• Raqamli texnologiya tushunchasi va uning ahamiyati
  • Birinchi yo‘nalish
  • Jahonga raqamli platformalarning rivojlanish tendentsiyalari va turlari Reja




    Download 104.5 Kb.
    bet1/4
    Sana04.06.2023
    Hajmi104.5 Kb.
    #69631
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Jahonga raqamli platformalarning rivojlanish tendentsiyalari va turlari
    Tarbiyaning kasb etikasi, Salimova Mohigul TEST, Firma faoliyatida moliyaviy rejalashtirish, Moliya tizimining sohalari va bo\'g\'inlari, xxxf, 12. Shaxsning individual xususiyatlari va ularni diagnostika qilish., 023-81 guruh talabalar ro`yxati, bayonnoma, йиғилиш маълумоти, mathcad-dasturi-interfeysi-matematik-ifodalarni-qurish-va-hisoblash-sonlarni-formatlash, Artificial-Intelligence

    Jahonga raqamli platformalarning rivojlanish tendentsiyalari va turlari
    Reja:
    1. Raqamli texnologiyalar (Digital technologies) tushunchasi, uning maqsadi va vazifalari.
    2. Tizim haqida tushuncha va uning asosiy turlari. Raqamli axborot tizimlarning ta’rifi va tavsifi. Raqamli axborot tizimlarining strukturasi va tarkibiy elementlari.
    3. Raqamli axborot tizimlarning dasturiy ta’minoti va turlari. Raqamli texnologiyaning jahon miqyosidagi o‘rni.

    Raqamli texnologiya tushunchasi va uning ahamiyati
    Raqamli texnologiya bu – xo‘jalik yuritishning bir zamonaviy shakli bo‘lib. unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko‘rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni xizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ho‘jalik yuritish shakllariga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli texnologiyalarni. masofaviy meditsina xizmatlari ko‘rsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida mahsulot yetishtirish va uni yetkazib berishni, turli xildagi tovarlarm saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin.
    Raqamli texnologiylarga o‘tish nimani anglatadi? - degan savolga quyidagicha qilib javob berish mumkin:

    • Raqamli tcxnologiyalarga o‘tish deganda, kompuyterlar va bilimlarga asoslangan holda jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining butunlay yangicha turini barpo etishni tushunamiz:

    • Raqamli texnologiyalarga o‘tish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari sifatida ma’umotlar bilan ishlashni amalga oshirib beradigan mobil ijtimoiy tarmoqlar, bulutli texnologiyalar. sensor tarmoqlar, buyumlar interneti hamda sun’iy intellekt texnologiyalari misol sifatida ko‘rsatish mumkin:

    • Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan texnologiyalar birgalikda "aqlli" ob’yekt va jarayonlarni (aqlli davlat, aqlli uy. aqlli shahar, sog‘liqni saqlash, transport va tadbirkorlik) yaratishga imkon beradi.

    Raqamli texnologiyalar quyidagi tizimli o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi:
    Ta’lim, ishlab chiqarish va boshqaruvdagi virtualizatsiya jarayonlarining amalga oshishi:


    • buyumlar interneti va masofaviy ta’limning paydo bo‘lishi:

    • blokcheyn texnologiyalar va u vositasida yurutiladigan turli-tuman jarayonlar;

    • mayning jarayoni hamda mustaqil biznes yuritish imkoniyatining hosil bo‘lishi;

    • yangi bank-pul-kredit tizimi va banklar faoliyatining paydo bo‘lishi;

    • katta investitsyalar jalb qilish imkonini beradigan ICO (Initial Coin Offering) jarayonining tadbiq etilishi;

    • yangi kadrlar va yangi ish joylarining paydo bo‘lishi;

    • yangi korporativ madaniyatning yuzaga kelishi;

    • yangi boshqaniv va nazorat usullarining tadbiq qilinishi;

    • katta ma’lumotlar bazalari (big data) tarkib topishi;

    • sun’iy intellekt va intellektual boshqaruv tizimlarhiing amalga oshishi;

    • mustaqil pul birligi sifatida kriptovalyutalarning paydo bo‘lishi ;

    • bundan boshqa juda katta imkoniyatlarning yuzaga kelishi;

    Raqamli texnologiyalarining asosiy rivojlanish bosqichlari sifatida esa quyidagilami keltirishimiz inumkin:



    1. Bosqich:

    • Boshqaruv jarayonlarni kompyuterlashtirish va avtomatlashtirishning amalga oshirilishi (shu jumladan, ARM. ERP. EDI, SRM, SAPR, ASU, ASUTP va boshqalar)

    • Telekommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi. shu jumladan. simli va simsiz, optik aloqaning amalga oshirilishi.

