muvofiq ekanligini va har xil bosimlarda, sarflarda, kimyoviy nasoslarni haroratga
takomillashtirilgan holda bajarilishga olib keldi.
Berkitish qurilmalari muhim murakkab sharoitlarda ishlatilganda ishonchligi
nisbatan yuqori bo’lganligi uchun uzoq muddat xizmat qilishiga qaramasdan ularni
almashtirishga to’g’ri keladi.
Shuning uchun faqat bekitish qurilmasi emas balkim favvora armaturasining
o’zi ham ishdan chiqib qolishini va butun armaturani ish qobiliyatini saqlash,
rezervlash yo’li bilan yoki bosim ostida ishlayotgan quduqda berkitish qurilmalarini
almashtirish talablaridan kelib chiqib tayrlanadi.
Asosiy berkitish va rostlovchi qurilmalarning tartibli sxemalari zichlashtirish
usullaridan farqlanadi (4.1-rasm).
Ponali qulfakning zichlanish samarasi pona-shiberning qulfak kanalining
uyasiga qisilib tirkalish kuchining hisobiga ta’minlanadi. Bu turdagi qulfaklarda bir
qator jiddiy kamchiliklar mavjud: suyuqlik va gazni oqimini to’g’ri oqmasligi,
buralma oqimning paydo bo’lishi, shiber ochiq holda bo’lganda
suyuqlik yoki
gazning oqimida yuvilib ketish davri va uyalar paydo bo’lishi kam uchraydi.
Qulfakning kamchiligi – pona sirti – uyadagi kontaktning germetikligini ta’minlash
murakkab, tayorlash ham ta’mirlash ham qiyin bo’lganligi uchun uni ishlab
chiqarish keskin qisqargan, lekin talab juda yuqori.
Qulfaklardan tashqari yopish-ochish qurilmalari sifatida har xil formali
tiqinga ega bo’lgan kranlardan ham foydalaniladi, silindrsimon, sharsimon,
konussimon. Kran suyuqlik yoki gazning to’g’ri oqimli yo’nalishini ta’minlaydi.
Rostlovchi qurilmalar sifatida jo’mraklar va
vtulkali almashtiriladigan
shtutserlar ham qo’llaniladi. Ko’pincha jo’mraklarning boshqariladigan
shtutserlaridan foydalanilganda favvora armaturasida kanalning kesimi yuzasini bir
tekisda o’zgartirish mumkin bo’ladi va pog’onasiz boshqarish ta’minlanadi. Vtulkali
almashtiriladigan shtutserlar pog’onali rostlashga hisoblangan bo’ladi, bu jarayonni
amalga oshirishda har xil diametrdagi kanalli drossellarning detallari to’plamidan
foydalaniladi.
4.1-rasm. To’g’ri oqimli tekis shiberli
qulfakning qurilmasi.
1-korpus; 2- kirishdagi uya (egar); 3-
shpindel; 4-qopqoq;
4.2-rasm. Berkitish qurilmasining
majburiy maydalanadigan tekis shiberli
qulfaki.
1-korpus; 2-lunj; 3-shpindel;
4-teskari klapan; 5-vtulka;
5-haydovchi klapan; 6-maxovik; 7-
rostlovchi vint; 8-yurishli gayka; 9-
podshipniklarni qopqog’i; 10-manjetlar;
11-likopli prujinka;
12-chiqishdagi uya (egar);
13-shiber.
6-maxovik; 7-vint; 8-gayka;
9-podshipnik korpusi;
10-maydon; 11-podshipnik;
12-zichlama; 13-qopqoq;
14-kichik; 15-ariqcha; 16-vtulka;
17-kontrshpindel.
To’g’ri oqimli tekis shiberli qulfakning shartli o’tish teshigining diametri 65
mm bo’ladi, 21 MPa ishchi bosimga hioblangan. Qulfakning asosiy detallariga
qoyidagilar kiradi: qopqoqli (4) po’lat korpus (1), shiber (13)
va uyadan tashkil
topgan. Kirishda (2) va chiqishda (13) tirkaluvchi likopchali prujinalar (11)
o’rnatilgan. Qulfak uchun bunday turdagi konstruktsiya namunaviy bo’ladi
hamda
katta sarf va bosimga hisoblangan. Qulfakning massasi 80-100 kg. Bekitish
germetikligini amalga oshirish uyani (12) halqali zichlamalar bilan qo’zg’alishi
hisobiga erishiladi, yon sirt yuzalari va ular bilan kontaklashuvchi shiberning yuzasi
ham yuqori sifatda tayyorlangan. Germetikligini va korroziyaga chidamligini
oshirish uchun qulfakning korpusi yog’ bilan to’ldiriladi (3.2).
Murakkab turdagi to’g’ri oqimli tekis shiberli qulfakning konstruktsiyasi 70
MPa ishchi bosimga hisoblangan, zichlanish tizimi oldingidan farq qiladi.
Qulfakning korpusida ikkita yo’naltiruvchi sig’imli, maxsus surkov
(yog’lash) va kanalli lunj o’rnatilgan, u surkovlarni zichlanuvchi yuzalarga uzatadi.
Shiber ikkita plashkadan tashkil topgan bo’lib, bir nechta prujinalarga tirkaladi.
Plashkada ariqchalar mavjud, unga shpindelning va kontrshpindelning boshchasi
joylashtirilgan. Zichlovchi yuzalarga ishchi muhitning
bosimi ostida surkov
(moylash) uzatiladi, u zatvorning germetikligini yaxshilaydi. Moylash
surkovlarning zaxirasi teskari klapanlar orqali to’ldiriladi.
Qulfaklarni boshqarishni va teleboshqaruvni ta’minlashda ular gidro
uzatmalar yoki havo uzatmalari bilan jihozlanadi. Havo uzatmali qulfakning shartli
o’tish teshigining diametri 50 mm bo’ladi, 70 MPa ishchi bosimga hisoblanadi. Bu
turdagi qulfakning konstruktsiyasi oldingilardan shpindelni qo’zg’atishdagi va
uzatmali gidraklik yoki havoli silindrlarning mavjudligi hamda qurilmaning
bajarilishi bilan farq qiladi.
Konussimon tiqinli teshik kranda zichlamalarning germetikligi korpusning va
tiqinning olib tayyorlanishi, ularning oralig’idagi tirqish o’lchamlarini hamda
maxsus moylar bilan kran korpusini to’ldirishdir.