Tutashuvchi oynalar. Corel DRAWning ilgarigi versiyalaridagi ko‘plagan dialog oynalarining o‘rniga tutashuvchi oynalar paydo bo‘lib, bu tutashuvchi oynalar bir qancha qulayliklarga ega. Masalan Color Palette Browser (Palitralarni ochish) tutashuvchi oynasini olib qarasak, bu tutashuvchi oyna ishchi maydonning o‘ng chekkasidagi ranglar politrasi yonida joylashgan bo‘lib, bu oynani ishchi maydonning hohlagan chekkasiga tutashtirish va yulib olib boshqa qulay maydonga ham joylashtirish mumkin.
Tutashuvchi oynalarni View/ Dockers (ko‘rinish/ Tutashuvchi oynalar) komandasi yordamida chaqirish mumkin.
Tutashuvchi oynalar quyidagilardan iborat:
Object Manager (ob'ektlar despetcheri)
Object Data Manager (ob'ektlar haqida ma'lumotlar beruvchi dispetcher)
View Manager (ko‘rinishlar dispetcher) CTRL+F2
Link Manager (Aloqa dispetcheri)
Internet Bookmark Manager (internet zakladkalari dispetcheri)
HTML Object Conflict (HTML ob'ektlar koeffitsenti)
Bitmap Color Mask (rastrli rangli maska)
Lens (Linza) Alt +F3
Artistig Media (Badiiy vositalar)
Trans formation (o‘zgartirish)
Shaping (shakllar)
Color (rang)
Color Palette Browser (palitrani ochish)
Color Styles (rang stillari)
Graphic and Special Characters (grafika va tekst stillari)
Symbols and Special Characters (Simvollar va maxsus belgilar) CTRL + F11
Scrapbook (Albom)
Script and Preset Manager (makroslar va zagotovkalar dispetcheri):
Agar ekranda bir nechta tutashuvchi oynalar ochiq bo‘lsa, oxirgi ochgan oynangiz undan oldingisi bilan birga aks etadi, ikki va undan ko‘p bo‘lgan tutashuvchi oynalar guruhni tashkil qiladi. Bu oynalarni pastga o‘chirib qo`yib, kerakli paytda ancha oson chaqirish mumkin.
Primitiv shakllar va diagramma to`rlari chizish. To‘rtburchakliklar, ellipslar, ko‘pburchakliklar, yulduzlar, spiral va diagramma to‘rlari. To‘rtburchaklik - bazaviy shakllarning eng oddiysi hisoblanadi. Bu shaklni yaratish uchun grafika panelida maxsus vositalar qo‘yilgan. Bu oddiy va tushunarli bo‘lgan instrument bilan turli shakl va o‘lchamdagi to‘trburchaklikni yaratish mumkin.
Bu komandani ishga tushirish uchun grafika panelidagi Restangle (to‘rtburchaklik) instrumenti yoki F6 funktsional klavishi tanlanadi.
Bundan tashqarihujjat oynasida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish orqali kontekst Create Object/ Rectangle (F6)- ob'ekt yaratish/ to`rtburchaklik (F6) komandasini tanlash mumkin.
R ectangle (To‘rtburchaklik) komandasini tanlagandan keyin sichqonchaning ko‘rsatgichi kichkina xoch shakliga kiradi va chizmaning boshlang`ich nuqtasini belgilab beradi. Xochning o‘ng tomonida pastda esa kichkina to‘rtburchaklik tasvirlangan bo‘ladi.
T
o‘rtburchak yaratish uchun burchak nuqtasining ustida sichqonchaning chap tugmasini bosib turib diagonal bo‘ylab to‘rtburchakning qarama-qarshi burchagiga qarab tortiladi. Sichqonchaning tugmasini qo‘yib yuborgandan keyin to‘rtburchak hosil bo‘ladi. Chizish jarayonida atributlar panelida to‘rtburchakning markaz koordinatalari, shuningdek eni va bo‘yining aniq o‘lchamlari paydo bo‘ladi.
Agar to‘rtburchakni yaratish jarayonida CTRL klavishini bosib tursak to‘rt tomini ham bir hil o‘lchamda va nisbatdagi to‘rtburchaklik hosil bo‘ladi.
Chizilgan to‘rtburchaklik rasmda quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Markazda jolashgan X harfi ko‘rinishdagi belgini bosib turib sursangiz va uni boshqa joyga olib borib qo‘yishimiz mumkin.
Corel DRAW dasturida burchaklari tutashib ketgan to‘trburchaklikni hosil qiluvchi instrument yo‘q. Bu vazifani esa Shape (shakl) instrumenti yordamida bajaramiz. Bu instrumentni to‘trburchakni hohlagan nuqtasiga olib borib bosamiz va chetga suramiz. Shundan keyin to‘rtta burchak birdaniga yoy holicha tutashadi. To‘rtburchakning burchaklarini yoy holida tutashtrishning interaktiv usuli juda qulay. Bunda har bir burchakni bo‘lak holatda tutashtirish mumkin. Buning uchun Z klavishini bosib, bog`lamni sichqoncha bilan bosish kerak. Shundan keyin Shape (shakl) instrumenti yordamida suriladi va to‘trburchakning bitta burchagi yoy holida tutashtirish zarur bo‘lsa Z klavishi bilan birga SHIFT klavishi ham bosiladi va kerakli burchaklar ketma-ket tutashtriladi. To‘rtburchaklik aktiv ob'ektga aylangandan keyin, atributlar panelida tutashma foizini hohlagancha o‘zgartirish mumkin.
|