    1. Bosqich:

    • On-line platformalarning hayotga tadbiq qilinishi (qidiruv tizimlari, elektron savdo maydonlari, masofaviy ta’lim, ijtimoiy tarmoqlar)

    • Bulutli va virtual texnologiyalarning hayotga kirib kelishi.

    1. Bosqich:

    • Katta ma’lumotlarning prediktiv analitikasi, buyumlar interneti, robototexnika, additiv texnologiyalarning keng miqyosda ishlatilishi (shu jumladan, 3D-printerlar), sun’iy intellekt (shu jumladan, mashina yordamidagi ta’lim jarayoni).

    Raqamli texnologiyalarning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsata olamiz:



    1. vositachilarsiz global resurslardan foydalana olish imkoniyati;

    2. turli xildagi resurslarni ijaraga berish imkoniyati;

    3. ko‘ngillilik (volonterlik) modelini ishlata olish (open source model);

    4. global ekosistema orqali savdo-sotiq qila olish iinkoniyati.

    Raqamli texnologiyalar uchun zaruriy bo‘lgan zahiralar jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

    • hisoblash-kommunikatsion infratuzilma mavjudligi;

    • turli xildagi raqamli texnologiyalarning ishlashi;

    • tezkor Internet borligi;

    • raqamli texnologiyalar sohasida tayyorgarlik ko‘rgan inson resurslari mavjudligi:

    • turli xildagi biznes moellar keng miqyosda ishlatilishi;

    • intellektual on-line ishlab chiqarish tizimlari mavjudligi:

    • raqamli texnologiyalar uchun moliyaviy ta’minot yetarliligi:

    • kraudsorsing va kraudfunding jarayonlarini tashkil qilish imkoniyatlari.

    Biznesda mustahkam raqobat ustunlikka erishish, eng yuqori cho‘qqiga chiqish hamda bu maqomni saqlab qolish unchalik oson ish emas. Xususan, AQSH statistika ma’lumotlariga ko‘ra. 2000 yil Fortuue 500dan o‘rin olgan kompaniyalaming 52%dan ko‘prog‘i hozirgi kunga kelib mavjud emas. Yana bir muhim ko‘rsatkich: Standard & Poor’s 500ga kiradigan kompaniyalarning o‘rtacha umr uzunligi 1960 yilda 60 yilni tashkil qilgan bo‘lsa. 2020 yilga kelib, 12 yilga qisqarar ekan. Yetakchilik muddatining bunday besh karra qisqarishining sababi butun biznesning. jumladan, servis biznesining raqamli asoslarga o‘tishi sanalib, biz hozirgi kunda bu hodisaning guvohi va qatnashchisi bo‘lib turibmiz. «Raqamli inqilob» (Digital Disruption) - fenomeni tahlilchilar orasida ham, kompaniyalar direktorlar kengashilarida ham dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Servis biznesi qaysi bir ma noda «default» (shartlarsiz tan olingan) maqomidagi raqamli biznesga aylanmoqda. Bir tomondan, hech bir kompaniya ham foto biznesida bir paytlar plenkadan «raqam»ga sakrab o‘tish vaqtini sezib-sezmay o‘tkazib yuborgan Kodak qismatini takrorlashni istamaydi. Boshqa tomondan, Amizon, Uber, Airbnb va boshqalar raqamli inqilobdan qanday qilib foydalanish hamda biznes yuritishning tamomila yangicha sxemalari o‘ylab topish va amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatadilar. Intemet dastlab onlayn-vitrina kabi, keyinroq esa onlayn-magazin rolida oflayn-biznesga qo‘shimcha sifatida ko‘rib chiqilgan vaqtlar o‘tib ketdi. Hayot sahnasiga yangi avlodlar internet tarmog‘ida «yashaydigan» yoshlar kirib kelishi biznesning onlayn («raqamli») bo‘lishiga olib keldi. Insoniyat global o‘zgarishlar davriga qadam qo‘ydi. Yaqin vaqtlarda inson hayot faoliyatining asosiy sohalari - iqtisodiyot va boshqaruv, fan va xavfsizlik bo‘lgan bo‘lsa, endi yangicha shakl va mazmunga ega bo‘la boshladi. Insoniyat o‘zgacha bo‘lib qoldi. Bu esa ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishiga olib kelayapti. Raqamli texnologiyalarning hayotimizga kirib borishni davom ettirishi - kelajak dunyosiga xos bo‘lgan xususiyatlardan biridir. Bu mikroelektronika, axborot texnologiyalari va telekominunikatsiyalar sohalaridagi taraqqiyot bilan izohlanadi. Shunday qilib, raqamlashtirish – ob’yektiv, muqarrar jarayon bo‘lib, uni to‘xtatishning iloji yo‘qdir. Raqamlashtirishga yo‘ldosh bo‘ladigan eng jiddiy havf-xatarlardan biri, o‘rta va past malakali ixtisosliklar orasida ommaviy ishsizlik yuzaga kelishi hisoblanadi. O‘rta sinf vakillari keskin kamayib ketishi mumkin, chunki birinchi navbatda aynan shu ish o‘rinlari avtomatlashtiriladi va ular intellektual robotlar bilan almashtiriladi. Faol, ma’lumotli, mehnatga layoqatli aholining yetarli darajada yuqori turmush tarziga o‘rganib qolgan sezilarli qismi g‘arb turmush tarzi tufayli yo‘l chetiga chiqib qoladi. Biroq raqamli dunyo shu qadar tezkorlik bilan shakllanadiki, yuqori malakaga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash jarayonini tezlashtirishgina ular taqchilligining oldini olishi mumkin bo‘ladi. Shu sababli, hozircha kim o‘zgarishlarga tayyor bo‘lsa. buning uchun unda hali yetarlicha vaqt bor. Real va virtual dunyolarmng birlashuvi natijasida yangi gibrid dunyo hosil qilinib, unda biz uchun hozirgi kunda odatiy bo‘lgan qonun va qoidalardan farq qiladigan boshqacha qonun-qoidalar amal qiladi. Gibrid dunyo bu real dunyoda virtual dunyo orqali barcha «hayotiy ahamiiyaiga ega» harakatlarni amalga oshirish imkoniyati bilan ajralib turadigau real va virtual dunyolar birlashuvi natijasidir. Bu jarayon uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) qiymatining pastligi, yuqori samaradorligi va raqamli infratuzilma ochiqligi zarur shartlar hisoblanadi.
