|
Иқтисодиётнинг реал секторида мамлакатнинг иқтисодий хавфсизлиги
|
bet | 1/4 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 236,17 Kb. | | #160199 |
Bog'liq IqtisodiyotninG XAVSIZLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI MENEJMENT FAKULTETI MMNP-55 GURUH TALABASI XAFIZOV SARDORNINGG“IQTISODIY XAVFSIZLIK” FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi Korxona xavfsizligini ta’miniashning maqsadi, vazifalari va tamoyillari. - Korxona xavfsizligini ta’miniashning maqsadi, vazifalari va tamoyillari.
- Xavfsizlik bu murakkab va serqirra kategoriyadir. U asosan va ko’pincha ishlab chiqarishda foydalanilayotgan vositalarning xavfsizligi nuqtayi nazaridan baholanadi va ko’rib chiqiladi. Shu sababli hozirgacha biz texnika xavfsizligi, piyoda xavfsizligi, oziq-ovqat xavfsizligi yoki zararsizligi kabi tushunchalarni uchratsak-da, korxona xavfsizligiga hali duch kelganimiz yo’q.
- Xavfsizlikni ta’minlash hamisha, hamma joyda, hamma narsalar uchun muhim bo’lib kelgan. Insoniyat paydo bo’libdi-ki, xavfsizlik masalasi uning oldida hamisha dolzarb bo’lib hisoblangan.
- Bugungi bozor munosabatlari sharoitida hamma korxonalarga erkinlik va mustaqillik joriy qilinayotgan bir paytda, uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash ham o’ta dolzarb va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik bo’lgan usulda muhim jarayondir. Bu jarayonni to’g’ri va to’liq anglash uchun uning tushunchasi, maqsad va vazifalarini aniq belgilab olishni taqozo qiladi.
- «Mustaqil rivojlanish yillarida - tarixan qisqa bir davrda yurtimiz yangi va ulkan marralarni qo’lga kiritdi, buning natijasida mamlakatimizning qiyofasi butunlay o’zgarib, jahon hamjamiyatidagi o’rni va nufuzi yuksalib bormoqda».
- Mahsulotlaming zamonaviy namunalari, ishlab chiqarish texnologiyasi, investitsiya rejalari va boshqalar sanoat ayg’oqchiligining diqqat markazida turib, korxona va mamlakat uchun ma’lum bir xavf tug’diradi. Shu sababli xavfsizlik va tijorat sirlari muammolari hozirgi bozor va raqobatchilik sharoitlarida iqtisodiyot fanining, jumladan, zamonaviy korxonalar iqtisodiyotining muhim bo’limlaridan biri hisoblanadi.
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini doimiy ravishda ta’minlab turish uning rahbariyatidan katta e’tiborni, tashkiliy ishlarni amalga oshirishni va uni oqilona boshqarib borishni talab qiladi. Bu jarayonni to’g’ri tashkil qilish uchun umuman xavflilik va xavfsizlik tushunchalarining nima ekanligini aniqlashni taqozo qiladi. - Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini doimiy ravishda ta’minlab turish uning rahbariyatidan katta e’tiborni, tashkiliy ishlarni amalga oshirishni va uni oqilona boshqarib borishni talab qiladi. Bu jarayonni to’g’ri tashkil qilish uchun umuman xavflilik va xavfsizlik tushunchalarining nima ekanligini aniqlashni taqozo qiladi.
- Mazkur ishda korxonaning umumiy xavfsizligi emas, balki iqtisodiy jihatdan xavfsizligi xususida gap boradi. Uni ta’minlash uchun esa korxona rahbariyatidan juda katta tashkilotchilikni talab qiladi.
|
| |