RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
2023-yil 2-iyun
447
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI
BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISH IMKONIYATLARI
1
Anvarova Dilshoda Akbar qizi ,
2
Bekpõlatova Diyora Shavkat qizi
1,2
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Maktabgacha ta’lim fakulteti 1-bosqich
talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7993819
Annotasiya. Ushbu maqolada STEAM ta’lim texnologiyasi asosida maktabgacha
yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish muammolari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: STEAM, “Ilk qadam”, maktabgacha ta’lim, texnologiya, tarbiya,
konsepsiya, rivojlanish, markaz, kompetensiya.
Yosh avlodni ehtiyotkorlik bilan rivojlanish zinapoyasidan zinama-zina tepaga olib
chiqish har bir pedagog uchun sharafli vazifadir. Biz esa faqatgina ushbu harakatning
xususiyatlarini tushunishimiz va bolalarni vaqtida qo‘llab-quvvatlashimiz, o‘sishi
uchun
muvofiq sharoitlar yaratishimiz darkordir.Bu borada esa maktabgacha taʼlim jarayoni muxim
ahamiyatga ega. Bugungi kunda maktabgacha taʼlimni ham shaklan,
ham mazmunan
yangilashga qaratilgan innovatsiyalar barcha pedagoglardan bola tarbiyasi, uning taʼlim olishga
tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan holda yondashuvini talab etadi. Inson faoliyati
barcha sohalarida dinamik rivojlanayotgan texnologiyalar joriy etilmoqda. Kelajakdagi
mutaxassislar texnologiya, ilm-fan va muhandislikning turli xil sohalaridan kompleks taʼlim va
bilimlarga muhtoj boʼladi.
STEAM texnologiyasi ta’limdan farqli ravishda
bilimlarni alohida emas, o’zaro
mutanosib holda olib borishni ta’minlab beradi. Bola o’zidanostandart fikrlash, muammoga bir
nechta yechim topish va ijodkorlik ko’nkmalarini shakllantiradi va bu uning kelajakdagi
faoliyatida juda qo’l keladi.
STEAM ta'lim tizimi o’zi nima?
S-science
T-technology
E-engineering,
A-art
M-math.
Ushbu yo’nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo’lib kelayotganini unutmang.
Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida
rivojlanmoqda. STEAM ta’limi yo’nalishi va amaliy yondashuvni qo’llash, shuningdek,
barcha
beshta sohani yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan.STEAM ta’lim
texnologiyasining boshqa texnologiyalardan farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni
muvaffaqiyatli о’zlashtirishlari uchun bir vaqtni о’zida aqliy
faoliyat bilan birga amaliy
faoliyatni uyg‘unligini ta’minlaydilar. Bunda ―aql va qо’l iborasiga amal qiladilar. Olgan
bilimlarini amaliy faoliyatda kо’rib tezda o’qib, о’zlashtirib oladilar. О’yin, qurilish, kognitiv
va tadqiqot faoliyati orqali badiiy va ijodiy faoliyat turlari rivojlanadi. Har bir modul
STEAM ta’lim maqsadlarini amalga oshirishni ta’minlaydigan
aniq vazifalarni kompleks
ravishda hal qilishga qaratilgan:kognitiv tadqiqotlar jarayonida bolalarni intellektual
qobiliyatlarini rivojlantirish va ilmiy-texnik ijod qilishga о’rgatadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda badiiy-texnik ijodiyotni sintez