Jahon iqtisodiyotining globallashuvi mazmuni va rivojlanish bosqichlari




Download 33,31 Kb.
bet2/4
Sana28.05.2024
Hajmi33,31 Kb.
#255587
1   2   3   4
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi mazmuni va rivojlanish bosqichlari

Globallashuv muammolari

Jahon iqtisodiyotining globallashuvi ko`p jihatan global muammolar tushunchasi bilan bog`liqdir. XX asrning ikkinchi yarmida insoniyat oldida juda ko`p murakkab muammolar vujudga keldi. Ularning asosiy qismi ta‘sir doirasining miqyosi va ahamiyatiga ko`ra global muammolar nomini oldi.
XX asrning 60 yillariga kelib global muammolar tor doiradan keng doirada ishlatilishiga o`tib qoldi. Ushbu davrdan boshlab jamiyatning ushbu bobga qiziqishi intensiv ravishda oshib bordi va uning muhokamasi keng doiradagi majlislarda ko`rila boshladi.
Ushbu bobga juda katta qiziqishning sababi bo`lib birinchi o`rinda insoniyatning yer kurrasining hatto bir chekkasida yuzaga kelgan jiddiy muammo bir kun kelib butun planetaga o`z ta‘sirini o`tkazishi mumkinligini tushunib yetganligi bo`ldi.
Global muammolarni o`rganish va insoniyatni kelajagini tahminlash jarayoni bo`yicha ilmiy ishlarni olib borishda italiyalik menedjer Aurelio Pechchei tomonidan tashkil etilgan xalqaro nohukumat tashkiloti bo`lmish – Rim klubi alohida o`rin egallaydi.
Rim klubi a‘zolari o`z oldilariga ikkita maqsadni qo`yadi: birinchisi, insoniyat oldida turgan asosiy global muammolarni aniqlash, ikkinchisi, jamiyatga ushbu global muammolarni taqdim etib, ularning bartaraf
etish borasidagi eng dolzarb ishlarini belgilab olib amalga oshirish.
Rim klubidagi ma‘ruzalar ushbu izlanishlar natijasi bo`ldi va ularda mashhur olimlar global muammolarni hal etishning turli yo`llarini yoritgan edilar.
Rim klubini birinchi ishlaridan biri bo`lib, umumjahon rivojlanishini matematik modelga qo`yish bo`ldi. Ushbu model rivojlanishning asosiy parametrlari bo`lgan aholi, kapital qo`yilma, qayta tiklanmaydigan resurslarning ishlatilishi, atrof muhitning ifloslanishi, iste‘mol mollarini ishlab chiqarilishi kabilarni e‘tiborga olgan edi.
Rim klubi a‘zolari orasidan keyinchalik bir qancha ma‘ruzalar tayyorlandi. Bu ma‘ruzalarda sivilizatsiyani qayta tiklash va atrof muhitni ifloslovchi insonlar ongini yangilash zarurligi alohida ta‘kidlangan.
Darhaqiqat, global muammolarni bu qadar chuqurlashib ketishiga asosiy sabablardan biri bo`lib, odamlar hayotining har jihatiga o`z ta‘sirini o`tkazib bo`lgan ilmiy - texnik taraqqiyoti desa bo`ladi.
Uning ijobiy natijalari bilan birga, ilmiy, texnikaviy, texnologik imkoniyatlar insonlar uchun kimyoviy, baktereologik, yadroviy qurollarini yaratish imkonini ham berdi.
Shu jihatdan, butun dunyoni va insoniyatning bugungi kuni va kelajagiga xavf soluvchi, yechimini topishda barcha davlatlar va xalqlarning hamjihatlik bilan birgalikda harakatini talab qiluvchi muammolar global muammolar deb atash mumkin.
Global muammolar, o`z navbatida, aholi iqtisodiy - ijtimoiy taraqqiyoti va atrof muhit o`rtasidagi o`zaro munosabatlar natijasidir.
Global muammolar:
birinchidan jami insoniyatga, barcha mamlakatlar, xalqlar, ijtimoiy tabaqalar
manfaatlari va taqdirlariga ta‘sir ko`rsatuvchi; ikkinchidan iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta talofatlarga, inqirozlarga sabab bo`luvchi, chuqurlashgan taqdirda esa jahon sivilizatsiyasining mavjudliligiga ham xavf soluvchi; uchinchidan yechimini topishga umumplanetar miqyosdagi hamkorlikni
barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda harakat qilishini talab qiluvchi muammolardir.
Global muammolarning orasida eng muhimlarini ko`rsatib o`tish mumkin:

  • rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloqlikdan chiqarish muammosi;

  • tinchlik va qurolsizlanish muammosi;

  • ekologik muammolar;

  • energetik muammolar;

  • xom - ashyo muammosi;

  • gumanitar muammolar;

  • oziq - ovqat muammosi kabi muammolar alohida ajralib turadi.

Rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloqlikdan chiqarish muammosi.
Hozirgi kunda jahonda mavjud barcha mamlakatlarning 30 foiziga yaqini qoloq hisoblanadi. Iqtisodiy qoloqlik mazkur mamlakatlarda siyosiy beqarorlik hamda ijtimoiy tengsizlik, irqiy va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda.
Oxirgi paytlarga qadar kambag`allik, asosan daromadning borligi yoki yo`qligi nuqtayi nazaridan qarab kelingan. Ammo kambag`allik daromadning yoki qabul etilgan kaloriyalarning kamligiga qaranda g`oyat keng ko`lamdagi tushunchadir.
Bu – uzoq, sog`lom va ongli hayot kechirish hamda yaxshi turmush darajasi, qadr-qimmat, g`urur va o`zgalarni ham qadrlash darajisiga erishish uchun keng ko`lamda zarur bo`ladigan imkoniyatlar va tanlash huquqidan maxrumlik demakdir.
Yer kurrasining, pana-pastkamlarda, omonat boshpanalarda, noqonuniy kirib olgan kulbalarda, eng kam ijara haqi to`lanadigan uylarda, salomatlik borasida bir olam muammolari mavjud dunyo aholisining katta qismi o`z hayot tarzini yaxshilash imkoniga ega bo`lmagan holda kambag`allik iskanjasida yashamoqdalar.
Eng rivojlangan davlatlar va uchinchi dunyo davlatlari o`rtasidagi rivojlanishda va yashash sharoitida o`sib borayotgan farq muammosi yechimini topmayapti.
Tinchlik va qurolsizlanish muammosi.
XX asrning eng asosiy hodisalaridan bo`lmish ikki qutbli tizimni yo`qolganidan so`ng ko`pchilik endi dunyoda faqat tinchlik bo`ladi, eng asosiy qarama - qarshi kuchga barham berildi deb hisoblagan edi.
Urush va tinchlik muammosi XX asrning ikkinchi yarmining deyarli 40 yili mobaynida haqli ravishda insoniyatning eng muhim muammosi bo`lib kelgan.
Albatta bizning asosiy maqsadimiz yerda tinchlikni saqlash, insoniyat uchun qaytarib bo`lmas kulfatlar keltiruvchi turli ziddiyatlarni oldini olish, geosiyosiy tenglik va barqarorlik muammolarini hal etishdir.
Gumanitar muammolar.
Bugungi kunda gumanitar muammolar asosiy va jiddiy masalalardan bo`lib ko`rinmoqda. Hozirda bir milliard aholi o`ta qashshoqlikda va ochlikda yashashini hamda 4,8 milliard aholi zamonaviy tibbiyot xizmatlaridan mahrumligi, bir yarim milliard aholi munosib yashash sharoitiga ega emasligi juda achinarli xoldir. Rivojlanayotgan davlatlarning aholisi o`z daromadlarining 90 foizini oziq - ovqat xarajatlari uchun sarflaydi, ammo bu ularga normal oziq - ovqat bilan ta‘minlashga yetmaydi, oddiy amerikalik esa daromadining 20 foizini oziq - ovqatga xarajat qiladi va bu u uchun yetarli hisoblanadi.
Bu muammo ko`rinishidan yuzaki bo`lgani bilan, chuqur muammolardan biridir. Kambag`allik hukm surgan rivojlanayotgan davlatlarda OITS, gepatit, saraton (rak) kabi kasalliklar asosiy muammolardan biriga aylanmoqda. To`g`ri, hozirda rivojlangan davlatlar tomonidan gumanitar yordamlar ko`rsatilmoqda, ammo bu yordamlar yetarli darajada bo`lmayapti.
Juda jiddiy muammolardan biriga hozirgi kunda ichimlik suvi muammosi ham aylanib bormoqda. Chunki ichimlik suvining umumiy zahirasi barcha mavjud suvlarning atiga 3 foizini tashkil etadi.
Oziq- ovqat muammosi.
Global oziq - ovqat muammosi insoniyatning eng qadimgi muammolaridan biri hisoblanadi. Ocharchilik qadimgi davlatlarda ham, o`rta asrlarda ham, hozirgi vaqtda ham insonlarni boshiga tushgan eng katta muammodir.
Ocharchilik ikki shaklda namoyon bo`ladi. Birinchi shaklda ocharchilik surunkali davom etadi, uning natijasida odamlarning ahvoli yomonlashadi, tinkasi quriydi va xavfli kasalliklarga chalinish ehtimolligi kuchayadi. Ocharchilikning bu shakli to`yib ovqat yemaslik deb nomlanadi.
