• Jahon iqtisodiyoti globallashuvining mohiyati va o`ziga xos xususiyatlari
  • Jahon iqtisodiyotining globallashuvi mazmuni va rivojlanish bosqichlari




    Download 33,31 Kb.
    bet1/4
    Sana28.05.2024
    Hajmi33,31 Kb.
    #255587
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Jahon iqtisodiyotining globallashuvi mazmuni va rivojlanish bosqichlari


    Jahon iqtisodiyotining globallashuvi mazmuni va rivojlanish bosqichlari

    Reja:



    Kirish

    1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining mohiyati va o`ziga xos xususiyatlari

    2. Globallashuv muammolari

    3. Global iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari.

    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

    Kirish
    Globallashuv atamasi hozirgi davrda uni qaysi sohada ishlatilishiga qarab, turli mazmunni anglatadi. Globallashuvga iqtisodiy ma‘no beruvchilar asosan XX asrda yuz berayotgan jarayonlarni uzoq tarixiy davrning, ya‘ni milliy xo`jaliklarning baynalminallashuvidan, uning globallashuviga o`tishi ekanligini ta‘kidlashadi. Ular shu bilan birga globallashuvni iqtisodiy hayot baynalminallashuvi rivojlanishuvining yangi sifat bosqichi sifatida ta‘riflamoqdalar.
    Globallashuv jarayoni – butunjahon tarixining qonuniy bosqichidir. U ob‘ektiv bo`lib, inson-sub‘ekti ongiga bog`liq bo`lmagan holda ishlab chiqarish kuchlari o`sishidagi asosga egadir.
    Globallashuvga iqtisodiy yondashuv tarafdorlari bu jarayonni iqtisodiy hayotning baynalmanallashuvining yangi bosqichi deb hisoblab, zamonaviy mamlakatlararo xo`jalik aloqalari uzoq tarixiy davr mobaynida shakllanganligini e‘tirof etadilar. Xo`jalik aloqalarining har bir shakli milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining ma‘lum bir bosqichi natijasi bo`lib, hozirgi davrda ishlab chiqarish, savdo, moliya-kredit sohalarining birligi jahon xo`jaligi shakllanganligidan dalolat beradi.

    1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining mohiyati va o`ziga xos xususiyatlari

    XX asrning oxiri – XXI asrning boshida globallashuv jahon xo`jaligi rivojlanishining asosiy, fundamental tendensiyasi sifatida qaror topdi.
    ― Globallashuv‖ deganda ko`pincha iqtisodiy ochiqlikning oshishi, savdo-sotiq va xalqaro kapital erkinlashishi tushuniladi1.
    Globallashuv jahon mamlakatlari iqtisodiyotlarining o`zaro bir-biriga kirib borishini, o`zaro bog`liqligini va bir-biri bilan qo`shilib ketishini ifodalaydi. Bunda bir mamlakatda yuz berayotgan iqtisodiy jarayonlar boshqa mamlakatlarda o`z aksini topadi, u yangi axborot texnologiyalariga asoslangan bo`ladi va butun dunyoni bir butun sifatida ifodalaydi.
    Globallashuv jarayoni turlicha qabul qilinadi va baholanadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda unga turlicha munosabatda bo`lishadi. Bir tarafdan, xorijiy raqobat uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdo, kapital va mehnat resurslari ko`chib yurishining kuchayishi jahon ishlab chiqarish omillaridan samaraliroq foydalanish, jahon ishlab chiqarishini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va unda ishtirok etuvchi mamlakatlar uchun yutuq deb atash mumkin.
    Jahon iqtisodiyoti (jahon xo`jaligi, butunjahon iqtisodiyoti), eng qisqa ta‘rifga ko`ra – bu jahonning barcha milliy iqtisodiyotlarining yig`indisidir. Agar jahon xo`jaligi jahon mamlakatlarining yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi negizida hisoblansa, 2018 yilda ularning hajmi taxminan 84,835.46 trln. dollarni (xarid qobiliyati pariteti (XQP) bo`yicha taxminan 90 trln. doll.) tashkil qiladi.
    Jahon iqtisodiyotida uning eng dinamik qismi – global iqtisodiyot ajratiladi. Bu milliy iqtisodiyotlarning resurslar va mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ni tashqi dunyoga yetkazib beruvchi va (yoki) ulardan oluvchi qismidir. Iqtisodiy nazariya bunday resurslar va mahsulotlarni, savdo qilinmaydigan, ya‘ni milliy chegaralarni hatlab o`tmaydigan resurslardan farqli ravishda savdo qilinadigan resurslar va mahsulotlar deb nomlaydi. Tushunarliki, xalqaro iqtisodiy munosabatlar ham eng avvalo global iqtisodiyot bilan bog`langan.
    Global iqtisodiyotni miqdoriy baholashga urinib ko`rilsa, uning hajmi jahon iqtisodiyotidan bir necha marta kam bo`ladi. Bu shuning uchun ro`y beradiki, jahonning yetakchi iqtisodiyotlari (masalan, jahon YaIM hajmining 90 %ini ishlab chiqaruvchi YaIM hajmi bo`yicha eng yirik 20 ta mamlakat) avvalgidek, tashqi bozordagi emas, balki ustun ravishda ichki bozordagi mahsulotlarga bo`lgan talab va taklifga yo`nalgan bo`ladi. Masalan, Rossiyada import, tovarlar va xizmatlar iste‘molining 13-14%ni ta‘minlaydi, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 16-18% eksportga yo`naltiriladi, to`g`ridan to`g`ri investitsiyalar oqimi Rossiya iqtisodiyotiga umumiy kapital qo`yilmalar hajmiga eng ko`pi bilan 16% (ya‘ni Xitoy va Braziliya darajasida) hissa qo`shadi, mamlakatga doimiy va vaqtincha ishlash uchun kirib kelgan ishchi kuchi, baholashlarga ko`ra ish joylarining 10 %ga yaqinini tashkil qiladi. AQSH va Xitoyda ushbu ko`rsatkichlar bundan yuqori emas.



    1. Download 33,31 Kb.
      1   2   3   4




    Download 33,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jahon iqtisodiyotining globallashuvi mazmuni va rivojlanish bosqichlari

    Download 33,31 Kb.