RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-




Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana11.12.2023
Hajmi0,58 Mb.
#116339
1   2   3   4
Bog'liq
steam-ta-lim-texnologiyasi-asosida-maktabgacha-yoshdagi-bolalarga-ta-lim-tarbiya-berish-imkoniyatlari

 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
 2023-yil 2-iyun 
448
qilish, umuman AKT (axborot kommunikatsiya texnologiyalari) va raqamli
texnologiyalarni rivojlantirish, media ma’lumotlarni takomillashtirish asosida animatsion
samarali foydali mustaqil faoliyatini tashkil etish, bolalarni mantiqiy va algoritmik fikrlashi,
rejalashtirish va modellashtirish qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat. STEAM ta’lim
texnologiyasining asosiy pedagogik ahamiyatli jihati shundaki, bolani integratsiyalashgan 
rivojlanish imkoniyatidir. Integratsion yondashuv turli xil faoliyat turlari –о’yin, texnika, 
nutq, vizual, kommunikativ, kognitiv va boshqalarning о’zaro bog‘liqligida namoyon bо’ladi.
Muhoka va natijalar.maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ kompetensiyalarini 
shakllantirish jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotidagi faol jarayonlari bilan bog‘liq 
bо’lib, maktabgacha ta’lim tizimida bola shaxsini shakllanishida zamonaviy yondashuvlarni
tatbiq etish, turli shakl, usul va vositalarini ishlab chiqishni, ularni har tomonlama
rivojlanishi va ijtimoiy moslashuvini talab etadi.
Maktabgacha ta’limda faoliyatning yetakchi turi о’yin deb hisoblanadi lekin
STEAM texnologiyasi tadqiqotchilarining fikriga kо’ra bolalarning yetakchi faoliyat turi bu 
tajriba deb hisoblanadi. О’yinchoqlar yordamida bolalar о’qish, о’lchash, tekislash, hisoblash, 
bо’yash, muloqot qilishni о’rganadilar va jamoa malakalarini egallaydilar. Bu ularga
zarur matematik, filologik va muhandislik, san’at kо’nikmalarini olishga yordam beradi.
STEAM ta’lim texnologiyasi bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va
kо’nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi: muammolarni keng qamrovli tushunish, ijodiy 
fikrlash, muhandislik yondashuv, tanqidiy fikrlash, ilmiy metodlarni tushunish va qо’llash, 
dizayn asoslarini tushunish. 
Bugungi kunda STEAM ta’lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida 
rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qо’llashda beshta sohani yagona о’quv sxemasiga 
integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta’limning shartlari uning uzluksizligi va
bolalarning guruhlarda о’zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bо’lib, bunda ular 
fikrlarni tо’playdilar va fikrlar almashadilar. Shuning uchun, asosiy ta’lim dasturiga Lego-
texnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari 
kiritilgan..
STEAM farzandlarimizga -ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi,
olim sifatida tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, 
rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni о’yin orqali yuzaga 
keltiradi.

Download 0,58 Mb.
1   2   3   4




Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-

Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish