|
Global iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari
|
bet | 3/4 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 33,31 Kb. | | #255587 |
Bog'liq Jahon iqtisodiyotining globallashuvi mazmuni va rivojlanish bosqichlariGlobal iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari
Global iqtisodiyotning yadrosi qadim zamonlardayoq Hind okeani va O`rta er dengizi atrofidagi mamlakatlar bilan birgalikda Yaqin Sharq mintaqasida paydo bo`lgan.
Barchasi xalqaro tovarlar savdosidan boshlangan. Dunyodagi birinchi yirik davlat – Misrning aholisi 5 ming yil avval qo`shni qabilalar bilan savdo qilar edi: Misr hunarmandchiligi va dehqonchiligining mahsulotlari evaziga ulardan yog`och, metall, qoramol xarid qilingan. Xalqaro tovarlar savdosiga xizmatlar sotuvchilari qo`shila bordi. Finikiyalik va gretsiyalik savdogarlar nafaqat butun O`rta yer dengizi bo`ylab o`zida ishlab chiqarilgan va boshqa mamlakatlarda sotib olingan tovarlar bilan savdo qilar, balki o`zgalarning yuklarini va o`zga yurtlik yo`lovchilarni tashib xizmatlar ham ko`rsatar edilar.
Asta-sekin xalqaro savdo boshqa dunyo mintaqalarini – dastlab Janubiy Osiyoni, so`ngra Janubiy-Sharqiy Osiyo va Sharqiy Osiyo, Rossiya, Amerika, Avstraliya va Okeaniyani, va nihoyat, Tropik Afrikaning etib borish qiyin bo`lgan hududlarini qamrab ola boshladi. Natijada, XIX asr oxirlariga kelib jahon tovarlar va xizmatlar bozori, ya‘ni savdo qilinadigan mahsulotlar bozorlarining yig`indisi vujudga keldi.
Shu bilan bir vaqtda jahonda xalqaro iqtisodiy resurslarning harakati ham o`sib bordi. G`arbiy Yevropa kapitallari Amerika va Rossiyadagi investitsiyalarning sezilarli unsurlariga aylandi, yevropalik emigrantlar Shimoliy Amerika, Janubiy
Osiyo, Avstraliyaning ulkan kengliklarini xo`jalik jihatdan o`zlashtirdilar. G`arbiy tadbirkorlar dunyoning barcha burchaklariga g`arbiy fan yutuqlarini (elektr quvvati, ichki yonish dvigateli, mexanik harakatlanish vositalarini) olib bordilar. So`ngra kamroq rivojlangan mamlakatlar ham bilimlar, kapital va ayniqsa ishchi kuchini eksport qila boshladilar, buning natijasida mamlakatlar o`rtasida iqtisodiy resurslarning ko`chish jarayoni o`zaro (ikki tomonlama), biroq unchalik simmetrik bo`lmagan xususiyatlarga ega bo`ldi. Shunday qilib, barcha milliy iqtisodiyotlar nafaqat jahon tovarlar va xizmatlar bozorining, balki xalqaro iqtisodiy resurslar harakatining ishtirokchilariga aylandi.
Ushbu sharoitlarda XIX – XX asr bo`sag`asida global iqtisodiyot to`g`risida gapirish imkoniyati tug`ildi.
Globallashuvning bosqichlari
Global iqtisodiyot vujudga kelgach, bir necha bosqichlarni bosib o`tdi.
XIX asr oxiridan Birinchi jahon urushigacha bo`lgan davr globallashuvning dastlabki bosqichiga aylandi. Ushbu uchta o`n yillik davrida ko`pgina milliy iqtisodiyotlarda eksport va import qilinuvchi mahsulotning ulushi bo`yicha erishilgan daraja faqatgina yarim asrdan so`nggina oshirildi. G`arbiy Yevropa mamlakatlaridan iqtisodiy resurslarni yangi tez o`sib borayotgan iqtisodiyotlarga (o`sha vaqtda bu AQSH, Rossiya va Britaniya dominionlari) olib chiqishning katta ko`lamlaridan
(Buyuk Britaniya o`z mamlakatiga nisbatan chet elga ko`proq kapital kiritar edi) faqatgina ko`p o`n yilliklardan so`ng oshib o`tildi. Birinchi jahon urushidan oldin chet eldan kapital oqimi Rossiyada sanoatga investitsiyalarning yarmidan ortig`ini ta‘minlar, AQSHda ishchilarning yarmidan ortig`i immigrantlardan tashkil topgan edi. O`sha davrda integratsion birlashmalar mavjud bo`lmagan (ularning o`rnini ma‘lum darajada imperiyalar bosar edi), xalqaro iqtisodiy tashkilotlar kamsonli va zaif, TMKlar esa ko`p bo`lmagan bo`lsada, biroq umuman olganda globallashuvning mazkur bosqichi haqida globallashuvning dastlabki to`lqini sifatida gapirish mumkin.