    Raqamli biznes bu jismoniy va raqamli dunyolarni birlashtiradigan yangi biznes-modellar paydo bo‘lishidir. School of Management esa raqamli o‘zgarishni «korxonalar qiymati va unumdorligini tubdan oshirish uchun zamonaviy tcxnologiyalardan foydalanish sifatida ta’riflaydi. Ijtimoiy tarmoqlar, smartfonlar bozori, internetga keng polosali ulanish, mashinali o‘qitish texnologiyalari va sun’iy intellektning «portlab» o‘sishi kompaniyalar faoliyat yuritayotgan dunyoni o‘zgartirib yuboradi. Ular yoki yangi bozordagi bo‘sh joylarni egallashlari yoki mavjud bo‘sh o‘rinlarni o‘zgartirgan holda o‘zlarini o‘zgarishlarga moslab olishi lozim bo‘ladi. Tashkilotlarni raqamli o‘zgartirish jarayoni - yangi axborot texnologiyalarining rivojlanishi va butun dunyo bo‘ylab faol tarqalishiga javob hisoblanadi.Raqamli o‘zgartirish turli darajalarga erishib, ular o‘rtasidagi farq ikkita atama - «raqamli ko‘rinishga keltirish» va «raqamlashtirish» o‘rtasidagi farq bilan bir xil ma’noga ega bo‘ladi. Raqamli korinishga keltirish bu axborotni jismoniy vositalardau raqamli vositalarga o‘tkazishdir. Raqamli ko‘rinishga keltirishga misollar elektron kitoblar, videokurslar, suratning raqamli nusxasini yaratish va boshqalar. Bunda axborot strukturasining o‘zgarishi ro‘y bermaydi, u faqat eleklron shaklga ega bo‘ladi, xolos. Raqamli ko‘rinishga keltirish ko‘pincha mavjud biznes-modelni takomillashtirish va biznes- jarayonlarni optimallashtirish uchun foydalaniladi. Raqamlashtirish esa - raqamli shaklda bo‘lgan butunlay yangi mahsulotlar yaratishdir. Masalan. multiplikatsiyali dinamik o‘quv kursi yoki hujjatni sharhlashning interaktiv tizimi - bu raqamlashtirishdir. Raqamlashtirish asosida yaratilgan mahsulotni uning sifatini jiddiy yo‘qotmasdan turib, texnik vositalarga o‘tkazishning imkoni yo‘q, shu sababli raqamlashtirish, raqamli ko‘rinishga keltirishdan farqli ravishda, biznesga sezirarli darajada keskin rivojlanish va yangi raqobatli ustunliklar qo‘lga kiritishga imkon bcradi.
    Amalda raqamli o‘zgartirishning ikkita yo‘nalishi mavjud. Birinchi yo‘nalish bu - mavjud biznes-jarayonlarda odamlar ishtirokini minimallashtirish uchun ularni avtomatlashtirish va robotlashtirishdir. Ikkinchi yo‘nalish eksponensial tashkilot yaratish maqsadida olingan boshqaruv tizimini masshtablashtirishdir. Eksponensial tashkilot deganda, biz ularni masshtablashtirish tufayli ular xuddi shu sohada ishlaydigan boshqa tashkilollar bilan taqqoslaganda kamida o‘n baravar yuqori unumdorlikka ega bo‘lishini tushunamiz.Sir emaski, kompaniyalarning mintaqaviy va xalqaro ekspansiyasi ko‘pincha boshqaniv tizimini jahon darajasida nusxalashtirish qiyinligi bilan to‘xtatib turiladi. Tez o‘sishning chegaralanishi muammolari ko‘pincha nusxa ko‘paytirishdagi qiyinchiliklar tufayli yuzaga keladi. Bunga misol qilib, mintaqa ko‘lamini, auditoriyalar hajmi va o‘qitivchilar soni bilan chegaralangan biznes- maktabdan milliy yoki xalqaro miqyosdagi biznes yaratishga imkon beradigan ta’lim jarayonini o‘zgartirish jarayonini keltirib o‘tish munkin. Ta’lim jarayonini raqamli ko‘rinishga keltirish, harajatlarni minimallashtirish, o‘quv kurslarini esa o‘qituvchi gapiradigan tilni tushunadigan cheklanmagan auditoriya uchun ochiq qilishga imkon bcradi (MOOC - massive open online cources).Eksponensial lashkilot yaratishning asosiy shartlaridan biri xizmatlarni bir xillashtirish imkoniyati hisoblanadi. Agar xizmat bir xillashtirilgan bo‘lsa, ushbu xizmatlarni taqdim etishni boshqarish tizimi ham bir xillashtirilishi va kelgusida to‘liq avtomatlashtirilishi muimkin. Kompaniyani maqsadli bozorda vinisli marketing va «sarafan» radiosi usullari orqali ilgari surish mumkin boiib. bu narx bo‘yicha dempingva xizmallar buyurtma qilish uchun raqamli interfeys hisobiga minimal harajatlar blan biznesnmg «portlab» o‘sishini ta’minlaydi. Biznes-jarayonni raqamli o‘zgartirishni BPMS (Bitsiness Process Management Suite) sinfidagi tizimlar yordamida amalga oshirish mumkin. Raqamli o‘zgartirishning ikkinchi bosqichi alohida operatsiyalarni bajarishni avtomatlashtirish hisoblanadi. Masalan, mijozning ishonchliligini baholash, xuddi o‘quv kursi tinglovchilari orasida test sinovi o‘tkazish kabi, avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Operatsiyalarni avtomatlashtirish uchun ko‘pincha matematik algoritmlar yoki hatto sun’iy intellekt asosida mustaqil ravishda qaror qabul qiladigan «raqamli robotlar»dan foydalaniladi. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi uchta asosiy segmentda ko‘rib chiqiladi:

