yangiliklarni namoyish
etishdan iborat bo'lgan.
Shuningdek hozirgi zamonaviy televidiniyada keng tarqalgan janrlar bu quyidagilar:
reportaj, teleocherk, portret , suhbat, intervyu, o'yinlar, tanlovlar, shoular va kliplar ham
bugungi kunda tomoshabinlarni o'ziga rom qilib rivojlanib kelmoqda. Bu janrlarning
ko'pchiligi ko'ngilochar dasturlarning asosi hisoblanadi. Hozir ham guvohi bo'lyapmizki ,
qaysi telekanalni tomosha qilmaylik unda allbatta ko'ngilochar shou dasturlar mavjud
Международный
научный
журнал
№
10
(100),
|
| |