Birinchi jahon urushining boshidan Ikkinchi jahon urushining oxirigacha bo`lgan davr urushlar, inqiloblar, 1930-yillar iqtisodiy inqirozi davomida globallashuvning qisqarish bosqichi bo`ldi. Natijada, agar Rossiyadan tovarlar eksporti 1913 yilda 1 mlrd dollardan ortiq bo`lgan bo`lsa, 1938 yilda – atigi 0,3 mlrd dollarni tashkil qilgan. AQSHda ushbu davrda eksport 2,6 mlrd dollardan 3,1 mlrd dollargacha ortdi, lekin haqiqatda u keskin pasaydi, chunki dollar bu davrda 2,2 marta qadrsizlandi.
Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan keyingi va 1970-yillarning oxirigicha bo`lgan davr global iqtisodiyotning tiklanish bosqichi bo`ldi. 1950-yillarning boshidayoq jahon savdo hajmi 1913 yil darajasiga etdi, xolbuki iqtisodiy resurslarning harakati ushbu davrning faqatgina oxiriga kelib avvalgi ko`lamga etdi. Ushbu bosqichda globallashuvning yangi to`lqini uchun muhim shart-sharoitlar yaratildi – integratsion birlashmalar tashkil topar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning soni ko`payar, TMKlar soni tez ortib borar edi.
1970-yillarning oxiri – 1980-yillarning boshidan 2008 yilda boshlangan jahon iqtisodiy inqiroziga qadar bo`lgan davr globallashuvning ikkinchi to`lqiniga aylandi. Birinchi to`lqinning deyarli barcha rekordlaridan oshib o`tilgan edi. Eksport va import qilinuvchi mahsulotning ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbati keskin o`sdi, integratsion birlashmalar ko`pgina mintaqalarda qudratli kuchga aylandi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning ahamiyati, ayniqsa kamroq rivojlangan mamlakatlar uchun keskin o`sdi, TMKlar esa umumiy jahon YaIMning chorakdan uchdan bir qismigacha (shu jumladan, faqat o`z xorijiy filiallarida 9%dan ortig`ini) ishlab chiqara boshladi.
Biroq, globallashuvning yuqorida aytib o`tilgan inqirozdan so`ng boshlangan hozirgi bosqichi uning xarakterini yangitdan o`zgartirmoqda. Yirik mamlakatlarda tashqi bozorga nisbatan ishonchliroq bo`lgan ichki bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga bo`lgan e‘tibor kuchayib bormoqda. Jahonda kapitalning erkin harakatlanishi ayniqsa, kapitalni xalqaro ―tushirish va ortish shohobchalari‖ – offshor yurisdiksiyalari tobora ko`proq tanqidiy ko`rib chiqilmoqda. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi yo`lidagi to`siqlar ko`payib bormoqda. Ehtiyotkorlik bilan shuni oldindan aytish mumkinki, bu so`nggi jahon iqtisodiy inqirozining oqibatidan ko`ra ko`proq globallashuv sur‘atlari pasayishining uzoq muddatli tendensiyasi bo`ladi. Ehtimol, globallashuv davriy (siklik) rivojlanadi va uning ikkinchi to`lqini, ikkita jahon urushlari orasidagi davrda bo`lganidek tislanma harakat bilan emas, balki nisbatan o`rtacha sur‘atlar bilan almashib, tugamoqda.
Xulosa
XX asrning so`nggi o`n yilligida baynalminallashuv va transmilliylashuv atamalari iqtisodiy adabiyotlarda qo`llanila boshlandi. Keyinchalik esa milliy xo`jalik aloqalarining tez rivojlanishi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ularning baynalminallashuvidan transmilliylashuvga va XX asr oxirida globallashuv bosqichiga o`tishiga turtki bo`ldi.
Globalashuv jarayoni mamlakatlar iqtisodiyotni jahon bozoridagi o`zgarishlarga bog`liq bo`lishini birldiradi. Yer yuzida 200 dan ziyod mamlakat bo`lsa, ularning bir qismi integratsiyalashuv ittifoqlariga kiradi, boshqalari esa unda ishtirok etmaydi, biroq globallashuv jarayoni ta‘sirida bo`ladi.
Globalashuv jarayoni mohiyatan iqtisodiyotning umumbashariy tus olishi, milliy iqtisodiyotlar rivojlanishining tashqi iqtisodiy aloqalarga bog`liq bo`lib qolishi demakdir.
Globalashuv jarayonida nafaqat tovarlar va xizmatlar, balki resurslar ham dunyodagi talab-ehtiyojga qarab mamlakatlar o`rtasida taqsimlanadi. Ish kuchi, kapital, xom ashyo va energiya omillari, yangi texnologiya va yangi g`oyalar dunyo uzra tez tarqaladi. Yangiliklar umumbashariy doirada yuz beradi. Natijada dunyodagi iqtisodiy o`sish jadallashadi.
Globallashuv jarayoni xalqaro maydonda hamkorlikni ham raqobatni uyg`unlashuvi va kuchayishi kabi birdek o`zida namoyon etadi. Bundan tashqari, raqobatlashayotgan guruhlar o`rtasidagi kurashda o`z mavqe‘ini mustahkamlash bunday har bir guruh doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish va kuchlarni birlashtirishni ham talab etadi.
|
| |