III-Bob. Kasb-hunar kollejlarida naqqoshlik darslarining o’qitilish va o’rganilish darajasi




Download 5,91 Mb.
bet33/35
Sana03.04.2021
Hajmi5,91 Mb.
#14044
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
III-Bob. Kasb-hunar kollejlarida naqqoshlik darslarining o’qitilish va o’rganilish darajasi

3.1. -§. Kasb-hunar kollejlarida naqqoshlik san’atining o’qitilishi

Ilmiy tadqiqot ishimizmimg asosiy jihatlaridan biri tajriba-sinov darslarida olib borishdir. Bunga biz bir necha dars ishlanmalarini tayyorlab tajriba-sinov sinfida uni sinab ko’rdik. Nazorat sinfida o’z dasturiy rejasi asosida o’qituvchi olib bordi, o’qituvchi darsining tashkiliy tomonlarini, didaktik materiallarni tayyorladilar. Darslar quyidagicha olib borildi. Dars biz taklif qilgan reja asosida bo’ldi.

Mavzu: Naqshlar chizishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish. 4 soat amaliy mashg’ulot.

Darsning maqsadi: amaliy san’at ishlatiladigan naqshlar va uning turlari bilan o’quvchilarni tanishtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni estetik, xalq an’analarini, milliy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi maqsad: Amaliy san’at va naqqoshlikka chuqurroq o’rganishda Samarqand naqqoshlik maktabi rivojini yoritish.

Darsning jihozi: Naqsh turlaridan namunalar, Samarqand naqsh elementlari, andozalar, ma’ruza matni, kompyuter vositalari va boshqa ko’rsatmali materiallar.

Dars turi: Noan’anaviy (munozara, oz fikri bo’lsin, aqliy hujum va boshqalar)

Darsning texnologik tuzilishi:

1. Tashkiliy qism 3-5 daqiqa. Bunda sinf o’quvchilari ruhiy tayyorgarligi, darsfa qatnishishi, salomlashish, materiallarning etarligi o’rganilib bolalar kayfiyati ko’tariladi, dars mareriallarini o’rganishga imkoniyat paydo qilinadi.

2. Ma’ruzani o’quvchilarning o’zlari tayyorlab kelgan matnlar asosida boshlashga harakat qilinadi. Bunga sinf o’quvchilari 4 ta guruhga ketma-ketlik asosida sanatib bo’lib olinadi. Har 4 ta guruhga nom berilishi ishni yaxshi borishini ta’minlaydi.

3. Guruhlarning sardori va yordamchisi belgilanadi. Hamma guruh q’zolarining bilimi, kuchi, mashg’ulotga doir qiziqishlari bir hil bo’lishiga erishish kerak edi. Shularni hisobga olib so’rovnoma o’tkazdik. U quyidagicha edi.

So’rovnoma



    1. Siz amaliy san’at deganda nimani tushunasiz?

    2. Naqsh elementlarini chizishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga fikringiz qanday?

    3. Kompyuter grafikasi deganda nimani tushunasiz?

    4. Qanday dasturlar asosida naqsh elementlarini chizish mumkin?

    5. Paint dasturi asosida qanday naqsh elementlarini chizish mumkin?

    6. Power Point dasturi asosida qanday amallar bajariladi?

    7. Taqdimotlar qaysi dastur asosida tuziladi?

    8. Corel Draw dasturi haqida fikringiz qanday?

    9. Corel Draw dasturi asosida qanday amallar bajarish lozim?

    10. Qanday naqshlar bilan bezatilgan me’morchilik bor?

    11. Samarqand naqqoshligi nima?

    12. Kamoliddin Behzod kim bo’lgan?

    13. Nima uchun Mirak naqqosh deyiladi?

    14. Amaliy san’atning qanday turlarini bilasiz?

    15. Dizayn ham amaliy san’atga doirmi?

    16. Naqqoshlik faniga qiziqasizmi? nima uchun ?

Bu savaollarga olingan javoblar asosida biz guruhlarni tashkil etganmiz. Albatta bu savollarga javob darsdan tashqari vaqtda o’tkaziladi. Endi shu kabi savollarga o’quvchilar guruhida qanday tayyorgarlik va javob bo’ladi dars davomida o’rganamiz.

Guruhlarni ko’p hollarda fanga oid terminlar bilan ham nomlanadi. Masalan: Atirgul; Islimiy; Grih; Atribut; Bofta; Ritm; doira va hakozo bo’lishi mumkin.

Biz 4 guruhni “Islimiy”, “Girih”, “Ritm”, “Bofta” deb nomladik bu so’zlarni eslab qolishi uchun yana bir imkoniyat bo’ladi.

Har bir guruhga a’zo bo’lganlar biz tuzgan savollar bo’yicha ma’ruzasi bilan qatnashadi va bir-birining fikrini guruh a’zolari to’ldirib boradi. Har birida aniq vaqtga amal qilinsa natijali bo’ladi.

Biz yuqorida keltirib o’tgan dars ishlanmasi noan’anaviy amaliy darsi bo’ldi. Albatta buning ta’limiy va tarbiyaviy tamonlari yaxshi natijani ko’rsatadi.


Download 5,91 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Download 5,91 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III-Bob. Kasb-hunar kollejlarida naqqoshlik darslarining o’qitilish va o’rganilish darajasi

Download 5,91 Mb.