|
Иқтисодиётнинг реал секторида мамлакатнинг иқтисодий хавфсизлиги
|
bet | 4/4 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 236,17 Kb. | | #160199 |
Bog'liq IqtisodiyotninG XAVSIZLIGIXulosa - Xulosa
- Iqtisodiy xavfsizlik gʼoyalari va u bilan bogʼliq boʼlgan «iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasi mamlakatimizga respublikamiz mustaqilligi eʼlon qilinganidan soʼng kirib kela boshladi. Mustaqillikdan avval bunday tushunchalar mutaxassislarning tor doirasigagina maʼlum edi. Sobiq Ittifoq davrida ushbu masalaga bagʼishlangan ikkita kitob birinchi marta («Xorijiy adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlik masalalari» va «Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik») 1988 yilda bosilib chikqan edi. 90 — yillarda iqtisodichilarning maqolalarida va ommaviy axborot vositalarida «iqtisodiy xavfsizlik» iborasi qoʼllanila boshlandi.
- Demak, aytish mumkinki, «Iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasi oʼzbek iqtisodiyotini boshqaruv organlarining leksikasida yangidir. Аyni paytda ushbu ibora xorijiy mamlakatlar boshqaruv tizimlari faoliyatida yaxshi tanish boʼlgan tushunchadir. Iqtisodiy xavfsizlik davlatning milliy xavfsizligini asosiy tashkil etuvchilaridan biridir va mamlakatning iqtisodiy extiyojlari kafolatlanishi va uni taʼminlashning yoʼllari, vositalari va usullariga asos soluvchi qarashlarning yigʼindisidir. Kontseptual koʼrinishda u davlatning iqtisodiy potentsialining holatidan kelib chikadigan iqtisodiy xavfning asosiy omillarini tahliliga asoslangan. Davlatning xavfsizligi kuchsiz va samarasiz iqtisodiyotda taʼminlanishi mumkin emas, ayniqsa glaballashuv jarayonidagi ijtimoiy nizolarga toʼla jamiyatda, chunki hammasi oʼzaro bogʼlangan va biri ikkinchisini toʼldiradi.
Эътиборингиз учун раҳмат!
|
| |