Ikkinchi shaklda ma‘lum bir vaqtda va ma‘lum bir hududda qurg`oqchilik yoki boshqa bir sabablar bilan bog`liq bo`lgan ocharchilik oqibatida millionlab insonlar halok bo`ladi.
Insonning bir kunlik oziq - ovqat normasi 2400-2500 kkal dan past bo`lmasligi lozim. Ovqat to`yib yemaslik holati 1800 kkaldan tushgan paytda sezila boshlaydi. Ocharchilik esa ushbu ko`rsatkich 1000 kkaldan kam bo`lganda kuzatiladi.
G`arbda yashovchi 1,2 mlrd. kishi organizmlari talab qiladigandan ko`proq oziq-ovqat iste‘mol qiladilar. Masalan, AQSHda ortiqcha ovqatlanish oqibatlarini bartaraf etish uchun har yili 100 mlrd. AQSH doll. dan ko`proq mablag` sarflanadi. AQSH, Fransiya, Belgiya va Avstriyada eng ko`p reklama qilinadigan tovarlar oziqovqatlar hisoblanadi. Har ikki AQSH fuqarosining biri (aholining 55 foizi) ortiqcha vaznga ega.
BMT Bosh Assambleyasining 55 - maxsus sessiyasi - Ming yiilik sammiti (2000 yil, 6-8 sentyabr) arafasida tayyorlangan ma‘ruza BMTning globallashtirish davridagi roliga bag`ishlangan. Bosh kotib o`zining ―Biz, xalqlar: XXI asrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining roli‖ ma‘ruzasida insoniyat oldida turgan muammolar obzorini taqdim etdi va ularni amaliy hal etishni tavsiya etdi. Ushbu xujjat ―Ming yillik ma‘ruzasi‖ nomi bilan mashhur bo`lib, ma‘ruzada Bosh kotib globallashtirish hammaga foydasi tegishi uchun bo`ysundirishga yo`naltirilgan xarakatlar rejasini tavsiya etdi.
Hozirda bir milliardga yaqin aholi o`ta qashshoqlikda yashamoqda. Ushbu muammoni bartaraf etish asosiy masalardan biri bo`lib qolmoqda. Shu sababli 2000 yilgi BMT ning Ming yillik uchun rejalar Sammitida ushbu muammoga qarshi kurashish deklaratsiyasi qabul qilindi.
Natijada, global muammolar dunyodagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy rivojlanishning asosiy tendensiyalari bilan bog`liqdir. Ma‘lumki ushbu muammolarni hal qilishga hozirda turli tashkilotlar hamda davlatlar katta miqdorda mablag` ajratishgan va ajratishmoqda.
Globallashuvning foydasi ko`z oldimizda: yanada tezkor iqtisodiy o`sish, yanada yuksak turmush darajasi, yangi imkoniyatlar. Biroq bu jarayonda, allaqachon salbiy ta‘sir o`zini namoyon etmoqda, chunki bu foydalar haddan tashqari notekis taqsimlanayapti, chunki hozirga qadar global bozor hamjihatlikdagi ijtimoiy maqsadlarga asoslangan qoidalarga amal qilmaydi 2.
1945 yilda BMT asoschilari xalqaro dunyoning ochiq va hamkorlikga assolangan tizimini yaratgan edilar. Bu tizim o`z vazifalarini bajarayapti va globallashuvni hayotiy haqiqatga aylantirdi.
Bularning hammasi jahon hamjamiyati tomonidan Ming yillik Rivojlanish Maqsadlari (MRM) ning ishlab chiqilishiga sabab bo`ldi. MRM 2015 yilgacha amalga oshirilishi zarur bo`lgan 8 maqsad, 18 vazifa va 48 ko`rsatkichni o`z ichiga oladi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar hukumatlarining hamda xalqaro tashkilotlarning maqsadga yo`naltirilgan va o`zaro muvofiqlashtirilgan harakatlari Mingyillik Deklaratsiyasida ko`rsatib o`tilgan maqsadlarga erishishning asosiy mexanizmi sanaladi.
O`zbekistonning MRM ga erishish yo`lida olib borayotgan harakatlari taxsinga loyiq. Zero mamlakatda buning uchun zarur bo`lgan barcha shart-sharoitlar mavjud. Ijtimoiy yo`naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yetarli tajribaga ega bo`lgan hukumat siyosiy institutlari va mexanizmlari, shuningdek, ko`p sonli xalqaro tashkilotlar bilan yaxshi yo`lga qo`yilgan hamkorlik aloqalari shular jumlasidandir.



  1. Download 33,31 Kb.
1   2   3   4




Download 33,31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jahon iqtisodiyotining globallashuvi mazmuni va rivojlanish bosqichlari

Download 33,31 Kb.