• O’quvchi ongiga ta’sir
  • Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги




    Download 1,4 Mb.
    bet12/126
    Sana21.01.2024
    Hajmi1,4 Mb.
    #142208
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   126
    Bog'liq
    Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги

    O’quvchini ishontirish tarbiyalanuvchining ongiga qaratilgan bo’lib, o’qituvchi fikr-mulohazalarini ta’sirchan nutq orqali o’quvchining bilimlar tizimiga, dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, hatti-harakatiga ta’sir etadi va uni qisman o’zgartiradi. Ishontirish o’qituvchining kasb faoliyatiga taalluqli bo’lgan murakkab faoliyatida asosiy ta’sir ko’rsatish vositasi bo’lib, ta’lim-tarbiya jarayonida ishlatiladigan usullardan biri hisoblanadi. O’quvchi ongiga ta’sir ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan ishontirish usuli o’qituvchidan bahs, munozara asosida dalillar keltirishni, isbot va mantiqqa tayanishni talab qiladi. Ayniqsa o’qituvchi bilan o’quvchilar orasida o’rganilayotgan mavzuga taalluqli muqobillik mavjud bo’lganda, tanqid va fikrlar kurashiga tayanilganda samarali bo’ladi.
    Ishontirish tarbiyalanuvchining ongiga qaratilgan ekan, o’qituvchining his-tuyg’usi, nutqi va ishontira olish san’ati bunda muhim ahamiyatga ega. U pedagogik ta’sir ko’rsatish usuli sifatida darslarda yangi mavzuni tushuntirishda, o’quv-tarbiyaviy soatlarda, turli uchrashuvlar va ijodiy suhbatlarda munozaralar shaklida qo’llaniladi. Tarbiyaviy tadbirlarda ishontirish usuli sinf jamoasi bilan hamda alohida o’quvchi bilan individual suhbatlar o’tkazish, siyosiy mavzulardagi darslarda keng qo’llaniladi. Ishontirish usuli yordamida o’quvchilarning dunyoqarashi shakllantiradi. U o’quvchi ongini begona mafkuraviy g’oyalardan himoya qiladi, ishontirish asosida o’quvchiga ideal va mustaqil fikr qayta quriladi, ularni ba’zi psixik ta’sirlar tufayli sodir bo’ladigan tushkunlik holatidan asraydi, ularda erkinlikni hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stiradi, o’ziga va kelajagiga ishonchni uyg’otadi, o’z-o’zini tarbiyalashga undaydi.
    O’quvchi ongiga ta’sir o’zaro fikr almashish jarayonida shakllanadigan murakkab psixologik xususiyat bo’lib, o’qituvchi kommunikativ qobiliyatining universal omili hisoblanadi. O’qituvchilarning o’zaro suhbati va faoliyati jarayonida tarbiyalanuvchi ongiga ta’sir etishning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u o’quvchilarning psixikasi va xulq-atvoriga sezilarsiz ravishda ta’sir ko’rsatadi. Ta’sir o’quvchi ongiga, psixikasiga nazoratsiz kirib borishi bilan alohida ahamiyatga ega, o’quvchining ijodiy faoliyatida, hatti-harakatlarida, intilishlarida yo’l-yo’riqlar ko’rsatish tarzida amalga oshiriladi.
    Ongga ta’sir – shunday bir psixik jarayonki, o’quvchi o’qituvchining yoki biror shaxsning ta’siri ostida, o’z ongining etarli nazoratisiz voqelikni idrok etadi. Agar o’qituvchi bunda pedagogik mahoratga, psixologik tajriba va bilimlarga ega bo’lmasa, o’quvchi ongiga ta’sir qila olmaydi, natijada ta’lim-tarbiya jarayoni ijobiy natijalar bermaydi, o’qituvchi o’quvchilarning hurmat e’tiboriga sazovor bo’lolmaydi. O’qituvchi o’z tarbiyalanuvchilari ongini tashqi muhitning salbiy ta’sirlaridan, sinf jamoasi norasmiy etakchilarining turli yashirin buzg’unchi g’oyalaridan himoya qilishga mas’ul shaxsdir. O’quvchi ongiga ta’sir o’tkazishda o’qituvchi etakchilikni o’z qo’liga kiritishi uchun:
    ─ o’quvchilarning salbiy hatti-harakatlari tufayli sodir bo’ladigan emotsional his tuyg’ularga berilmasligi;
    ─ har bir o’quvchining psixologik va ruhiy holatini puxta o’rganmasdan uning ongiga tarbiyaviy ta’sir o’tkazishga harakat qilmasligi;
    ─ har bir o’quvchiga alohida shaxs sifatida hurmat e’tibor bilan munosabatda bo’lishi;
    ─ sinf jamoasining norasmiy etakchisini sezdirmasdan aniqlab olishi va uning hatti harakatidan doimo ogoh bo’lishi;
    ─ pedagogik mahoratning muhim jihatlarini uzluksiz o’zida takomillashtirib borishi;
    ─ o’ylanmay aytilgan har bir so’z, noo’rin fikr mulohazaning oqibatini hech qachon tuzatib bo’lmasligini o’qituvchi doimo his etishi lozim.
    Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda axborot texnologiyalari maydonining nihoyatda kengligi tufayli o’quvchilar ongi keraksiz g’oya va mafkuralar bilan band bo’lishi tabiiy hol. O’qituvchilar yosh avlodni tarbiyalashda ongga ta’sir qilishning keng imkoniyatlarini o’z o’rnida qo’llay olsalar, o’quvchilar ongini turli keraksiz g’oyalar va mafkuralardan himoya qila oladilar. Shuni unutmaslik kerakki, o’quvchilar o’zlarining yosh xususiyatlari va psixologik ta’sirga moyilligi tufayli har qanday ta’sirga nihoyatda beriluvchan bo’ladilar.

    Download 1,4 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   126




    Download 1,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги

    Download 1,4 Mb.