• 5 milliard so‘mdan
  • Jamg‘armaning asosiy yo‘nalishlari
  • Jamg‘arma tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga




    Download 0,8 Mb.
    bet3/3
    Sana13.01.2024
    Hajmi0,8 Mb.
    #136362
    1   2   3
    Bog'liq
    1-mavzu

    Jamg’arma kompensatsiyasi

    Kompensatsiya — tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha kredit foiz stavkasining bir qismini qoplashdir.
    Kompensatsiya xizmati bepul taqdim etiladi.
    Jamg‘arma tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit va lizinglari bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.
    Bunda, kompensatsiya «2+1» tamoyili asosida kredit (lizing)ning dastlabki ikki yili uchun taqdim etiladi, tadbirkorlar tomonidan biznes rejada ko‘zda tutilgan mahsulot (xizmat)lar ishlab chiqarish hamda ish o‘rinlari yaratish ko‘rsatkichlari to‘liq bajarilgan taqdirda, kompensatsiya taqdim etish davri qo‘shimcha bir yilga uzaytiriladi.
    Kompensatsiya quyidagi maqsadlardan tashqari barcha yo‘nalishlarga beriladi:

    • alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ularning ulgurji savdo faoliyatini tashkil etish;

    • savdo (eksportoldi moliyalashtirish bundan mustasno), umumiy ovqatlanish hamda avtomobillarga yonilg‘i quyish hamda elektr quvvatlantirish shoxobchalari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish;

    • yengil va ilgari foydalanishda bo‘lgan yuk avtotransport vositalari sotib olish va ularni ta’minlash (chet eldan olib kelinadigan yuk avtotransport vositalaridan tashqari);

    • bino-inshootlarni sotib olish;

    • aylanma mablag‘larni shakllantirish (eksportoldi moliyalashtirish bundan mustasno);

    • ilgari olingan kredit va lizinglarni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;

    • nobank kredit tashkilotlari, lizing va sug‘urta kompaniyalari resurs bazasini shakllantirish.

    Joriy kreditlar yoki budjet to‘lovlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lsa qarz oluvchilarning loyihalari bo‘yicha kompensatsiya berilmaydi.
    Kompensatsiya olish uchun tijorat bankiga ariza bilan murojaat qilish yetarlidir.
    Jamg‘arma kompensatsiya berishni quyidagi hollarda to‘xtatib turadi:

    • kompensatsiya berish to‘g‘risidagi shartnoma amal qiladigan kreditdan boshqa maqsadda foydalanilganda;

    • qarz oluvchi tomonidan kredit bo‘yicha asosiy qarzning tegishli qismi kredit shartnomasi bo‘yicha to‘lovlar jadvaliga muvofiq majburiyatlar yuzaga keladigan sanadan boshlab 90 kun mobaynida qaytarilmaganda;

    • q arz oluvchi va/yoki tijorat bankining buyurtmasida ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlanganda.




    Jamg‘armaning asosiy yo‘nalishlari

    • joylarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash;

    • eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash orqali respublikada eksport hajmini oshirishga ko‘maklashish;

    • tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish;

    • mamlakatda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish;

    • ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuqori samara beruvchi yo‘nalishlar, jumladan axborot tizimlari va dasturlarini yaratish loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.

    Download 0,8 Mb.
    1   2   3




    Download 0,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jamg‘arma tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga

    Download 0,8 Mb.