    • real tovarlar va xizmatlar ta'minotchilari hamda xaridorlari sektori;

    • dasturiy ta'minot va texnologiyalar ishlab chiquvcliilar seklori:

    • qonunchilik bazasi. kadrlar layyorlash tizimi, barcha turdagi ma’lumotlar uzatish va saqlash kanallari ko‘rinishidagi infratuzilma.

    Bunda u quyidagi yo‘nalishlami va texnologik segmentlami o‘z ichiga qamrab oladi:

    • Bigdata:

    • Sun’iy intellekt:

    • Blokcheyn;

    • Kvant texnologiyalari;

    • Ishlab chiqarish texnologiyalari:

    • Sanoat interneti;

    • Robototexnika;

    • Simsiz aloqa:

    • Virtual reallik.

    Virtual dunyo bilan o‘zaro aloqalar sifatida- raqamli iqtisodiyotdan raqamli modellashtirishga o‘tish va buyumlar internetini tushunishimiz mumkin. Albatta. milliy iqtisodiyotdagi raqamli moliyaviy munosabatlarni milliy kriptovalyuta ko‘rinishidagi raqamli valyutasiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Ko‘plab axborot tizimlari operatsiyalarni insondan ko‘ra yaxshiroq, tezroq va arzonroq bajaradi. Bu esa xatolar sonini minimallashtirshi tufayli, misli ko‘rinmagan darajada tezkor harakat qilish imkonini beradi. Hozirgi paytda talabalarga yordam berish uchun robot- yordamchilar, robot-jurnalistlar va hatto vazifalarni odamlardan ko‘ra samaraliroq taqsimlaydigan robot-rahbarlarga misollar mavjud. U yoki bu jarayon davomida bir-biri bilan o‘zaro aloqa qiladigan axborot servislari to‘plami servis biznes-jarayonlarini raqamli o‘zgartirishning natijasi hisoblanadi. Ko‘plab banklar hozirda qarz (kredit) oluvchilarni baholash jarayonlarim inson ishtirokisiz amalga oshirmoqda. Yangi shaklagi kompaniyalarda taksi chaqirishda mijoz va haydovchi o‘rtasidagi barcha o‘zaro aloqalar axborot tizimi yordamida amalga oshirilib, odam ishtiroki hatto ko‘zda ham tutilmayapti. Lekin biznes-jarayonlardan odamlar ishtirokini doim ham to‘liq istisno qilish mumkin emas. Bunda raqamli o‘zgartirish tezkor rejimda ma’lumotlar to‘plashga imkon beradi va robototexnika texnologiyalari yordamida raqamli aloqa kanallari bo‘yicha masofadan turib boshqarishni ta’minlaydi. Bunday o‘zgarishlarga misollarni xizmatlar sohasida, neft qazib chiqarish, elektr energetikasi va ishlab chiqarishda kuzatishimiz mumkin. Shak – shubhasizki, zamonaviy biznesda «raqamli o‘zgartirish» so‘z birikmasi tobora ko‘proq yodga olina boshladi. Aftidan, jahon miqyosida faol rivojlanayotgan yangi tcxnologiyalar tez orada bizning raqamli tcxnologiyalar va sun’iy intellekt haqidagi tasavvurlarimizni tubdan o‘zgartirib yuboradi.



    Download 104.5 Kb.
      1   2   3   4




    Download 104.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jahonga raqamli platformalarning rivojlanish tendentsiyalari va turlari Reja

    Download 104.5 Kb.