|
Ызбекистон республикаси олий ва
|
bet | 37/113 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,41 Mb. | | #132930 |
Bog'liq portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR (1)Guruhda ishlash.
O’z-o’zini baholash, o’qituvchi tomonidan rag’batlantirish.
Talabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar bahsga chaqiriladi.
Umumiy xulosaga kelinadi.
|
Talaba
|
35 daqiqa
|
4-bosqich
|
Mustahkamlash va baholash uchun savollar:
Gulxaniy yashagan muhit qanday edi? Javobingizni izohlang.
Gulxaniy faoliyatidagi eng muhim fazilat haqidagi fikringiz qanday?
«Zarbulmasal»da boyqushning makoni qanday tasvirlangan?
4. Gulxaniy mazkur asarni nima uchun yozdi deb o’ylaysiz? Fikringizni izohlang.
|
O’qituvchi-
Talaba
|
15 daqiqa
|
5-bosqich
|
Umumiy yakuniy xulosalar chiqariladi.
Maqsad va vazifalarning bajarilganligi tahlil qilinadi, zaruriy maslahatlar beriladi, mustaqil ish topshiriqlari tarqatiladi, xulosalar chiqariladi.
|
O’qituvchi
|
10 daqiqa
|
Asosiy savollar:
Gulxaniyning hayoti va ijodi.
«Zarbulmasal» asari haqida.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
Gulxaniy masalnavis, «Zarbulmasal», «Tuya bilan bo’taloq», «Toshbaqa bilan chayon», «Maymun bilan najjor».
Mavzuga oid muammolar:
1. Bo’lajak yozuvchining bolaligi o’zi olamga kelgan tog’ qishlog’ida o’tadi. Xalq og’zaki ijodini berilib o’rganadi.
Sizningcha, Gulxaniy kishilar o’rtasida qaysi jihatlari bilan tanila boshlaydi?
2. Muallif o’z masallarida nima uchun majoziy obrazlar orqali o’sha davrdagi hukmron sinf vakillarini fosh qiladi? Sabablarini mulohaza qiling.
3. «Zarbulmasal»ning til xususiyatlariga e’tibor bering. Barcha qahramonlar faqat qushlar bo’lsa-da, ularning so’zlash tarziga e’tibor qildingizmi? Ular juda balandparvoz, uncha-muncha odam tushunishi oson bo’lmagan yo’sinda so’zlamayaptimi? Oddiy odamlar o’zaro shu xilda gaplashishlari mumkin deb o’ylaysizmi?
|
| |