Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish




Download 1,4 Mb.
bet72/126
Sana21.01.2024
Hajmi1,4 Mb.
#142208
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   126
Bog'liq
Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги

Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish – bu o’quvchining yosh va shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyati va imkoniyatlarini inobatga oluvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalaridan o’quvchi shaxsini rivojlantirishda samarali foydalanuvchi o’qitishdir. Shunday qilib, shaxsga yo’naltirilgan o’qitishda o’qitishni tabaqalashtirish va individuallashtirish asosiy tamoyil sifatida qaraladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari shakl va mazmunining rang-barangligi – o’quvchining qiziqishi, imkoniyati va shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqib taklif etilayotgan holatlardan tanlash imkoniyatini beradi. Bunday imkoniyat ta’lim tizimida ham o’z aksini topishi zarur. O’qituvchining har xil sathli o’qitishni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etishi bunday muammoning echimi bo’la oladi.
O’quv mashg’ulotlarini o’quvchilarning kundalik fanlar majmuasi va ular bo’yicha berilgan kundalik topshiriqlar majmuasi asosida belgilanishi, har bir o’tilgan mavzuni keyingi darsda so’rab baholanadigan qilib tashkil etilishi ko’plab muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday holda o’quvchilar biron bir fanga o’zlarining asosiy diqqat e’tiborini to’liq qarata olmaydilar. Bunday notugalliklarni bartaraf etishda, modulli o’qitish eng yaxshi echim hisoblanishi mumkin.
Zamonaviy jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik yo’nalishi – bu insonning turli sohalarda maqsadli mustaqil faoliyat asosida intellektual va axloqiy rivojlanishidir. Bunda uchta asosiy vazifaga e’tibor qaratiladi:

  1. Ta’lim tizimini isloh etish.

  2. Mustaqil faoliyat tamoyilini ta’lim va tarbiyaning asosiy tamoyili sifatida e’tirof etish.

  3. Ta’lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish.

Zamonaviy insonning o’qish jarayoni faqat bog’cha, umumta’lim maktablari, akademik litseylar yoki kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari bilan tugamaydi. Inson butun umri davomida ta’lim olishi zarur, ya’ni ta’lim uzluksiz bo’lishi kerak. Demak, uzluksiz ta’lim – davr talabidir. Demak, bu muammo zamonaviy axborot texnologiyalariga bo’lgan ehtiyojni yanada shakllantirishi shubhasiz.
XXI asr – axborotlashtirish asrida ta’lim sohasini axborotlashtirish, har bir ta’lim muassasasidan:
- o’qitish va o’qish jarayonining;
- ta’lim muassasasi boshqarilishining;
- ta’lim muassasasi bo’linmalarining;
- ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi.
Hozirgi ta’lim muassasalarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirish, ta’lim jarayonida bunday texnologiyalarni qo’llashning eng muhim ko’rsatkichlaridan biri ekanligi pedagog olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Jumladan, U.Sh.Begimqulov ta’lim muassasalarida kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasini yaratish zarurligini, gipermatn va multimedia, o’qitishda immitatsiya, kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishni, zarur axborotlarni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilinadigan ma’lumotlar bazasini yaratishni taklif etadi. Shu boisdan, o’qituvchi kadrlarning zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanib bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish maqsadida hamda o’qituvchilar pedagogik mahoratlarini hozirgi zamon talablari asosida takomillashtirishga mo’ljallangan masofaviy malaka oshirish kurslarini tashkil etish tashabbusi bilan chiqadi.
U.Sh.Begimqulov zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida erishilayotgan yutuqlarni hisobga olib, kompyuter texnologiyasini quyidagi jihatlarda ta’lim muassasalari pedagogik faoliyati jarayonlarida qo’llash samarali bo’lishini ta’kidlaydi:
- ta’lim muassasasi hujjatlarini kiritish va shakllantirish;
- dars jadvallarini tuzish;
- ta’lim muassasasi o’qituvchilari hamda o’quvchilar bo’yicha ma’lumotlar bankini yaratish va undan foydalanish;
- o’qituvchilar faoliyatining monitoringini yaratish;
- o’quv muassasasi faoliyatini tezkor boshqarishning interfaol telekon-ferentsiya, virtual maslahatlar, muhim axborotlarni o’qituvchilarning jamoaviy yoki shaxsiy kompyuterlari displeyi ekraniga tashlash orqali tez tashkil etish;
- ta’limni boshqarish yoxud boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan elektron pochta orqali bog’lanish sharoitini yaratish;
- boshqa o’quv muassasalari, jumladan chet el muassasalari bilan ijodiy bog’lanishni tashkil etish;
- internet tizimi yordamida axborot izlash va uni tanlash.
Ta’lim muassasasining o’quv faoliyatida esa:
- axborot kommunikatsion va axborot texnologiyalarini majburiy o’rganishni tashkil etish;
- barcha fanlar bo’yicha o’rgatuvchi dasturlardan foydalanish;
- kompyuterda yozilgan testlar yordamida o’quvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilish;
- kutubxonalar kataloglaridan foydalanish va ommabop kutubxona-lardagi kitoblarga internet orqali buyurtma berish;
- o’qituvchilarning metodik ishlanmalari, ma’ruza matnlari va boshqa o’quv qo’llanmalarini nashrga tayyorlash;
- internet tizimidagi ma’lumotlardan foydalanib, o’tilgan mavzu asosida o’quvchilar tomonidan ma’ruzalar va referatlarni mustaqil tayyorlashga erishish;
- o’quv va badiiy adabiyotlarning elektron matnlaridan foydalanish;
- ko’nikma va malakalarni oshirishda maxsus entsiklopedik lug’atlardan foydalanish imkoniyatini yaratish lozim.

Download 1,4 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   126




Download 1,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish

Download 1,4 Mb.