Iste’molchilarning keltirilgan xarajatini aniqlash. Reja




Download 75.12 Kb.
bet1/4
Sana27.05.2023
Hajmi75.12 Kb.
#65798
  1   2   3   4
Bog'liq
ISTEMOLCHILARNINGKELTIRILGAN XARAJATINI ANIQKLASH
реального, Азизова Т, LOGOPSIXOLOGIYA SLAYD, Radioaktiv elementlar va izotoplarning kimyoviy xossalarini, ula, Lantanoid va Aktinoidlar-fayllar.org, Ахмедов Фарход Ризокулович, 34, ISH 2, havo liniyalari, Sim va kabellarning ko\'ndalang kesim yuzasini ruxsat etilgan у3, havoda elektr uzatish linyilari, Elektr yuklamalarining sutkalik, oylik, yillik grafiklari, Elektr yuklamalarning sutkali,oylik,yillik boshqachasi, transformatorlarda quvvat isroflari

Iste’molchilarning keltirilgan xarajatini aniqlash.
Reja:
1 I’stemolchilarning keltirilgan xarajati.
2 KuchlaniShning teskari ketma-ketlik koeffitsienti
3 Kuchlanish o‘zgarishining oralig‘i

Iste’molchilar elektr energiyasining ma’lum belgilangan miqdorida samarali iShlaShi mumkin, ya’ni kuchlaniSh, chastota, nosimmetriya va kuchlaniSh chizig‘i Shaklini nosinusoidalligini normallangan qiymatlarida (yuqorida aytilganidek, ular elektrenergiyasining sifat ko‘rsatkichlari hisoblanadi).


Ko‘rsatilgan qiymatlarini nominaldan u yoki bu tomonga og‘iShi texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yomonlaShuviga olib keladi va natijada ma’lum ziyonga ega bo‘ladi (buni ko‘p misollarda ko‘riSh mumkin: cho‘g‘lanma lampalar, elektr motorlar, elektr stansiya va h.k).
Bu ziyonning minimumi optimal kuchlaniShga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari normalanadi. Masalan, iste’molchilardagi kuchlaniSh nominal qiymatdan oShsa, GOST ga ko‘ra quyidagi oraliqda bo‘liShi kerak, %:
Elektr motorlar tugunlarida 5 (ma’lum joylarda 10);
YOritiSh qurilmalari tugunlarida sanoat korxonalarining iSh o‘rinlarida (+5)-(-2.5);
turar joy binolarida ( ichki va taShqi yoritiSh) 5;
avariya rejimida -12;
qiShloq tarmog‘idan yoki elektr transport tarmog‘idan ta’minlanadigan elektr uskunalar tugunida 7.5 .
Ko‘rinib turibdiki, avariya rejimlarida ancha ko‘p og‘iSh ruxsat etiladi, chunki bu rejimlar qisqa vaqtlidir.
Elektr energiyaning sifati tarmoqdagi kuchlaniSh va chastotani ularning normalangan qiymatlariga mos keliSh darajasini aniqlovchi ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi. Odatda texnik va iqtisodiy nuqtai nazaridan barcha elektr is’temolchilari va apparatlarining nominal parametrlarda iShlaShi (fnom ,Unom ,Inom ) maqsadga muvofiq hisoblanadi. BoShlang‘ich etaplarda elektr energiyaning sifat muammosi tarmoqdagi kuchlaniSh va chastotani ularning nominal qiymatlariga yaqin darajada tutib turiShdan iborat edi. So‘nggi yillarda ko‘p miqdordagi yuklamasi tez o‘zgarib turuvchi, Shuningdek, yuklamasi fazalar bo‘yicha bir tekis taqsimlanmagan va nosinusoidal kuchlaniSh hamda tokni hosil qiluvchi noan’anaviy elektr qabul qilgichlar EQQ paydo bo‘ldi (prokat stansiyalari, yoyli po‘lat erituvchi pechlar, to‘g‘rilagich qurilmalar, elektrlaShtirilgan transportlar, elektroliz va h.k.). Bu yangi EQQlar elektr energiya sifatining buziliShiga olib keladi.
Hozirgi davrda 50 Gs, chastotali uch fazali va bir fazali umumfoydalaniladigan elektr tarmoqning EQQlar yoki is’temolchilar ulanadigan nuqtalarida elektr energiya sifatiga talabni o‘rnatuvchi 13109-87 Davlat standarti amal qiladi [6].
Elektr energiyaning sifat ko‘rsatgichlari (EESK) ikki guruhga bo‘linadi: asosiy EESK va qo‘Shimcha EESK. Asosiy EESKlariga elektr energiyaning sifatini belgilovchi parametrlar kiradi.
Ruxsat etiluvchi qiymatlar belgilangan asosiy EESKga kuchlaniShning og‘iShi, kuchlaniSh diapozoni, kuchlaniSh tebraniShlarining miqdori, kuchlaniSh egri chizig‘ining nosinusoidallik koeffitsienti, - chi garmonik taShkil etuvchi koeffitsienti, kuchlaniShlarning ketma-ketlik koeffitsienti, kuchlaniShlarning nol ketma-ketlik koeffitsienti , chastotaning og‘iShi kiradi. Qo‘Shimcha EESK boShqa normativ-texnik hujjatlarda foydalaniluvchi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.
CHastotaning og‘iShi butun energetika sistemasi uchun bir xildir, chunki uning ayni vaqtdagi qiymati generatorlarning aylaniSh davr tezligi bilan belgilanadi. Normal turg‘un holatlarda barcha generatorlar sinxron chastotaga egadir. SHu sababli chastotaning og‘iShi elektr energiya sifatining umumsistemaviy ko‘rsatkichidir. KuchlaniSh tarmoqning turli nuqtalarida turlicha qiymatlarga ega. SHunday qilib, kuchlaniSh elektr energiya sifatining lokal ko‘rsatgichidir.
Elektr tarmoqlarning real holatlarida kuchlaniShlar doimo nominal kuchlaniShdan farq qiladi. Bu farqni bir qator – kuchlaniShining og‘iShi, kuchlaniShning o‘zgariSh oralig‘i, kuchlaniSh tebraniShining miqdori kabi EESK xarakterlaydi.

Download 75.12 Kb.
  1   2   3   4




Download 75.12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iste’molchilarning keltirilgan xarajatini aniqlash. Reja

Download 75.12 Kb.