|
Rag’batlantirish va jazolash
|
bet | 14/126 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 1,4 Mb. | | #142208 |
Bog'liq Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлигиRag’batlantirish va jazolash – tarbiyaviy ta’sirning an’anaviy usuli bo’lib, o’quvchilar xulq-atvoriga ijobiy ta’sir etishdan iborat. Yaxshi xulq, foydali mehnat va hatti-harakat, axloqiy hislat, topshiriqlarning so’zsiz bajarilishi uchun o’quvchi rag’batlantiriladi. Nomaqbul hatti-harakat, tartibbuzarlik, o’z burchini bajarmaslik jazolash orqali bartaraf etiladi. Ushbu usul axloqiy ta’sir ko’rsatishni ta’minlaydi, uni qo’llash jaryonida o’qituvchidan nihoyatda ehtiyotkorlik, sezgirlik va hushyorlik talab etiladi.
Jamoatchilik fikri – tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning eng muhim usuli bo’lib, o’quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini bajarilish natijalariga qarab muntazam rag’batlantirib borishda namoyon bo’ladi. Jamoaning tarbiyaviy vazifalarini ma’lum bir yo’nalishda amalga oshirilishini ta’minlaydi, o’quvchilarning bir-birlariga do’stona munosabatini shakllantiradi.
Pedagogik ta’sir ko’rsatish usullaridan samarali foydalanishning eng muhim sharti o’qituvchining insonparvarlik nuqtai nazaridan yondashishini talab etadi. Ushbu usullar kasbiy mas’uliyatni his etadigan yagona intilishga qaratilgan real kishilarning jonli munosabatidir. Pedagogik ta’sir qilish o’quvchilar psixikasining anglanmaydigan sohasiga qaratilgan bo’lib, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchining yaqindan aloqada bo’lishini, ularning o’zaro bir birlariga ishonishini, o’zaro tushunishini, ta’sir qilish mazmuni, shaxsning bir butun holatiga amaliy ta’sir qilishini nazarda tutadi. Shunday qilib, ta’sir qilish ta’lim-tarbiya samaradorligini hozirgi zamon talablari darajasida takomillashtirib borishda yo’l-yo’riq yaratib, o’quvchilarning faolligini rag’batlantiradi.
O’qituvchi tarbiyalanuvchilarning o’zaro tarbiyaviy ta’sirga ega ekanliklarini, ularning hamkorlikdagi kommunikativ munosabatlari hamda faoliyatlari o’rtasidagi bog’lanishning mavjudligi, uning samaradorligini belgilashini unutmasligi shart. O’qituvchi sinf jamoasiga va alohida tarbiyalanuvchiga pedagogik ta’sir ko’rsatishida muvaffaqiyatlarga erishishi uchun, o’quvchilar orasida o’zaro pedagogik munosabatlar tizimini oqilona rejalashtirishi va psixologik muhitni ijobiy tomonga o’zgartirishi lozim. To’g’ri tashkil etilgan va har jihatdan mukammal bo’lgan, yosh avlodning qalbi va ongini asrashga, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan pedagogik munosabatlar tizimini tashkil etish uchun o’qituvchi har bir o’quvchi ruhiyatini chuqur bilib olishi, ularning ichki imkoniyatlaridan xabardor bo’lishi, axborot berishi, fikr almashishi, ular qayg’usini, tuyg’ularini tushunishi va hamdard bo’lishi zarur. Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun o’qituvchi:
o’quvchilar bilan bo’lajak munosabatni modellashtira olishi;
munosabatda bo’ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan
bilishi;
bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o’rnatish;
munosabatda ustunlikka ega bo’lib, uni demokratik talablar asosida
oqilona boshqarish;
munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib
borishi lozim.
O’qituvchi tarbiyachi sifatida tarbiyalanuvchi o’quvchini o’zi uchun hamisha tarbiya ob’ekti deb hisoblashi kerak. Biroq tarbiyalanuvchi o’qituvchi-tarbiyachi bilan erkin va ongli munosabatda bo’lishga erishsagina, tarbiyaviy munosabatlar samarali xarakter kasb etadi. Tarbiya jarayonining kommunikativ munosabatlar jarayonida o’ziga xos qator qoidalari ham mavjud bo’lib, o’qituvchi o’quvchilarga pedagogik ta’sir ko’rsatishda ularni mukammal bilishi va amal qilishi lozim:
tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi;
tarbiyaning hayotiy faoliyat bilan bog’liq hodisa ekanligi;
shaxsni jamoada tarbiyalanishida o’ziga xos xususiyatlari;
tarbiyalanuvchi shaxsga nisbatan talabchan bo’lish va uning shaxsini
hurmat qilish;
tarbiyalanuvchining yosh va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi;
tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishini
ta’minlash.
|
| |